O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
FAZALAR MUVOZANATI
6. Noelektrolitlarning eritmalari 6.1. Eritmalarning umumiy tavsifi. 6.2. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari. 6.3. Eritmalarning tabiati va erish mexanizmi haqida zamonaviy tasavvurlar. 6.4. Osmos va osmotik bosim. Vant-Goff qonuni. 6.5. Eritmalarning bug„ bosimi. Raul qonuni. 6.6. Krioskopiya va ebulioskopiya. 6.1. Eritmalarning umumiy tavsifi. Ikki yoki bir necha moddadan iborat termodinamik barqaror gomogen (bir jinsli) sistemalar eritma deb yuritiladi. Demak, eritmalar termodinamik barqarordir. Bu termin sistemaning har qanday agregat holatiga tegishlidir. Bular jumlasiga gazlar aralashmasi, suyuq eritmalar, qattiq eritmalar yoki aralash kristallar kiradi. Eritmalar erigan modda va erituvchidan iboratdir. Eritmadan sof xolda ajratib chiqarish mumkin bo„lgan tarkibiy qismlarini komponent deb nomlaymiz. Termodinamika nuqtai nazaridan hamma komponentlar bir xil ahamiyatga ega, shuning uchun ularni erituvchi va erigan moddaga ajaratish shartli xarakterga ega. Odatda boshqa komponentlarga nisbatan ortiqcharoq miqdorda bo„lgan komponetning erituvchi deb nomlab, qolganlarini esa erigan modda deb nomlaymiz. Erigan moddaning miqdori asosida eritmalar quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Konsentrlangan eritma – unda erigan moddaning miqdori ko„p bo„ladi. 2. Suyultirilgan eritma – unda erigan moddaning miqdori kam bo„ladi. 3. To„yingan eritma – unga erigan moddadan yana qo„shilsa erimaydi. 4. To„yinmagan eritma – unga erigan moddadan yana qo„shilsa erib ketadi. 94 To„yingan eritma hosil bo„lishida 100 g erituvchida erishi mumkin bo„lgan moddaning massasi shu moddaning eruvchanligi yoki eruvchanlik koeffisiyenti (S . ) deyiladi. Temperatura ortganda qattiq moddalarning eruvchanligi ortadi, gazlarning eruvchanligi esa kamayadi. Moddaning eruvchanligi ularning tabiatiga ham bog„liq. Tabiati yaqin bo„lgan moddalar bir–birida yaxshi eriydi. Suv molekulasi juda qutbli bo„lgani uchun unda ion bog„li va qutbli kovolent bog„li moddalar yaxshi eriydi. Qutbsiz moddalar suvda erimaydi, ular organik erituvchilarda eriydi. 6.2. Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari. Eritmaning tarkibi uning eng muhim xossalaridan biridir. Konsentratsiya eritma tarkibidagi erigan modda va erituvchining qancha ekanligini ko„rsatadi. Eritma konsentratsiyasini, aniqrog„i erigan moddaning eritmadagi konsentratsiyasini ifodalashning bir necha usullari bor. 1. Erigan moddaning molyar ulushi [ ] – erigan modda miqdorini [ ] eritmadagi barcha moddalar miqdorlari yig„indisiga [ ] nisbatiga teng: 1. Erigan moddaning massa ulushi yoki foiz konsentratsiyasi [ ] – erigan modda massasini [ ] eritmaning massasiga [ ] nisbatiga teng: 3. Agar erigan modda va erituvchi suyuqlik bo„lsa, konsentratsiyani hajmiy ulushda hisoblash mumkin. Erigan moddaning hajmiy ulushi [ ] – erigan modda hajmini [ ] eritmaning hajmiga [ ] nisbatiga teng: Molyar, massa yoki hajmiy ulushning qiymati 0 dan 1 gacha bo„ladi. Agar 100% ga ko„paytirilsa, konsentratsiya foizda ifodalanadi, uning qiymati 0 dan 100% gacha o„zgaradi. 4. Molyar konsentratsiya [ ] erigan modda miqdorini eritmaning hajmiga nisbatiga teng 95 Molyar konsentratsiya 1 dm 3 yoki 1 litr (l) eritmadagi erigan moddaning mollar sonini ko„rsatadi va eritmaning molyarligi deyiladi, uning o„lchov birligi . 5. Normal konsentratsiya [ ] – erigan moddaning ekvivalent miqdorini [ ] eritmaning hajmiga nisbatiga teng: Normal konsentratsiya 1 l eritmadagi erigan moddaning ekvivalent miqdorini yoki gramm-ekvivalentlar sonini ko„rsatadi va eritmaning normalligi deyiladi, uning o„lchov birligi . 6. Molyal konsentratsiya [ ] rigan moddaning miqdorini erituvchining [ ] massasiga nisbati: Molyal konsentratsiya 1000 g erituvchidagi erigan moddaning miqdoriga teng va eritmaning molyalligi deyiladi. 7. Eritma titri [ ] erigan modda massasini eritmani hajmiga nisbitiga teng: Titr 1 ml eritmadagi erigan moddaning massasini (g) ko„rsatadi, o„lchov birligi Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling