O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet142/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

S.V.Kravkov (1893-1951) ma'lumotlariga ko’ra bir sezgi a'zolarining faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o’zgaradi, tovush asosan ko’rish sezgisi, yorug’lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o’xshash turli hidlar hamda yorug’lik va hid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o’zaro ta'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o’tishi osonroq amalga oshadi.
Bundan tashqari sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini o’rganish ham alohida ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarish tufayli unga uchishda sun'iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi zarurati tug’iladi. I.P.Pavlov tomonidan analizatorlarning murakkab o’zaro ta'sir shakllari mavjud ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stida namoyon bo’lib, bir vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bu bosh miya po’stida kechadigan fiziologik jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi. Sezgilarning klassifikasiyasi ularning turli spesifik tavsiflariga, ya'ni moddalligiga qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi.
Sezgilarni ob'ektiv yo’nalishi bo’yicha Ye.N.Sokolov, Vinogradovlar tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas olish tizimida o’zgarishga sabab bo’lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt reflektor o’zgarishlarni sezgining ob'ektiv ko’rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi. Ma'lumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatdan yuzaga keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr faoliyatining o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchi tomon burilishi kabilar. Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shu sababdan ular sezgilarning ob'ektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.
Tajribalarda shu narsa qayd etilganki, qo’zg’atuvchilar intensivligi oshgan sari javob reaksiyasi ham intensivroq bo’lib borar ekan. Bu esa sezgilarning intensivligini asos sifatida ishlatishga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va elektrofizologik reaksiyalar chegaralarga odatdagi qo’zg’atuvchilarga qaraganda yaqin qo’zg’atuvchilarga nisbatan keskinroq bo’ladi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling