O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
Download 3.55 Mb.
|
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)
Iqtidor
Iste'dod Faoliyat Shaxsning mehnatga, bilishga ijtimoiy faolligi Har qanday layoqat qobiliyat darajasiga ko’tarilishi uchun eng murakkab yo’lni bosib o’tishi kerak bo’ladi. qobiliyatlar ilk davrlardanoq rivojlana boshlab, bir necha bosqichda amalga oshadi. Qobiliyatlarning rivojlanishi va shakllanishi birinchidan, ma'lum bir faoliyatga moyillik yoki intilish borligiga va faoliyat natijalarining sharoitga qarab tegishli tabiiy zehn, nishonalarni aniqlash yo’li bilan, ikkinchidan mutaxassis (muzikant, artist, rassom va hokazo) rahbarligida tizimli faoliyatga jalb etish orqali shaxsning tabiiy xususiyatlarini chiniqtirish va rivojlantirish yo’li, bilan uchinchidan, umumlashgan aqliy operasiyalarni shakllantirish yo’li bilan borishi kerakki, bu operasiyalar umumiy va maxsus axborotni yengil va samarali o’zlashtirishni, tanlagan faoliyat bo’yicha ko’nikma va malakalarni hosil qilishni ta'minlasin. To’rtinchidan, o’quvchining maxsus qobiliyatini kamol toptirishni jadallashtirishni ta'minlovchi shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo’li bilan. Beshinchidan, shaxsning faollik alomatlarini tarbiyalash yo’li bilan borish kerakki?, bu alomatlari dastavval mehnatsevarlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, puxtalik, qat'iyatlik, sinchkovlik va tanqidiylikdan iborat. Bularsiz individning potensial imkoniyatlari va qobiliyati faoliyatda maksimal ravishda rivojlana olmaydi. Oltinchidan, maktab o’quvchilariga nisbatan individual munosabatda bo’lishni umumiy talablar bilan to’g’ri qo’shib olib borishdir. qobiliyatning muayyan izchillikda namoyon bo’lishi va rivojlanishini hayot tajribasi ko’rsatib turibdi. Qobiliyat turli rivojlanish darajasiga ega bo’lishi mumkin. Ilmiy abstraksiyalash qobiliyatning ikki darajasini farqlash imkonini beradi; reproduktiv va ijodiy aks ettirish darajalari. o’z qobiliyatini rivojlantirishning birinchi darajasidagi kishi bilimlarni juda mohirlik bilan o’zlashtiradi. Faoliyatni o’rganib oladi va uni biror namuna orqali amalga oshiradi. Ikkinchi darajada turgan kishi esa yangilik yaratishga qodirdir. Bu darajalarni tekshirishga metafizik munosabatda bo’lish yaramaydi albatta, birinchidan har qanday reproduktiv aks ettirish, faoliyat ijodiy faoliyat elementlarini ijodiy aks ettirish faoliyati esa reproduktiv faoliyat elementlarini, o’z ichiga qamrab oladi, busiz ularni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ikkinchidan, yuqorida aytilgan darajalar ham qandaydir o’zgarmas va qotib qolgan narsalar emas. Kishi bilimlarni o’zlashtirib, ko’nikma hosil qilish jarayonida faoliyat bir darajadan ikkinchi darajaga o’tib turadi. qobiliyatning tabiiy manbai ham mavjud bo’lib va u tabiiy zehn deb yuritiladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling