O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Faza (F) – sistemaning o„zaro chegara sirti bilan ajralib turadigan, butun 
hajmi bo„ylab bir xil fizik, kimyoviy va termodinamik xossalarga ega bo„lgan bir 
qismi. Har bir faza gomogen, lekin uzluksiz emas, alohida kristallardan tarkib 
topgan bo„lishi mumkin. Fazalar soniga ko„ra bir fazali, ikki fazali, uch fazali va 
ko„p fazali sistemalar bo„lishi mumkin.
Sistema bir yoki bir nechta komponentlardan tashkil topgan bo„lishi 
mumkin. Komponent (K) – sistemadan ajratib olish mumkin bo„lgan, mustaqil 
mavjud bo„la oladigan, sistemaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi alohida kimyoviy 
modda. Sistema bir yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bo„lishi 
mumkin.
Termodinamik sistemaning barcha fazalarini hosil qilishga zarur bo„lgan va 
har qanday fazaning tarkibini matematik ifodalashi mumkin bo„lgan individual 
moddalarning eng kam soniga komponentlar soni (K) deyiladi. Sistemadagi 
zarrachalar soni komponentlar sonidan farq qilishi mumkin. Masalan, osh tuzining 
suvdagi eritmasida bir necha xil zarrachalar mavjud: suv molekulalari, natriy va 
vodorod kationlari, xlorid va gidroksid anionlari anionlari (N
2
O, NaCl, N
+
, S1
-

ON
-
). Biroq bu sistema ikki komponentli (N
2
O i NaCl), chunki ionlarni eritmadan 
mustaqil modda sifatida ajratib olib bo„lmaydi.
Komponentlar soniga ko„ra sistemalar bir komponentli, ikki komponentli 
(binar) va ko„p komponentli bo„lishi mumkin. Faza va komponent tushunchalari 
7.1 va 7.2 rasmlarda tasviriy izohlangan. 


108 
7.1 rasm. Ikki komponentli, bir fazali 
sistema. Sistema tarkibida ikkita modda 
bor: suv va etanol, bu moddalarni 
alohida ajratib olish mumkin. SHuning 
uchun ikki komponentli sistema. Bu 
ikki modda suyuqlik holatida, chegara 
sirtlari bilan ajratilmagan, bir fazali 
sistema.
7.2 rasm. Ikki komponentli, bir fazali 
sistema. Sistema tarkibida ikkita modda 
bor: suv va etanol, ikki komponentli 
sistema. Bu ikki modda gaz va suyuqlik 
holatida. Gaz va suyuqlikning chegara 
sirti yaqqol ko„rinib turibdi. Demak, 
ikki fazali sistema. Gaz fazada ham, 
suyuq fazada ham suv va etanol 
mavjud
23
.
Fazalar muvozanati. Sistemaning har bir komponenti bir fazadan boshqasiga 
o„tishi mumkin: suyuqdan bug„ga, bug„dan suyuqga, suyuqdan qattiqga, qattiqdan 
suyuqga va hovazo. Bu jarayonlarni umumiy nom bilan fazaviy o„tishlar deb 
ataymiz (7.1 jadval).
7.1 jadval. Fazaviy o„tishlarning turlari. 
Jarayon
Fazaviy o„tish 
Suyuqlanish 
Qattiq → suyuqlik 
Bug„lanish (yoki qaynash) 
Suyuqlik → gaz 
Sublimatlanish 
Qattiq → gaz 
Kondensatlanish
Gaz → suyuqlik 
Kondensatlanish
Gaz → qattiq 
Kristallanish (yoki muzlash) 
Suyuqlik → qattiq 
Jadvalda qattiq moddalarni bir fazaviy holatdan ikkinchi fazaviy holatga 
o„tishlari keltirilmagan. Bunday hodisalar allotropiya (oddiy moddalar uchun) va 
polimorfizm (murakkab moddalar uchun) deb nomlanadi. Masalan uglerodning 
23
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 167. 


109 
allotropik ko„rinishlari olmos va grafit turli faza hisoblanadi. Suv moddasi 
temepratura va bosimga qarab kamida olti xil kristall-struktur ko„rinishida bo„lishi 
mumkin. Demak, qattiq suv, ya‟ni muzning 6 xil polimorf shakllari mavjud. 
Bir 
komponentli 
sistemalar 
sharoitga qarab turli fazaviy ko„rinishda 
bo„ladi. Masalan, suv normal atmosfera 
bosimi va 25
o
C da suyuq holatda bo„lsa, 
125
o
C gaz holatida bo„ladi. Lekin 
shunday sharoit tanlash mumkinki, unda 
har ikkala faza bir vaqtda mavjud 
bo„ladi (7.3 rasm). Aynan shu holatni 
fazalar muvozanati deb ataladi. Biroq 
bunday holat ancha kam o„ziga xos 
sharoitda kuzatiladi. Bir vaqtda uchta 
faza muvozanatda turadigan sharoitni 
ham topish mumkin. 
7.3 rasm. Bitta moddani ikki xil holatda 
muvozanati
24

Fazaviy o„tishlar qaytar jarayon bo„lib, muvozanat holati bilan 
xarakterlanadi. Fazalar muvozanati xuddi kimyoviy muvozanat kabi dinamik 
holatdir, ya‟ni muvozanat holatida ham fazaviy o„tishlar davom etadi. Vaqt birligi 
ichida bir fazadan ikkinchisiga o„tgan zarrachalar soni ikkinchidan birinchisiga 
o„tgan zarrachalar soniga teng. Masalan, suyuqlik-bug„ sistemasining muvozanat 
sharti suyuqlik ustidagi bug„ bosimining to„yingan bug„ bosimiga teng 
bo„lishligidir.
Sistemaning holati erkinlik darajalari soni (variantliligi) bilan tavsiflanadi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling