O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet143/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Tayanch tushunchalar


Adaptasiya (lot. Adaptare moslashtirmoq) - sezgi a'zolarining qo’zg’ovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi.
Akkomodasiya (yunon. Akkomadatio - moslashish) - ko’zning turli masofadagi narsalarni ko’rishga moslashuvi.
Analizator (yunon. Analusis bo’laklarga ajratish) - murakkab neyrofiziologik tizim, odamga ta'sir etuvchi qo’zg’alishlarni idrok etish va uni tahlil qilish.
Afferentasiya (lot, afferens (afferentis) - keltiruvchi) - tashqi va ichki qo’zg’atuvchilar orqali sezgi a'zolariga ta'sir etish asosida paydo bo’lgan nerv tizimiga kelib turish jarayoni.
Binokulyar ko’rish - (lot bini - juft, okuliys - ko’z) - bitta ob'ektning o’zini har ikkala ko’z bilan barobar ko’rish.
Veber-Fexner qonuni - qo’zg’ovchi kuchning o’zgarishi bilan hosil bo’lgan muayyan sezgi kuchining o’zgarishi o’rtasidagi o’zaro munosabatni ifodalashdan iborat psixofiziologik qonun.
Vestibulyar apparat (lot. vestibultuu – boshlang’ich, apparatus - asbob) - fazodagi harakatlarning yo’nalishining holati va bunday harakatlar yo’nalishining o’zgarishini kuzatib baholab turishga yordam beradigan analizator (ichki quloqda joylashgan).
Interoreseptiv sezgilar - (lot. interior - ichki, redpiere - olmoq) - ichki a'zolarga joylashgan reseptorlar.
Kinestetik sezgi (yunon. kineo - hapakatga keltiraman) - o’z tana a'zolarining holati va xarakatini propreoreseptorlar ta'siri ostida sezish.
Sezgi - psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat. Voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi.
Sezgi a'zolarining o’ziga xos quvvati - sezgi a'zolarning maxsus quvvati haqidagi qonun bo’lib, bu qonunga binoan sezgi a'zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta'sirini aks ettirmay, balki sezgi a'zolarining o’ziga xos quvvatini qo’zg’ovchi tashqi turtki deb hisoblanadi (M.Myuller).

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling