O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet204/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Dj.Uotson tafakkurning ichki nutq va noverbal tovushsiz imo-ishora, mimika, yelka qisishi, qosh suzish, kommunikasiya, muloqotni birga qo’shib, keng
ma'noda tushunadi va uni uchta shaklga ajratib o’rganadi. Nutq shakllaridan biri nutq malakalarini sekin-asta avj oldirish deb ataladi. Bu she'rni yoki sitatani aniq esga tushirishda o’z ifodasini topadi. Tafakkurning ikkinchi shakli sub'ekt uchun yangi bo’lmagan topshiriqni so’z yordami bilan yechish, yarim-yortisi unutilgan she'rni eslashga harakat va nihoyat, yangi topshiriqni yaqqol ifodali harakat va so’z yordami bilan yechish Dj. Uotson uchun malaka u individual egallagan va o’rganilgan xatti-harakatdir. Ushbu nazariya nuqtai nazaridan qarasak, tafakkur malakaga yaqinlashtirilib qo’yiladi, chunki she'rni esga tushirish ham tafakkur deb talqin qilinadi.
Dj. Uotson tilni o’zlashtirishning ijtimoiy jihatlarini umuman hisobga olmagan, nutqning tuzilishi va rivojlanishiga sira e'tibor qilmagan. Nutq bilan tafakkur birligi to’g’risida tamoyilni anglab yetmagan, tafakkur va ongning xulq ko’rinishi sifatida olib qaralgan.

Tayanch iboralar


Abstraksiya (lot. Abstractio mavxumlashtirish) - narsalarnnng o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni, narsalarning muhim belgi va xususiyatlarini ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasi.
Amaliy tafakkur - ko’pincha vaqt tanqisligi sharoitida yuzaga keladigan va xatti - harakatlarning maqsadini aniqlash, reja loyihalarni ishlab chiqish bilan bogliq.
Deduktsiya (lot. deductio - keltirib chiqarish) - umumiy hukmlardan yakka hukmlarga qarata borish orqali mantiqiy qulosa chiqarishdan iborat tafakkur shakli. Induktsiya - (log. inductio - keltirib chiqarish) - juz'iy yoki yakka qollardan umumiyga, ayrim dalillardan umumlashmalarga qarab boradigan, induktiv xulosa
chiqarishga asoslangan mantiqiy bilish metodi, tafakkur shakli.
Intuisiya (lot. intueri - yaxshilab, diqqat bilan qaramoq) voqelikni bilishning bevosita haqiqatga aylanishi bilan amalga oshiriladigan alohida usul bo’lib, uning yordamida muammoli vaziyatlar yechimini topish mumkin, u ijodiy faoliyat mexanizmi sifatida tushuntiriladi..

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling