O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi
Download 3.55 Mb.
|
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)
Psixologiya fanida ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi:Individual - yakka shaxsga yo’naltirilgan. Guruhiy - real guruhlarga moddiy va ma'naviy intilish. Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi. Xududiy - etnik guruhning muayyan o’ziga xos talablari qondirilishi. Etnik - ma'lum millat yoki xalqlarning safarbarligini ta'minlash. Umumbashariy - er yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks etishi. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo’ladi. qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish-insonlarning dunyoqarashi, e'tiqodlari, ideallari, ya'ni uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o’ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlash uchun xizmat qiladi. qiziqishlarning klassifikasiyasi va ularning mazmuni quyidagi jadvallarda ifodalanadi: Qiziqishning klassifikasiyasi Mazmuni Ijtimoiy-siyosiy Intellektual Estetik Sport Maqsadi Kengligi Barqarorligi Barqaror Beqaror Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o’zlashtirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasining kengayishiga yordam beradi. Shu o’rinda qiziqishlarning tarkibiy qismlar sifatida quyidagilarni keltirib o’tish joiz: Qiziqish motiv singari borliqning mo’'jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, ta'limga mas'uliyat bilan munosabatda bo’lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsga ishchanlik, g’ayrat-shijoat, engilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shart- sharoitlarni yaratadi. Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashil-ganda, qiziqish, insonga intilish, faollik, ichki turtki ehtiyojni ro’yobga chiqarish manbai, rolini bajaradi. Qiziqish muammosi psixologik nuqtai nazardan L.A.Dobrinin, N.D.Levitov, M.F.Belyaev, L.A.Gordon, L.I.Bojovich, N.G.Mordova, M.G.Davletshin, M.V.Voqidov, E.G.Goziev va boshqalarning nazariy metodo-logik xususiyatga ega bo’lgan asarlarida hamda maxsus eksperimental tadqiqotlarida rivojlantirildi. Qiziqishni psixologik mohiyatining dastlabki ko’rinishi - bu odam-lar tomonidan anglab etish yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelik (anglash, tushunish) insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari, individual-tipologik xususiyatlari rivojlanishi tufayli yuzaga keladi. Inson o’z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyin unda yoqimli his-tuyg’ular uyg’onadi, ruhiy qoniqish esa o’z navbatida lazzatlanish ( praksik) hissini vujudga keltiradi, buning natijasida frustrasiya (ruhiy tushkunlikka tushish) uning shaxsiyatini egallaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi-uning irodaviy sifatlar bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo’r berish, muayyan qaror bo’yicha intilish, ba'zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillikni namoyon qilish xususiyatini qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari etaklaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining to’rtinchi ko’rinishiuni oliy nerv faoliyati xususiyatlari va temperament tiplari bilan birga mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir. qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to’g’risida mulohaza yuritilganda, dastavval rus olimi I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta'limotini ta'kidlab o’tish joiz, uning "bu nima?" refleksi, ya'ni orientirovka (mo’ljal olish) refleksi qiziqishning moddiy negizini tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etadi. I.P.Pavlov va uning shogirdlaridan keyin P.K.Anoxin, N.A.Bernshteyn, B.M.Teplov, V.S.Merlin, V.D.Nebilisin va boshqalar insondagi qiziqishning nerv - fiziologik mexanizmlarini bosh miya katta yarim sharlari po’stloqida orientirovka refleksi negizida murakkab muvaqqat boqlanishlarning vujudga kelishidir, degan tarzda talqin qildilar. Qiziqishning moddiy asoslari o’zaro induksiya qonuni, po’stlog’dagi optimal qo’zg’alish o’choqi va dinamik stereotiplar (I.P. Pavlov), dominanta (A.A. Uxtomskiy), orientir murakkab Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling