O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

R
bosimning n darajali o„lchov birligi bilan, 
– konsentratsiyaning n 
darajali o„lchov birligi bilan o„lchanadi. 
Aktivlik va fugitivlik orqali ifodalanadigan muvozanat konstantalari o„lovsiz 
kattalikdir, chunki aktivlik ham, fugitivlik ham standart sharoitni tanlanishiga 
bog„liq bo„lgan nisbiy kattaliklardir. (5.6) ifodadagi bug„ bosimini 
ko„rinishidagi Mendeleev-Klapeyron tenglamasi bilan ifodalnsa, 
va 
ni 
bog„lovchi quyidagi munosabat hosil bo„ladi: 
bu qerda:
– reaksiyadagi gazsimon maxsulotlar va gazsimon dastlabki 
moddalar stexiometrik koeffitsientlari farqi. 
Geterogen reaksiyalarda muvozanat konstantasining ifodasida faqat 
reaksiyada qatnashuvchi gazsimon moddalarning bug„ bosimlari (yoki 
konsentratsiyalari) ishtirok etadi. Qattiq yoki suyuq holatdagi individual 
moddalarning bug„ bosimi va konsentratsiyasi birga teng deb qabul qilinadi
chunki ularning kimyoviy potensiallari doimiydir. Masalan, quyidagi reaksiya 
uchun: 
muvozanat konstantasi: 


86 
5.3. Kimyoviy potensial. Kimyoviy reaksiyalarning izoterma tenglamasi. 
Agar sistemada kimyoviy reaksiya sodir bo„lsa, bunday sistema ochiq 
bo„ladi. Kimyoviy reaksiya sodir bo„layotgan sistemada k sondagi turli moddalar 
mavjud bo„lganda uning ichki energiyasini S, V, n
1
, n
2
, …, n
i
larning funksiyasi 
sifatida ko„rilishi mumkin, bu yerda n
i
– i moddaning mollar soni.
O„zgarmas bosimda va temperaturada sodir bo„layotgan, lekin muvozanat 
holatidan farqli holatdagi quyidagi (5.1) reaksiyani ko„rib chiqamiz. 
moddalarning miqdori etarli darajada ko„p, ya‟ni moddadan
mol, 
moddadan mol sarflanganda, hamda moddadan mol, moddadan
mol hosil bo„lganda sistemaning tarkibi va mavjud bo„lish sharoitlari sezilarli 
o„zgarmaydi deb qabul qilamiz. Agar shunday miqdordagi moddalar ta‟sirlashgan 
bo„lsa, sistemaning izobar potensiali quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 
  (5.9) 
bu yerda: 
– komponentning kimyoviy moyilligi yoki kimyoviy potensiali. 
Har qanday kimyoviy reaksiyaning asosiy belgisi sistema tarkibining 
o„zgarishidir. Binobarin sistemani tavsiflash uchun har bir fazaning tarkibini 
hisobga olish kerak. Kimyoviy potensial – sistema tarkibi o„zgarishini, berilgan 
komponentni bir fazadan boshqasiga o„tishini hisobga oluvchi intensivlik omilidir. 
Intensivlik omili sifatidagi kimyoviy potensialni ekstensiv omil sifatidagi modda 
miqdorining o„zgarishiga ko„paytmasi kimyoviy jarayon energiyasi shaklining 
o„zgarishiga teng.
Gazlarning kimyoviy potensiali bosimga bog„liq. YUqorida bayon etilgan 
qonuniyatlarni ideal gazlar uchun qabul qilgan edik. Lekin amalda “ideal gaz” 
mavjud emas. Real gazlar ideal gazlarning qonuniyatlariga bo„ysinmaydi va 
murakkabroq holat tenglamalariga ega. Real gazlar uchun bosim yoki 
konsentratsiya kattaliklari o„rniga fugitivlik yoki uchuvchanlik tushunchasi 
qo„llanilishini avvalroq aytib ketilgan edi.
Kimyoviy jarayonlarda kimyoviy potensial izobar potensial bilan bir xil 
bo„lganligi uchun 
tenglamaga o„xshab ideal gazning kimyoviy potensialini quyidagicha yozishimiz 
mumkin: 


87 
bu yerda 
va 
gazning boshlang„ich va oxirgi hajmi.
hamda 
ekanligini hisobga olib, yuqoridagi 
tenglamalarni biroz boshqacharoq yozishimiz mumkin: 
 
Ikkala tenglama uchun bosimning boshlang„ich kattaligini standart bosim 1 
atm ga teng deb qabul qilamiz. U holda bu tenglamalarni quyidagicha yozish 
mumkin: 
(5.15) tenglamadan ko„rinib turibdiki, kimyoviy potensial bosimning natural 
logarifmiga bog„liq ravishda o„zgaradi. Bog„liqlik grafigi 5.1 rasmda 
ko„rsatilganidek umumiy logarifmik shaklga ega bo„ladi. Lekin real gazlar uchun 
grafikdan chetlanishlar kuzatiladi (5.2 rasm). 
5.1 rasm. Ideal gazlarning bosimi va 
kimyoviy potensialini bog„liqligi 
5.2 rasm. Real gazlarning bosimi va 
kimyoviy potensialini bog„liqligi
19
19
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 111. 


88 
Juda kichik bosimlarda gazlar o„zini ideal gaz kabi namoyon etadi, shuning 
uchun uni kimyoviy potensiali ideal gaznikiga yaqin bo„ladi. O„rtacha bosimlarda 
gazning berilgan kimyoviy potensialida bosimi pastroq bo„ladi. CHunki bunda gaz 
molekulalari o„zaro tortilishi natijasida bosimi ideal gaznikiga nisbatan kamayadi. 
Juda katta bosimlarda molekulalar shunchalik zichlashib ketadiki, ular endi o„zaro 
itarila boshlaydi. Natijada bosim ideal gaznikidan yuqoriroq bo„ladi. 
Real gazlar holatini uning uchavchanligi (f) to„g„ri ifodalaydi. SHuning 
uchun real gazlarning kimyoviy potensialini quyidagi formula bilan ifodalash 
to„g„riroq bo„ladi: 
O„z navbatida: 
bu yerda 
uchuvchanlik koeffitsienti, u o„lchovsiz kattalik. SHuning uchun 
uchuvchanlik bosimning o„lchov birligiga ega. 
Bosim qancha kichik bo„lsa real gazning holati ideal gaznikiga shuncha 
yaqinlashib boradi. Bosim 0 ga yaqin bo„lganda uchuvchanlik koeffitsienti 1 ga 
teng bo„ladi. SHuning uchun quyidagi ifodalar o„rinli bo„ladi: 
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar uchun ideal gaz qonunlarini qo„llash 
mumkin deb qabul qilamiz. U holda 
̅
munosabatdan 
foydalangan 
holda, 
undagi 
aniqlanayotgan 
kimyoviy 
potensiallarning qiymatlarini (5.9) tenglamaga qo„yamiz. Tenglama hadlarini 
guruhlab, quyidagi tenglamani hosil qalamiz: 
bilan moddalarning boshlang„ich holatdagi bug„ bosimlari belgilangan. 
Birinchi qavs ichidagilarning yig„indisi 
ga teng bo„lganligi uchun 
quyidagicha yozish mumkin: 
 
yoki 
(
)


89 
O„zgarmas temperaturada va hajmda sodir bo„ladigan jarayonlar uchun 
sistema tarkibini konsentratsiyalarda ifodalab, shunga o„xshash tenglamani izoxor 
potensialning o„zgarishi ΔF uchun chiqarish mumkin: 
(
)
Har ikkala (5.18) va (5.19) kimyoviy reaksiyalarning izoterma tenglamalari 
yoki Vant-Goff tenglamalari deb nomlanadi. Ularning ikkinchisini suyultirilgan 
eritmalardagi reaksiyalar uchun ham qo„llash mumkin. Bu tenglamalar 
o„rganilayotgan reaksiya uchun berilgan tarkibda 
va ni hisoblash hamda 
berilgan sharoitda reaksiya qaysi yo„nalishda sodir bo„lishligini va uning 
chegarasini aniqlash imkonini beradi.
Jarayonni o„z-o„zidan sodir bo„lishligining umumiy shartlari va kimyoviy 
reaksiyalarning izoterma tenglamalari reaksiya imkoniyati bilan reaksiyaga 
kirishuvchi moddalar konsentratsiyasining bog„liqligini aniqlash imkonini beradi. 
Turli kimyoviy reaksiyalarni sodir bo„lish imkoniyatlarini solishtirish uchun 
reaksiyada qatnashuvchi barcha moddalarning standart sharoitdagi termodinamik 
parametrlarini bilish kerak. Standart sharoitda hamma moddalarning aktivligi birga 
teng. Gazsimon moddalar uchun standart sharoitda boshlang„ich bug„ bosimlari 
760 mm simob ustuni yoki 101,325 kPa ga teng bo„ladi. Bu holatda izoxora 
tenglamasidagi 
hadi no„lga teng bo„ladi va (5.18) tenglama quyidagi 
ko„rinishga ega bo„ladi: 
bu yerda 
standart sharoitdagi izobar potensialning o„zgarishini ifodalaydi. 
(5.19) tenglamadan foydalangan holda, reaksiyada qatnashuvchi barcha 
moddalarning konsentratsiyalari birga teng ekanligini hisobga olib, standart 
sharoitda izoxor potensialning o„zgarishi quyidagicha ifodalanadi: 
bu yerda 
standart sharoitdagi izoxor potensialning o„zgarishini ifodalaydi.
Izobar va izoxor potensialning o„zgarishi turli moddalarning kimyoviy 
ta‟sirlashuvda qatnashish qobiliyatini belgilaydi hadma jarayonning borish yo„liga 
bog„liq emas, moddalarning tabiatiga bog„liq. 
ning ishorasi o„z-o„zidan 
boruvchi jarayonning yo„nalishini ko„rsatadi. Uning manfiy qiymati qancha katta 
bo„lsa, 
(yoki 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling