O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet158/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Harakatni idrok qilish


Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish deyiladi.
Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o’z o’rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o’rin almashtirib turishini, ya'ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda ko’rish va kinestezik analizator asosiy rol o’ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo’nalishi harakat qilayotgan ob'ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo’l bilan ma'lumot olishi mumkin.

Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir.

  1. ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish

  2. ko’zni bir nuqtaga qaratib turish.

Harakat tez yoki sekin bo’layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob'ektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligiga bog’liq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi.

Tayanch tushunchalar


Agroziya - idrokning buzilishi. Agrafiya miyaning ma'lum bir jarohatlanishida natijasida sodir bo’ladi
Appersepsiya (lot. ar - ga, qarashli, perceptio - idrok) - shaxs idrokining avvalgi bilim va tajribalariga hamda uning umumiy qiziqish, xavaslariga bog’liqligi.
Attraksiya (fr. attraktion - qiziqib intilmoq, talpinmoq) - bir kishini boshqa kishi ko’rib qolganda, idrok etganda yuz beradigan tafakkur turi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling