O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet55/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Mаvzugа оid tаyanch tushunchа vа ibоrаlаr: orqa miya, sezuvchi va harakatlantiruvchi ildizlar, keyingi miya, oraliq miya, o’rta miya, miyacha, talamus, gipotalamus, bosh miya.


Mаvzugа оid muаmmоlаr.

  1. Bosh miya po’stloq qismi markazlarining faoliyatini o’rganish.

  2. Bosh miya qismlarining evolyusion kelib chiqish xususiyatlarini tadqiq etish.



Birinchi sаvоl boyichа dаrs mаqsаdi: talabalarga orqa miyaning tuzilishi va funksiyalari haqida ma’lumot berish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.

    1. Orqa miyaning tuzilishini izohlab bera oladi.

    2. Oraliq miya markazlari va ularning funksiyalarini tushuntira oladi.



Birinchi sаvоlning bаyоni.
Katta odamlarda orqa miya oldindan orqaga qarab bir oz yassilangan 45 sm chamasi uzunlikdagi chilvirdir. U yuqori tomonda uzunchoq miya bilan tutashadi, pastda belning birinchi umurtqasi sathida konus shaklida tugaydi.
Orqa miya ikkita asosiy funksiyani: reflektor funksiya va o’tkazuvchi yo’1 funksiyasini bajaradi. Orqa miyaga teri yuzasidagi eksteroretseptorlardan, tana bilan qo’1-oyoqning proprioretseptorlaridan va ichki a’zolarning visseroretseptorlaridan impulslar kelib turadi. Orqa miya barcha skelet mushaklarini innervatsiyalaydi. Orqa miya tanadagi barcha rnurakkab harakat reaksiyalarini yuzaga chiqarishda qatnashadi. Ulardan ko’plari orqa miyaning refleklor funksiyani bajarish natijasi bo’lishi mumkin, boshqa reaksiyalar esa, markaziy asab tizimining yuqonroqdagi bo’limlari yuzaga chiqaradigan reflekslar natijasida kelib chiqadi. Bu holda orqa miya faqat impulslarni o’tkazuvchi yo’1 hisoblanadi.
Retseptorlardan orqa miyaga keluvchi axborot orqa miyaning orqa va yon qismlaridagi ko’pgina o’tkazuvchi yo’llar orqali miya ustunining markazlariga o’tadi va miyacha hamda katta yarim sharlar po’stlog’iga yetib boradi. Markaziy asab tizimining yuqoriroqdagi bo’limlaridan orqa miyaga esa impulslar oldingi va yon ustunlarning o’tkazuvchi yo’llari orqali keladi; bu asab impulslar orqa miyaning oraliq va motor neyronlarini qo’zg’atadi yoki tormozlaydi, natijada skelet mushaklari va ichki a’zolarning faoliyati o’zgaradi. Orqa miyaning o’tkazuvchi yo’l funksiyasi muhim funksiya bo’lib, periferik retseptorlardan bosh miyaga va undan effektor a’zolarga (mushaklarga, bezlarga, qon tomirlariga) impuls o’kazishda katta rol o’ynaydi.
Orqadagi va oldingi ildizlardan turli asablar o’tishini fiziologlardan Ch.Bell va B.Majandi tajribada aniqlaganlar. Ular orqa miyaning bir tomondagi oldingi ildizlarini qirqib qo’yganlarida o‘sha tomondagi qo’1-oyoq tamomila falaj bo’lgani holda, sezuvchanlik bekami ko’st saqlangan. Orqadagi ildizlar kesib qo’yilganda sezuvchanlik yo’qolgan va shu bilan birga harakat andak bo’lsa-da buzilgan emas. Bu kuzatishlar orqadagi ildizlar sezuvchi ildizlardir, ulardan markazga intiluvchi (afferent) tolalar o’tadi, oldingi ildizlar esa harakatlanuvchi ildizlar bo’lib, ulardan markazdan qochuvchi (efferent) tolalar o’tadi degan xulosani chiqarishga asos bo’ldi.
Orqa miyaning ko’ndalang kesimiga qarasak, bir-biridan katta farq qiladigan turli rangdagi ikki qavatni: kul rang va oq moddani ko’ramiz. Kul rang modda o’rtada bo’lib, shaklan kapalakka o’xshaydi; kul rang moddaning atrofida oq modda joylashgan bo’ladi. Kul rang moddaning oldingi «qanotlari» oldingi shoxlar, orqadagi qanotlari esa orqadagi shoxlar deb ataladi. Oldingi shoxlardan-orqa miyaning oldingi ildizlari, orqadagi shoxlardan esa orqadagi ildizlari boshlanadi.
Kul rang modda-asosan asab hujayralarining tanasi (soma) dan iborat bo’lsa, oq modda asosan o’siqlardan, ya’ni asab tolalaridan tuzilgandir. Bu tolalarning ayrim tutamlari turli funksiyalarni o’taydi, shunga ko’ra, ularni uch guruhga bo’lishi mumkin: 1) yuqoriga ko’tariluvchi yoki markazga intiluvchi yo’llar (afferent tolalar). Bu tolatar orqali qo’zg’alish tanamizning turli qismlaridan bosh miyaga yetib boradi; 2) Pastga tushuvchi yoki markazdan qochuvchi yo’llar (efferent tolalar), Bu yo’llar orqali quzg’alish bosh miyadan periferiyaga o’tadi; 3) bir to’da kalta tolalar; ular orqa miyaning ikki-uch segmentidan o’tib, ularni bir-biri bilan bog’laydi.
Bundan tashqari, ba’zi asab tolalar orqa miyaning birinchi yarmidan ikkinchi yanuiga o’tadi va uning ikkala yarmini bir-biri bilan birlashtiradi. Shunday qilib, orqa miyaning asosiy tunksiyalaridan biri -qo’zg’alishni o’kazishdir. Orqa miya qirqib qo’yilsa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o’zgarishlar kelib chiqadi.
Orqa miyaning ikkinchi asosiy funksiyasi uning reflektor faoliyatidir. Spinal baqaning reflekslari bilan tanishganimizda buni ko’rgan edik. Muhim funksiyalarning reflektor markazlari orqa miyada joylashgan. Masalan, orqa miyaning bo’yin bo’limida - qo’1, ko’krak, orqa va qorin mushaklarning markazlari; bel bo’limida - oyoq mushaklarning markazlari, dumg’aza bo’limida - siydik chiqarish, defekatsiya va jinsiy faoliyat markazlari bor.
Ter chiqarish markazlari, shuningdek tomirlarni torayliruvchi va kengaytiruvchi markazlar ham orqa miyadadir. Biroq, markazning qayerda joylashganligini aniq bilish klinika uchun juda katta ahamiyatga egadir, chunki muayyan mushaklar guruhi faoliyatining buzulganligini tekshirib, orqa miyaning qaysi bo’limi zararlanganligini yoki qaysi bo’liniinmg funksiyasi buzilganligini bilsa bo’ladi.
Ayrim reflekstlarning reflektor yoylari orqa miyaning qatiyan muayyan qismlaridan o’tadi. Shunday qilib, retseptorda kelib chiqqan qo’zg’alish markazga inliluvchi asab orqali orqa miyaning muayyan qismiga boradi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling