O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet27/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Kislorodli (aerob) faza. Kislorod ishtirokida sut kislotasi parchalanib, suv va karbonat angidrid hosil bo’ladi. Ammo sut kislotasimng hammasi ham suv bilan karbonat angidridga parchalanmay, faqat 1/3 qismi parchalanadi. Bu reaksiyada ham energiya ajralib chiqadi.
Sut kislotasining 1/3 qismi oksidlanganda bo’shab chiqadigan energiyadan foydalanib, qolgan 2/3 qismi yana glikogenga aylanadi.
Shunday qilib, bir qancha juda murakkab kimyoviy ozgarishlar ro’y berishiga qaramay, mushaklarning qisqarishiga organizmning qiladigan sarfi taqat bir qism glikogenni yo’qotishidan iborat bo’ladi.
Odam va hayvonlarning mushaklari qisqarish va ish bajarish uchun zarur energiyani kimyoviy reaksiyalar natijasida oladi va bu energiyani mexanik energiya bilan issiqlik energiyasiga aylantiradi.
Kimyoviy reaksiyalar natijasida bo’shab chiqadigan energiyaning ko’p deganda 30 % ini mushaklar ishlata oladi.
Shunday qilib, mushak qisqarishidagi asosiy hodisa mushak tolasining qisqarishidan iboral. Ayni vaqtda tolaning tabiiy uzunligi kamayib, mushak mexanik ish bajaradi. Yuqorida aytganimizdek, mushak qisqarish uchun ATFning parchalanishidan energiya oladi. Mushakning qisqarishi esa mushak oqsil-miozin molekulasining qisqarishi hisobiga ro’y beradi.
Mushakka kelgan qo’zg’alish to’lqini mushak tolalarida fizikaviy va kimyoviy o’zgarishlarni vujudga keltiradi, jumladan tola ichidagi kaliy ionlari miqdori kamayadi, kalsiy ionlari miqdori esa oshadi. Bu o’zgarishlarning sababi miozin molekulasining qisqarishidadir. Miozinning yana bir xossasi bor: 4 adenozintrifosfat kislotaning hosil bo’lishiga imkon beradi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Mushakning qisqarish mexanizmini aytib bering.

  2. Mushaklarning innervatsiyasini aytib bering.

  3. Ixtiyoriy va noixtiyoriy qisqarish nima?

  4. Sarkoplazma va miofibrilla haqida nimanj bilasiz?

  5. Sarkomer nima?

  6. Anizotrop va izoinip disklar haqida nimani bilasiz?




Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling