O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Ichki organlarining tuzilishi


Download 7.21 Mb.
bet72/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Ichki organlarining tuzilishi. Ichi yorilgan akulani vannachaga chalqanchasiga yotqizib, ichki organlari tuzilishi bilan quyidagi tartibda tanishib chiqing (6-rasm).
Nafas olish organlari. Akulaning har bir jabra yorig’ining bir uchi halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devoriga qator o’rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraning yarim bo’lagini hosil qiladi. Jabraning ikkita yarim bo’lagi birgalikda yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday qilib, akula boshining har qaysi tomonida hammasi bo’lib to’rtta jabra va uning bitta yarim bo’lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to’g’ridan-to’g’ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor.
Jabra yoylaridan esa jabralararo to’siqlar chiqadi, bu to’siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib turadi.
Ovqat hazm qilish organi. Akulaning og’zida harakatchan tog’aydan iborat jag’lari bor. Uning hazm sistemasi og’iz bo’shlig’iga olib kiradigan og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’ining chetlarida teri plakoid tangachalarining o’zgarishidan paydo bo’lgan konussimon o’tkir tishlar bir necha qator bo’lib joylashgan.
Og’iz bo’shlig’i sekin-asta jabra teshiklari ochiladigan keng va katta halqumga tutashadi. Halqumdan keyin qizilo’ngach (preparatda u jigar ostida joylashgan), qizilo’ngachdan keyin V harfiga o’xshab bukilgan oshqozon keladi. Oshqozonning oldingi qismi kardial, keyingi qismi esa-pilorik deb ataladi. Oshqozonning pilorik qismidan juda kalta ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bilan oshqozonning orasida oshqozon osti bezi yotadi. Uch palladan iborat bo’lgan katta jigarda o’t pufagi bor, unga jigarda ishlangan o’t suyuqligi yig’ilib, o’t yo’li orqali ingichka ichakka quyiladi. Ingichka ichakdan keyin yo’g’on ichak va kloakaga ochiladigan to’g’ri ichak keladi. Yo’g’on ichak juda keng bo’lib, ichida burmalar-spiral klapanlar bor, bu klapanlar ovqat qazm qilish yuzasini kengaytiradi. Uni ko’rish uchun yo’g’on ichakning bo’ylama kesimidan tayyorlangan preparatdan foydalanish lozim. To’g’ri ichakning o’rta qismidan barmoqsimon, ichi bo’sh o’simta-rektal bezi chiqadi. Oshqozonning keyingi bukilgan, ya’ni pilorik qismida konussimon taloq - qora jigar joylashgan.




Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling