O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’quvchilarga Navoiy – g’azal ustasi, shoir g’azallarida xalqona ohanglarning ustuvorligi, g’azallarning tuzilishi badiiy xususiyatlari va ularda qo’llangan she’riy san’atlar haqida ma’lumot berish va mavzu yuzasidan bilimlarni shakllantirish.
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o’zlashtirish natijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko’nikma yoki kompetensiyalar
|
Pedagogik vazifalar:
Navoiy – g’azal ustasi haqida ma’lumot berish;
Shoir g’azallarida xalqona ohanglarning ustuvorligini tahlil qilish;
G’azallarning tuzilishi badiiy xususiyatlari va ularda qo’llangan she’riy san’atlar haqida ma’lumot berish.
|
O’quv faoliyatini natijalari:
Navoiy – g’azal ustasi haqida ma’lumot beradilar;
Shoir g’azallarida xalqona ohanglarning ustuvorligini tahlil qiladilar;
G’azallarning tuzilishi badiiy xususiyatlari va ularda qo’llangan she’riy san’atlar haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.
|
O’qitish metodlari
|
Tushuntirish, yo’riqnoma berish, namoyish. “Har kim har kimga o’rgatadi” usuli; “Bum” o’yini;
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, yozuv taxtasi, slaydlar, o’quv topshiriqlari;
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, guruhlarda ishlash;
|
O’qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan, guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki so’rov: tezkor so’rov, taqdimot;
Yozma so’rov: tarqatma materiallar asosida;
|