Orqa oyoqda proksimal qism-son suyagi o’zining distal uchida tizza bo’g’imi orqali katta boldir va kichik boldir suyaklaridan iborat bo’lgan boldir bo’limi bilan birikadi. Bu bo’g’im ustida kichkina suyakcha-tizza kosasi bor. Tovonning proksimal qismidagi suyakchalar boldir suyaklariga, distal qismidagi suyaklar esa kaft suyaklariga butunlay qo’shilib ketgan. Shuning uchun qam tovon bo’g’imi boldir bilan tovon o’rtasida emas, balki tovonning proksimal va distal qismining suyaklari orasida bo’ladi va intertarzal (tovon oralig’i) deb ataladigan bo’g’im qosil qiladi. Kaft qar xil sondagi barmoq falangalari birikadigan beshta uzunchoq suyakdan iborat. Barmoq uchidagi oxirgi falangalarda tirnoq o’sib chiqqan.
Topshiriqlar:
Echkemar, kaltakesak, ilon va toshbaqaning montaj qilingan skeletini, ularning asosiy qismlari, bosh skeleti, umurtqa pog’onalari, oyoq va ular kamarlarining skeletini ko’zdan kechirib o’rganib chiqgach, kaltakesak, ilon qamda toshbaqalarning skeletlari aks ettirilgan jadvallar asosida quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Kaltakesakning to’liq skeleti;
2. Echkemar bosh skeletining ustki, ostki va yon tomonlardan ko’rinishi;
3.Yelka kamari;
4. Chanoq kamari;
5. Oldingi va keyingi oyoqlar skeletlari.
mashG’ulot-17. Qushlarning tashQi tuzilishi,
pat va par Qoplami.
Ob’ektning sistematik holati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda
Sinf. Qushlar – Aves
Turkum. Kaptarsimonlar – Columbiformes
Vakil. Ko’k kaptar – Columba livia
Kerakli materiallar va jihozlar: yangi o’ldirilgan kaptar va turli ekologik guruqlarga kiruvchi qushlarning tulumlari, pat va parlar komplekti, vannachalar, qo’l lupasi, predmet oynachalari, mikroskop; turli ekologik guruqlarga kiruvchi qushlarning tashqi va ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |