O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Misol.
 
Standart sharoitda quyidagi reaksiya va ma‟lumotlar berilgan: 
Modda 
 o
, kJ/mol 
 o
, kJ/mol·K 
 o
, kJ/mol 
-822,2 
0,090 
-740,3 
-241,8 
0,190 
-228,6 

0,130 


0,027 



81 
Shu ma‟lomotlar asosida a) standart sharoitda shu reaksiyaning ΔH, ΔS va ΔG 
qiymatlarini aniqlang; b) qanday temperaturalarda reaksiyaning sodir bo„lish 
imkoniyatini aniqlang. 
Yechish
a)
bo„lganligi uchun standart sharoitda bu reaksiya sodir bo„lmaydi. 
b) Reaksiyaning sodir bo„lish imkoniyatini aniqlash uchun qanday temperaturada 
muvozanat holati qayd etiladi, ya‟ni 
bo„lishligini aniqlaymiz. Buning 
uchun 4.14 formuladan faydalanamiz.
Demak ushbu reaksiya 672,2K dan yuqoriroq bo„lgan temperaturalarda sodir 
bo„ladi. 
4.6. Termodinamikaning uchinchi qonuni. 
Termodinamikaning uchinchi qonuni entropiyaning temperatura bo„yicha 
o„zgarishi haqida. Moddalarning turli temperaturalarda entropiyasini o„rganib, 
Nernst shunday xulosaga keldiki, temperatura mutloq no„lga yaqin bo„lganda turli 
jarayonlarda entropiyaning o„zgarishi hisobga olmasa bo„ladigan darajada kichik 
qiymatga ega bo„ladi. Bu qonun Nernstning issiqlik teoremasi ham deyiladi. Bu 
teoremadan olingan natija va hulosalarni termodinamikaning I va II qonunlaridan 
keltirib chiqarib bo„lmaydi. Bu teorema natijasida termodinamik funksiyalarning 
absolyut qiymatini hisoblashga imkon yaratildi. I va II qonunlarda turli 
funksiyalarning temperaturaga bog„liq holda o„zgarishi intergal tarzida berilgan.
Keyinchalik Plank, Lyuis i Rendal termodinamika uchinchi qonunining 
postulatini ta‟riflashdi. Bu qonunning ham bir nechta postulatlari mavjud. 
Mutloq no„l temperaturada kristall panjarasida nuqsonlari bo„lmagan toza 
(ideal) moddaning entropiyasi no„lga teng. 
Temperatura pasayganda sistema entropiyasi ham kamayib borib, mutloq 
no„lda uning qiymati no„lga teng bo„lsa, berilgan temperaturada har qanday 
sistemaning entropiyasi doim musbat qiymatga ega.
Mutloq no„l temperaturaga erishish mumkin emas. Hozir 0,0001K 
temperatura olingan. 


82 
Bu tenglama bo„yicha mutloq no„lda kondensatlangan sistemalarda 
boradigan jarayonlarda entropiya o„zgarmaydi. Shularga asoslangan holda 
kondensatlangan sistemada reaksiyalarga kirishuvchi moddalarning entropiyasi 
no„lga teng deyish mumkin: 
Bu holat aniqlashtirilib quyidagicha ta`riflanadi: mutloq no„lda har qanday 
element yoki birikmaning to„g„ri tashkil topgan sof holdagi kristalining entropiyasi 
nolga teng, moddaning hamma boshqa holatlardagi entropiyasi esa noldan kattadir.
Nazorat savollari

1. Jarayonlar sodir bo„lish imkoniyatiga ko„ra qanday turlarga bo„linadi? 
Qaytar va qaytmas jarayonlarni ta‟riflang. 
2. Qanday vazifalar termodinamika ikkinchi qonuniga ta`luqli? 
3. Sxema asosida issiqlik mashinasi ishini Karno qanday talqin etganligini 
tushintiring. 
4. Karno sikli nima va u qanday bosqichlardan iborat? 
5. Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsienti nimaga teng? 
6. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga Klauzius qanday ta‟rif beradi? 
7. Qonun to„g„risida Osvald qanday ta‟rif beradi? 
8. Karno-Klauzius teoremasi nima va uning ahamiyati nimada? 
9. Termodinamik hisoblarda qanday usullardan foydalaniladi? 
10. Entropiya nima va u qaysi formula bilan aniqlanadi? 
11. Entropiya o„zgarishi qaysi formula bilan ifodalaydi? 
12. Ikkita idishda joylashgan, turli hajm va turli miqdordagi gazlarni aralashishi 
misolida entropiya o„zgarishini izohlang. 
13. Qaysi tenglama termodinamika birinchi va ikkinchi qonunlarining birlashgan 
ifodasi hisoblanadi? Uni keltirib chiqaring. 
14. Qaytar va qaytmas jarayonlar uchun birinchi va ikkinchi qonunlarning 
birlashgan tenglamasi qanday yoziladi? 
15. Kimyoviy reaksiyalarning entropiyasi qanday hisoblanadi?
16. 
Kimyoviy 
termodinamikada 
qanday 
harakteristik 
funktsiyalardan 
foydalaniladi? 
17. Izohor potentsial o„zgarishi qaysi tenglama bilan ifodalaydi? 
18. Izobar potentsial o„zgarishi qaysi tenglama bilan ifodalaydi? 
19. Qaysi holatda izobar yoki izoxor jarayon o„z-o„zidan boradi? 


83 
20. Izoxor va izobar jarayonlarda maksimal ish nimaga teng? 
21. Turli jarayonlarning imkoniyatlari, yo„nalishi va chegarasi qanday mezonlar 
bo„yicha baholanadi?
22. Kimyoviy reaksiyalarning borish imkoniyati nima uchun ko„p jihatdan issiqlik 
effektiga bog„liq? 
23. Endotermik reaksiyalar qanday sharoitda o„z-o„zidan borishi mumkin? Nima 
uchun? 
24. Nima uchun termodinamikaning uchinchi qonuni Nernstning issiqlik teoremasi 
deyiladi? 
5. Kimyoviy reaksiyalar muvozanati
5.1. Massalar ta‟siri qonuni. Muvozanat konstantasi. 
5.2. Muvozanat konstantasining turli ifodalari va ular o„rtasidagi bog„lanish. 
5.3. Kimyoviy potensial. Kimyoviy reaksiyalarning izoterma tenglamalari. 
5.4. Muvozanat konstantasining temperaturaga bog„liqligi. Reaksiyaning izoxora 
va izobara tenglamalari. 
5.5. Kimyoviy muvozanatni siljishiga ta`sir etuvchi omillar.
5.1. Massalar ta‟siri qonuni. Muvozanat konstantasi. 
Ko„p kimyoviy reaksiyalar qaytar bo„ladi. Bir vaqtda ikkita yo„nalishda – 
reaksiya maxsulotlari hosil bo„ladigan tomonga (o„ngga yoki to„g„riga) va 
maxsulotlar dastlabki moddalarga aylanadigan tomonga (chapga yoki teskariga) 
boradigan reaksiyalar qaytar reaksiyalar deyiladi. Reaksiyaning qaytarligi tufayli u 
oxirigacha bormaydi.
Reaksiya 
boshlanishida 
reaksiyaga 
kirishuvchi 
moddalarning 
konsentratsiyalari katta bo„lgani uchun tog„ri reaksiya tezligi katta bo„ladi. Vaqt 
o„tishi bilan dastlabki moddalar kamayib, mahsulotlar ko„payib boradi. Shuning 
uchun teskari reaksiya tezlashib boradi. Ma`lum vaqt o„tgandan keyin to„g„ri va 
teskari reaksiya tezligi tenglashadi. Bu holat kimyoviy muvozanat deyiladi. 
Kimyoviy muvozanat – dinamik holatdir. Vaqt birligi ichida reaksiyaga 
kirishuvchi moddalarning qanchasi mahsulotni hosil qilsa, shuncha mahsulot yana 
dastlabki moddalarga aylanadi. Sistemadagi har bir moddaning konsentratsiyasi 
(yoki bug„ bosimi) o„zgarmasdan turadi, izobar yoki izoxor potensial minimal 


84 
qiymatga ega bo„ladi. Mahsulotlar va dastlabki moddalar konsentratsiyalarining 
nisbati muvozanat konstantasiga bog„liq.
Muvozanat konstantasini aniqlash uchun gomogen fazada boruvchi shartli 
qaytar reaksiyani ko„rib chiqamiz: 
(5.1) 
Reaksiya tezligining reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasiga 
bog„liqlik ifodasi massalar ta‟siri qonuni deyiladi va to„g„ri reaksiya uchun 
quyidagicha yoziladi: 
[ ]
[ ]
(5.2) 
bu yerda: 
– to„g„ri reaksiya tezligi,
– to„g„ri reaksiyaning tezlik konstantasi, 
[A] va [B] – reaksiyaga kirishuvchi moddalarning muvozanat vaqtidagi 
konsentratsiyasi, n va m – shu moddalarning reaksiya tenglamasidagi koeffitsienti.
Teskari reaksiya tezligi: 
[ ]
[ ]
(5.3) 
bu yerda: 
– teskari reaksiya tezligi,
– teskari reaksiyaning tezlik konstantasi, 
[E] va [D] – reaksiya maxsulotlarining muvozanat vaqtidagi konsentratsiyasi, q va 
l – shu moddalarning reaksiya tenglamasidagi koeffitsienti. 
Muvozanat vaqtida: 
bo„lgani uchun 
[ ]
[ ]
[ ]
[ ]
bundan: 
[ ]
[ ]
[ ]
[ ]
bu yerda: 
– konsentratsiya bo„yicha muvozanat konstantasi. 
Demak, muvozanat konstantasi to„g„ri reaksiya tezlik konstantasini teskari 
reaksiya tezlik konstantasiga nisbatiga yoki muvozanat vaqtidagi mahsulotlar 
konsentratsiyalari 
ko„paytmasini 
dastlabki 
moddalar 
konsentratsiyalari 
ko„paytmasiga nisbatiga teng. Muvozanat konstantasining qiymati qancha katta 
bo„lsa, muvozanatdagi aralashmada mahsulotlarning miqdori shuncha ko„p 
bo„ladi. 
5.2. Muvozanat konstantasining turli ifodalari va ular o„rtasidagi bog„lanish. 
konstantani klassik muvozanat konstantasi deb ataladi. Real eritmalar 
uchun konsentratsiyani aktivlik (a) bilan almashtiriladi: 


85 
bu yerda 
– aktivlik bo„yicha kimyoviy muvozanat konstantasi. 
Gazsimon moddalar ishtirokidagi reaksiyalarning muvozanat konstantasini 
bosim yoki bug„ bosimi (P) orqali, uchuvchan moddalar ishtirokidagi muvozanat 
konstantasini esa uchuvchanlik yoki fugitivlik ( f ) orqali ifodalash mumkin:
Muvozanat konstantasi moddalarning tabiatiga, temperaturaga bog„liq, 
ammo konsentratsiyaga (
), aktivlikka (
) , bosimga (
) i fugitivlikka (
)
bog„liq emas. 
va 
muvozanat konstantalari gazsimon moddalarning mollar 
soni o„zgarmasdan boradigan reaksiyalarda o„lchovsiz kattalikdir. Boshqa 
holatlarda K

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling