O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
N
A + N B = 1 ekanligini hisobga olganda: (6.11) tenglamadan biroz o„zgartirishlardan so„ng kelib chiqadi: (6.15) ifodadan Raul qonining ikkinchi ta‟rifi kelib chiqadi: eritma ustidagi erituvchi bug„ bosimini nisbiy pasayishi ( ) erigan moddaning molyar ulushiga teng. Qonunning har ikkala ta‟rifi eritma ustidagi erituvchining to„yingan bug„ bosimini pasayishi erituvchi va erigan moddaning tabiatiga bog„liq emas, faqat eritmaning konsentratsiyasiga bog„liqligi kelib chiqadi. 104 6.6. Krioskopiya va ebulioskopiya. Eritmaning qaynash temperaturasi erituvchinikidan yuqoriroq bo„ladi. Eritmani qaynash temperaturasini ortishiga asoslangan tadqiqot usuli ebulioskopiya deyiladi. Eritmaning qaynash temperaturasini ortish darajasi erigan moddaning tabiatiga bog„liq bo„lmasdan, uning konsentratsiyasiga bog„liq. Eritma qaynash temperaturasining ortishi eritmaning konsentratsiyasiga to„g„ri proporsional: bu yerda: – eritma qaynash temperaturasining ortishi; – ebulioskopik konstanta, uning qiymati erituvchining tabiatiga bog„liq va ma`lumotnomalarda beriladi; – eritmaning konsentratsiyasi. Ebulioskopik konstanta quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: bu yerda: T 0 – erituvchining qaynash temperaturasi, – erituvchining solishtirma bug„lanish issiqligi. Ko„plab erituvchilar uchun ebulioskopik konstanta hisoblangan va ma‟lumotnomalarda keltirilgan. Masalan suvning ebulioskopik kosntantasi 0,52, benzolning ebulioskopik konstantasi 2,60 ga teng. Eritmaning qaynash temperaturasi ortishini tajribada aniqlab, molyal konsentratsiyasi qo„llagan holda no‟malum moddaning molekulyar massasini topish mumkin. bundan: Eritmaning muzlash temperaturasi erituvchinikidan pastroq bo„ladi. Eritmani muzlash temperaturasini pasayishiga asoslangan tadqiqot usuli krioskopiya deyiladi. Eritmaning muzlash temperaturasini pasayish darajasi erigan moddaning tabiatiga bog„liq bo„lmasdan, uning konsentratsiyasiga bog„liq. Eritma muzlash temperaturasining pasayishi eritmaning konsentratsiyasiga to„g„ri proporsional: bu yerda: ∆T muz – eritma muzlash temperaturasining pasayishi; K – krioskopik konstanta, uning qiymati erituvchining tabiatiga bog„liq va ma`lumotnomalarda beriladi; C – eritmaning konsentratsiyasi. 105 Krioskopik konstanta quyidagi formula bo„yicha hisoblanadi: bu yerda: T 0 – erituvchining muzlash temperaturasi, – erituvchining solishtirma suyuqlanish issiqligi. Ko„plab erituvchilar uchun krioskopik konstanta hisoblangan va ma‟lumotnomalarda keltirilgan. Masalan suvning krioskopik kosntantasi 1,86, benzolning krioskopik konstantasi 5,10 ga teng. Eritmaning qaynash temperaturasi ortishini tajribada aniqlab, molyal konsentratsiyasi qo„llagan holda no‟malut moddaning molekulyar massasini topish mumkin. bundan: Nazorat savollari . 1. Eritma deb nimaga aytiladi? Uning qanday turlarini bilasiz? 2. Eritma konsentrasiyasini qanday birliklarda ifodalash mumkin va bu har xil birliklar orasida qanday bog„liqlik bor? 3. 5 M li 800 ml o‟yuvchi natriy eritmasi 2,5 M li 1200 ml eritmasi bilan aralashtirilganda hosil bo‟lgan eritmaning molyar kontsentratsiyasini hisoblang. 4. 120 ml 2,5 M HCl eritmasini tayorlash uchun uning 4M eritmasidan qancha ml olish kerak? 5. Uglerod (IV)-oksidiga nisbatan zichligi 1,841 ga teng bo‟lgan gazning 40,32 l (n.sh) hajmini 459,68 ml suvda eritganda hosil bo‟lgan eritmaning zichligi 1,2 g/ml bo‟ldi. Shu eritmaning foiz va molyar kontsentratsiyasini aniqlang. 6. Uglerod (IV)-oksidiga nisbatan zichligi 1,841 ga teng bo‟lgan gazning 200 g 16% li eritmasiga shu gazdan necha litr (n.sh) yuttirilganda 20% li eritma hosil bo‟ladi? 7. Kislorodga nisbatan zichligi 4 ga teng bo‟lgan gazning 2,4 mol/l kontsentratsiyali 300 ml eritmasida (ρ=1,12 g/ml) shu gazdan qancha xajm eritilganda (n.sh. da, l), kontsentratsiyasi 32% ga etadi? 8. Nima sababdan erish jarayoni fizik-kimyoviy hodisa deb qaraladi? 106 9. Solvatlanish va gidratlanish hodisasi nima? 10. Qaysi sababga ko„ra moddalarni erish jarayonida issiqlik yutilib, temperatura pasayadi? 11. Qaysi sababga ko„ra moddalarni erish jarayonida issiqlik yutilib, temperatura pasayadi? 12. Osmos hodisasi va osmotik bosim nima? 13. Osmotik bosimning fizik ma‟nosini sxemada tushintiring. 14. Osmotik bosim to„g„risida Vant-Goff qonuni. 15. Biologik xujayralarga osmotik bosim qanday ta‟sir qiladi? 16. To„yingan bug„ bosimi berilgan haroratda eritmadagi uchuvchan modda konsentrasiyasi bilan qanday bog„liq? 17. Nima uchun eritmaning bug„ bosimi toza erituvchining bug„ bosimidan pastroq bo„ladi? 18. Erituvchi suyuqlik, erigan modda a) suyuqlik va b) qattiq modda bo„lsa, eritma ustidagi bug„ bosimi erituvchiga nisbatan qanday o„zgaradi? 19. Raul qonunining birinchi matematik ifodasini yozing va uni ta‟rifini izohlang. 20. Eritma ustidagi bug„ bosimini har qanday haroratda nisbiy o„zgarishi nimaga teng? 21. Raul qonunining ikkinchi ta‟rifi tenglamasini keltirib chiqaring va ma‟nosini tushintiring. 22. Konsentrasiya o„zgarishi bilan qaynash temperaturasini o„zgarishini ko„rsatuvchi tenglamani keltirib chiqaring. 23. Ebulioskopik va krioskopik konstantani hisoblashga imkon beradigan tenglamani izohlang. 24. Ebuloskopik va krioskopik konstantasining fizik ma`nosi nima? 25. Krioskopik va ebuloskopik usullar bilan molekulyar massani aniqlash uchun erituvchi qanday tanlanadi? 26. Gazlarning eruvchanligi harorat va erigan moddaning konsentrasiyasiga qanday bog„liq? 27. Suyuqlikning bug„ bosimi uni qaynash paytida qanday bo„lishi kerak? 28. Kiroskopik va ebulioskopik doimiylar erigan moddaning, erituvchining tabiatiga bog„liqmi? 107 7. Fazalar muvozanati 7.1. Asosiy tushunchalar. Gibssning fazalar qoidasi. 7.2. Bir komponentli sistemalar: suvning holat diagrammasi. 7.3. Ikki komponentli sistemalar. Suyuq holatda o„zaro cheksiz eriydigan, qattiq holatda o„zaro erimaydigan sistemalar. Termik analiz. 7.4. O„zaro cheksiz eriydigan uchuvchan suyuqliklar sistemasi. Eritmalar bug„ining tarkibi. 7.5. Rektifikatsiya. 7.6. Chekli eriydigan va o„zaro erimaydigan suyuqliklar. Taqsimlanish qonuni. Ekstraksiya. 7.1. Asosiy tushunchalar. Gibssning fazalar qoidasi. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling