O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent Kimyo Texnalogiyalari Insitituti
« Silikat materiallari nodir va kamyob metallar texnologiysi» kafedrasi
« » fanidan
KURS LOYIHASI
Mavzu: Oq portland sement ishlab chiqarish quruq usulda aylanma pechning texnik xisobi.
Kafedra mudiri: Prof.Aripova M.X
Ilmiy rahbar: Katta.o’q Yaxyayev U.A
Talaba : 4-20 guruh Talabsi
ERALIYEVA GULZODA
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………..
I BOB PORTLAND SEMENTNI ISHLAB CHIQARISH USULLARI………..
Portland sementni ishlab chiqarish quruq usul …………………….……….......
Portland sementni ishlab chiqarish chatishtirilgan usuli……………………......
II BOB PORTLAND SEMENTNI XUSUSIYATLARI...…………………… 2.1 Portland sementni oddiy tsementdan farqlar………………………………….. 2.2 Oq portland sement ishlab chiqarish quruq usulda Aylanma pechning texnik xisobi ……………………..…………………………………………………………
Kirish
Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bardoshli, oq rangli, asbest-sement mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. Portlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning qanchalik mayin tuyilganligiga bogʻliq. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi) Qisman erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips bazi hollarda esa mahsus qo‘shimchalar bilan birga tuyishdan hosil bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda portlandsement deb ataladi.
Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko‘p bo‘ladi (70- 80%). qisman erish natijasida qovushib, qotib qolgan mayda-yirik tosh bo‘laklari klinker deyiladi.
Portlandsement xossalarini o‘zgartirib turish, shuningdek,
Uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga aktiv va inert mineral qo‘shimchalar qo‘shishga ruxsat eiladi. Inert qo‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvarsqum va boshqalar) miqdori 10%dan, aktiv (trepel, diatomit, vitrofir, trass, shlak, gliyej va boshqalar) qo‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qo‘shimchalar 20% va undan ortiq bo‘lishi mumkin. U holda maydalangan mahsulot nomi qo‘shilganga qarab boshqa, ya’ni qo‘shilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa shlak-portlandsement deb, tabiiy gidravlik qo‘shilmalar ishlatilsa putssolon portlandsement deb ataladi.
Klinkerni tuyayotganda unga odatda ko‘pi bilan 3% gips qo‘shiladi. Bu bilan sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil yoki lyoss va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss va oxaktosh jinslar ishlatiladi. Gil yoki lyoss va jinslar turli moddalardan tashkil topgan. Ularda, asosan uchta oksid bor: SiO2, Al2O3, va Fe2O3. lessda 15-20% atrofida СаСО3 bor. O‘zbekiston sement zavodlarida, asosan lyoss ishlatiladi. Oxaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid-SaO va СО2 dan iborat.
Odatda asosiy va qo‘shimcha oksidlar miqdori quydagicha bo‘ladi:
CaO 63-67%, SiO2 21-24%, Al2O3 4-8%, Fe2O3 2-4%, MgO 0,5-5%, SO3 0,3-1%, Na2O ва K2O 0,4-1%, TiO2 0,2-0,5%, P2O5 0,1-0,3%.
1500 0С da kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida so‘nish qobilitini yo‘qotmasa ham, u juda sust so‘nadi. Uning so‘nish jarayoni qotib qolgan sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holatning oldini olish portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standartda chegaralanadi: 4,55 dan oshmasligi zarur.
Portlandsementda kaliy va natriy oksidlari bo‘lmagani ma’qul, chunki ular portlandsementning tishlashish muddatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqarii, ishqorlar betonda to‘ldirgichlar bilan o‘zaro kimyoviy ta’sir etishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bo‘ladigan natriy va kaliy silikatlari hosil bo‘ladi. Bu reaksiya atrof muhit yetarlicha nam bo‘lsa, juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun sement va to‘ldirgichlar tanlayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim va to‘ldirgichlarda amorf qumtuproqdan qancha borligi aniqlanadi. Ishqoriy metall oksidlar bo‘lsa, beton yuzasida sho‘r dog‘lar hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |