O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) miqdori va qoldiq qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarning hisobotga kiritish tartibi


Download 0.51 Mb.
bet21/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

4.6. Asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) miqdori va qoldiq qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarning hisobotga kiritish tartibi


Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni to’ldirish uchun yig’ilgan amortizatsiya (eskirish) miqdori va qoldiq qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar talab qilinadi. Bu to’g’risidagi ma’lumotlarni asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha yig’ilishi va ularning to’g’riligiga ishonch hosil qilishgandan so’ng xisobotga kiritiladi.

Yig’ilgan amortizatsiya to’g’risidagi ma’lumotlar hisobotning 7, 8, 9 va 10-xonalarida quyidagi ko’rsatgichlarga bo’lingan holda ko’rsatiladi;

yil boshiga qoldiq (7-xona);

yil davomida kelib tushgan (8-xona);

yil davomida chiqib ketgan (9-xona);

yil oxiriga qoldiq (10-xona).

Qoldiq qiymati to’g’risidagi ma’lumotlar esa hisobotning 11- va 12-xonalarida ko’rsatiladi. Hisobotning 11-xonasida korxonada mavjud asosiy vositalarning yil boshiga bo’lgan qoldig’i ko’rsatiladi. Asosiy vositalarning yil oxiriga bo’lgan qoldiq summasi 12-xonada aks ettiriladi.

Asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiyasi (eskirishi)ning yil boshiga qoldiq summasini aniqlash uchun buxgalteriya hisobi va dastlabki hisob ma’lumotlarining o’zaro mos kelishi tekshirilishi lozim. Buning uchun tekshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi dastlabki hisob ma’lumotlari bilan analitik hisob ma’lumotlarining mosligi, haqiqiyligi va to’g’riligi tekshiriladi. Buning uchun asosiy vositalarning hisob ko’rsatkichlarida eskirish to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriya hisobining analitik hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.

Ikkinchi bosqichda asosiy vositalar eskirishining analitik va subschyotlari ma’luotlari taqqoslanadi. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi subschyotlar hisobotda keltirilgan asosiy vositalarning guruhlariga mos keladi. Har bir guruhga kiruvchi asosiy vositalarning alohida turlari bo’yicha analitik hisob yuritiladi. Shuning uchun ham har bir guruhga kiruvchi asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi analitik schyotlarning yig’indisi eskirishni hisobga oluvchi subschyotlarning summasiga teng bo’lishi lozim. Ularning mosligi ta’minlansa yig’ilgan amortizatsiya to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotning 7-xonasiga kiritish mumkin.

Hisobotning 8-xonasida yil davomida har xil manbalardan kelib tushgan asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya summasi ko’rsatiladi. Bunda asosiy vositalar qiymatining ko’payishi tufayli qo’shimcha hisoblanadigan eskirish miqdori, ilgari hisobga olinmagan eskirish miqdorlari va ishlatishda bo’lgan asosiy vositalarning eskirish summalarining miqdorlari kiradi. Yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarni hisoblangan eskirish summasi to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirishda 7-xonani to’ldirish uchun zarur ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirishdagi usullar qo’llaniladi. Ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilingandan so’ng ular hisobga kiritiladi.

Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning 9-xonasidan tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan korxonadan chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlarning to’g’riligini tekshirishi uchun korxonadan chiqib ketgan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi dastlabki hujjatlar, shuningdek, ularning chiqib ketish xatida tuzilgan dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, aosiy vositalarning tugatish dalolatnomalari, sotish to’g’risidagi shartnomalar va hokazolar), chiqib ketgan asosiy vositalarning analitik va subschyotlari ma’lumotlari o’rganiladi. Chiqib ketayotgan asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya (eskirishi) summasi 0200-«Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning» debeti va 9240-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqa sabablarga ko’ra chiqib ketishi» schyotining kreditida aks ettiriladi. Asosiy e’tiborni ushbu schyotlarning bog’lanishiga qaratish lozim. Chunki asosiy vositalar korxonadan qanday sababga ko’ra chiqib ketishidan qat’iy nazar yuqoridagi buxglteriya o’tkazmasi bilan rasmiylshtiriladi. Shuning uchun ham ushbu buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtirilgan eskirish summalarining yig’indisi 9-xonada aks ettirilishi lozim.

Hisobotning 10-xonasida yig’ilgan amortizatsiya (eskirish)ning yil oxiriga bo’lgan qoldig’ini aniqlash uchun asosiy vositalar har bir guruhi bo’yicha yig’ilgan amortizatsiyaning yil boshiga qoldiq summasiga yil davomida kelib tushgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi qo’yiladi va yil davomida chiqib ketgan asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya summasi ayirib tashlanadi. Bu summa yig’ilgan amortizatsiya miqdorining yil oxiridagi qoldiq summasiga teng bo’ladi. Hisobotning 11-xonasidagi asosiy vositalarining yil boshiga qoldiq summasini aniqlash uchun 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»ning har bir subschyoti (ikkinchi tartibli schyoti)ning debetidagi summasidan 0200-«Asosiy vositalarning eskirishni hisobga oluvchi schyotlar»ning har bir subschyotining kreditidagi summalaridan ayiriladi. Bu summa har bir guruhdagi asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga teng bo’ladi. Masalan, 0260-«Тransport vositalari eskirishi» subschyotining debet qoldig’i summalaridan, 0260-«Тransport vositalarining eskirishi subschyoti»ning kredit qoldig’i summasi o’rtasidagi farq transport vositalarining qoldiq summasini bildiradi. 11-xona uchun zarur ma’lumotlar 0100 va 0200 schyotlarining yil boshiga bo’lgan qoldig’i summalarini ayirish orqali topiladi. Asosiy vositalarning yil oxiriga qoldig’ini aniqlash uchun esa 0100 va 0200 schyotlarining yil oxiriga bo’lgan qoldiq summalari o’rtasidagi farq summalarini aniqlash orqali topiladi. 0100 schyotining debet qoldig’i har doim 0200 schyotining kredit qoldig’idan katta bo’lishi lozim. Agar qoldiq qiymati 0 ga teng bo’lsa, ushbu korxonaning asosiy vositalari 100 % eskirgan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda 11- va 12- xonalarining ma’lumotlarini to’g’riligini tekshirish uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) ning «Asosiy vositalarning qoldiq qiymati» yil boshiga va yil oxiriga moddalari summasi bilan ham taqqoslash lozim. Хonalar 11-xonaning ham summasi buxgalteriya bosh balansining asosiy vositalarning yil boshiga qoldiq summasiga 12-xonaning jami summasi esa asosiy vositalarning yil oxiriga qoldiq summasi mos kelishi lozim. Ikkala hisobot shakllari ma’lumotlarning to’g’riligini bildiradi.

Хulosa

Asosiy vositalar harakati to’grisidagi hisobotda yil davomida ta’sischilar tomonidan hissa tariqasida korxonaga berilgan asosiy vositalar ularning qoldik qiymati bo’yicha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ular huquqiy va me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartib va qoidalarga mos kelgan taqdirda ushbu ko’rsatkichlarni hisobga kiritish mumkin.



Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning mazmuni va ahamiyatini tushuntirib bering.

2. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslarini izohlab bering.

3. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot agregatlari nimalardan tashkil topgan?

4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish oldidan qanday hisob ishlari o’tkaziladi?

5. Asosiy vositalarning boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga kiritish tartibini tushuntirib bering.

6. Asosiy vositalarning yig’ilgan amortizatsiya (eskirish)si to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobotga kiritish tartibini tushuntirib bering.

7. Asosiy vositalar dastlabki hisobi qaysi hujjatlarda aks ettiriladi?

8. Asosiy vositalar to’g’risidagi ma’lumotlar qaysi schyotlardan olinadi?

9. Asosiy vositalarni qayta baholash tartibi qaysi organ tomonidan belgilab beriladi?

10. Asosiy vositalar inventarizatsiyasi qanday muddatlarda amalga oshiriladi?
Тavsiya etilayotgan adabiyotlar:

1. Абдуллаев А.,Абдуллаев А. Қаюмов И. Бухгалтерия ҳисоби.: 2-қисм. -Т.: Минхож, 2002.

2. Астахов В.П. Теория бух. учёта Учебное пособие. -М.: ИКЦ МарТ Ростов н/Д, 2004.

3. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учебное пособие -М.:Ф и С, 2004.

4. http:// www. accounting. rut gars. Edu


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling