O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Elka suyagi uzunchoq naysimon. Іar ikkala uchi yo’g’onlashgan bo’lib, bu uchlar epifiz


Download 7.21 Mb.
bet94/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bilak
Elka suyagi uzunchoq naysimon. Іar ikkala uchi yo’g’onlashgan bo’lib, bu uchlar epifiz, ularning oralig’i esa diafiz deb ataladi.Yelka suyagi o’zining proksimal uchidagi boshi orqaliyelka kamarining biriktiruvchi chuqurchasiga kirib joylashadi. Uning distal uchida tirsak suyagi birikadigan chuqurcha bor.
Bilak ikkita bir-biriga qo’shilib ketgan elementlardan tuzilib, ular orasidagi chegaraning izi aniq ko’rinadi. Bu bo’limning ichki tomonidagi suyak bilak va tashqi tomonidagisi esa tirsak suyaklari deb ataladi. Bilak suyaklarining proksimal uchidayelka suyagining distal uchi kirib birikadigan qo’shilish chuqurchasi bor. Bu chuqurchaning orqa tomonida tirsak suyagiga tegishli tirsak o’simtasi bor.
Endi biz oyoq kaftlarining tuzilishi bilan tanishib chiqamiz. Yosh baqalarda oldin bilaguzukning distal qismida normal qolda beshta mustaqil element paydo bo’lib, keyinchalik voyagayetgan baqalarda carpalia distalia I-II mustaqil qolib, carpalia distalia III, IV, V suyaklari bir-biriga qo’shilib ketadi. Bilaguzuk bo’limiga distal qolda beshta uzunchoq oyoq kafti suyaklari joylashgan, bulardan katta barmoq reduktsiyalangan. Qolgan to’rtta barmoqlari yaxshi rivojlangan.
Keyingi oyoq skeletlarining qismlari oldingi oyoqlarnikiga o’xshash.
Son bo’limida bitta son suyagi bo’lib, u bir oz qiyshaygan bo’ladi. Uning proksimal epifizi quymich kosaga joylashuvchi bosh bilan tugaydi. Boldir suyagining proksimal uchida qam biriktirish yuzalari bo’lib, ular tizza birikishini qosil qilishda ishtirok etadi. Oyoqning ikkala boldir suyaklari birlashib, bitta suyak qosil etgan va ular orasidagi chegara aniq ko’rinadi. Bu chegaraning ichkari tomonida joylashgan qismi katta boldir, tashqari tomondagisi esa kichik boldir suyagidir.
Oxirgi bo’lim oyoq kafti oldingi oyoqda qanday bo’lsa, keyingi oyoqda qam xuddi shunday tuzilgan. Oyoq kaftida beshta barmoqlari yaxshi rivojlangan, oltinchi barmog’i reduktsiyaga uchragan.
Tovonning proksimal qatori faqat uzunchoq ikkita suyakdan iborat bo’lib, ulardan bittasi boldir suyagining ichki qismi distal uchiga birikkan bo’lib, ostibiale, ikkinchisi, ya’ni sirtdagisi ostibulare deb yuritiladi. Ba’zan bu suyaklar boshqacha nomlanadi, chunonchi: birinchisi - to’piq, ikkinchisi – tovon deyiladi.
Bu ikkita suyaklarning proksimal uchlari bilan boldir suyagining distal uchlarining o’zaro qarakatchan birikishidan boldir-tovon bo’g’imi yuzaga keladi.
Tipik qolda ikki qator bo’lib joylashgan tovon suyaklari oralig’ida juda kichik markaziy suyakcha bor. Tovonning distal qatorida kichik distalia va distale 2+3 suyakchalari birlashmasidan qosil bo’lgan katta suyaklargina saqlanib qoladi.
Kaft beshta uzunchoq suyakchalardan tashkil topgan. Ularga barmoq falangalari birikadi. Baqalarda eng uzun barmoq IV dir. Baqaning qadimgi ajdodlarida birinchi barmoq oldidagi qo’shimcha, ya’ni VI barmoq rudiment qolda saqlangan.
Keyingi oyoq kamari, ya’ni tos kamari sharoitga bir qancha moslashgan bo’lsa-da, boshqa quruqlikda yashovchi qayvonlar tos kamaridagi kabi uch juft elementdan tashkil topgan. Bu elementlarning proksimal uchlari qo’shilib, quymich kosasini tashkil etadi. Agar quymich kosasini yon tomondan kuzatsak, uning ustida yonbosh suyak joylashganini ko’ramiz. Kamarning qolgan ikkita elementidan biri - qov qismi tog’ayligicha qolib, uning orqasidan quymich suyagi joylashgan.
Topshiriqlar:
Baqa yoki qurbaqaning umumiy skeleti, tanasining turli bo’lim umurtqalari, oldingi va orqa oyoq skeletlari kamarlari bilan va bosh skeletini o’rganib bo’lgach, albomga quyidagi rasmlarni chizib oling:
1. Baqaning umumiy skeleti;
2. Baqaning bosh skeleti (ustidan va ostidan ko’rinishi);
3. Baqaning tana umurtqasi;
4. Baqaningyelka kamari va oldingi oyoq skeleti;
5. Baqaning tos kamari va orqa oyoq skeleti.



Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling