O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet96/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Gipofizning qaysi bo’laklarini bilasiz?

  2. Gipofizning oldingi bo’lagida qaysi gormonlar hosil bo’ladi?

  3. Gipofizning orqa bo’lagida qaysi gormonlar hosil bo’ladi?

  4. Somatotropin gormonining ahamiyati nimadan iborat?

  5. Protaktin gormoni qaysi funksiyani bajaradi?

  6. Adenogipofiz trop gormonlarining fiziologik roli nunadan iborat?

  7. Vazopressin va oksitotsin gormoni nima uchun kerak.

  8. Adenogipofiz qanday boshqariladi?

  9. Neyrogipufizda qaysi gormonlar bo’ladi?

4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga epifiz bezi va uning ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Epifiz bezining anatomic xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Epifiz bezi gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi.


To’rtinchi sаvоl bаyоni.
Epifiz (g’uddasimon bez)
Epifiz bosh miya markazida, uchinchi qorincha tubida joylashgan. Uning diametri 3-4 mm, vazni 0,2 g. Unda ikkita gormon melatonin va glomerulotropin ishlab chiqariladi.
Melatonin gipofizning oraliq bo’lagidan ajraladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gipofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog’atga yetish jarayonini susaytiradi.
Glomerulotropin gormon buyrak usti bezi po’stloq qavatida sintezlanadigan aldosteron gormon sekretsiyasini rag’batlantiradi. Ammo, bunday g’oya hamma tadqiqotchilar tomonidan tan olinmagan.
Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog’atga yetish davri oldidan butunlay to’xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa, gipofizning gonadotrop funksiyasi kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog’atga yetish belgilari paydo bo’ladi.
Epifiz ichki sekrelsryasi organizmning qorong’ida va yorug’da qancha vaqt bo’lishiga qarab o’zgaradi. Epifizda melatonini hosil bo’lishi yorug’da susayadi. Bir qancha hayvonlarda, jumladan qushlarda jinsiy faollikning mavsumiy xarakterda ekanligini shunga bog’lashadi, chunki bahorda va yozda kun uzayganidan melatonin kam ajraladi, shu vaqtda jinsiy faollik ortadi.
Epifizda bir talay serotonin ham bor, serotonindan esa melatonin hosil bo’ladi. Yorug’lik ko’p tushgan paytda serotonin hosil bo’lish kuchayadi. Epifiz ichki sekresiyasini simpatik asab tizimi boshqaradi. Bezdagi biokimyoviy jarayonlar sikli kun va tun almashinuvini aks ettirgani sababli, bu siklik faollikni organizmning o’ziga xos "biologik soat" deb hisoblashadi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling