O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

ПV=nRT (6.8) 
bu yerda П – osmotik bosim, Pa; – suyultirilgan eritmaning hajmi, l; – erigan 
moddaning miqdori, mol; – universal gaz doimiysi; T – temperatura, K. Modda 
miqdorini hajmga nisbati konsentratsiyaga teng ekanligini hisobga olib n/V 
konsentratsiyaga almashtirilsa, Vant-Goff qonunining matematik ifodasi kelib 
chiqadi:
П=CRT (6.9) 
bu yerda C – eritmaning konsentratsiyasi, mol/l. 
Erimaning osmotik bosimi unchalik katta bo„lmasa ham, ba‟zan juda katta 
ta‟sirga ega. Biologik xujayralarning membranalari, ichak va qon tomirlari yarim 
o„tkazuvchi membranadir. Hayot faoliyati normal bo„lishligi uchun xujayraning 
har ikkila tomonida osmotik bosim bir xil bo„lishi yoki yaqin bo„lishi kerak. 
Suvning bir tomonga ko„proq o„tib ketishi xujayrani nobud bo„lishiga olib keladi. 
6.4 rasmda osmotik bosimi turlicha bo„lgan eritrotsitlarning fotografiyasi 
keltirilgan. 
6.4 rasm. Eritratsitlarga osmotik bosimning ta‟siri namoyishi
22

22
David W. Ball. Physical Chemistry. Brooks/Cole, a division of Thomson Learning, 2011. P. 200. 


102 
Xujayrani ichida va tashqarisida osmotik bosim bir xil bo„lsa xujayra 
normal ko„rinishga ega (6.4 rasm, chapdagi surat). Xujayradan tashqarida osmotik 
bosim juda past bo„lsa, suvning xujayraga ko„p o„tishi natijasida u shishib ketadi 
(o„rtadagi surat). Xujayra tashqarisidagi osmotik bosim juda katta bo„lsa, 
xujayradan ko„p suv chiqib, qurib qoladi (o„ngdagi surat). Har ikkala holatda ham 
xujayra nobud bo„ladi. 
Sho„r eguliklar, xatto ular suvli bo„lsa ham, chanqoqni kuchaytirishini 
sababi osmotik bosim effekti bilan izohlanadi. Sho„r egulik, sho„r suv iste‟mol 
qilganda xujayralarning gidratlanishi o„rniga suvsizlanishi sodir bo„ladi. 
O„simliklarda suvni ildizlaridan to yuqorida joylashgan barglarigacha etib borishi 
ham osmotik bosim tufaylidir. Bu hodisa o„simliklar poyasini vertikal tutib turishi 
uchun, xom mevalirini suvli bo„lib turishi uchun ham muhimdir.
6.5. Eritmalarning bug„ bosimi. Raul qonuni. 
Suyuqlikning bug„lanishi natijasida uning ustida bug„ molekulalari 
to„planadi va suyuqlik ustida bosim hosil qiladi. Bug„ molekulalarining bir qismi 
kondensatlanib, yana suyuq fazaga o„tadi. Birozdan keyin suyuq fazadan bug„ 
fazaga hamda aksincha bug„fazadan suyuq fazaga o„tuvchi molekulalarning soni 
tenglashib qoladi, ya‟ni fazalararo muvozanat qaror topadi (6.5 rasm, a). 
Muvozanat vaqtida suyuqlik ustidagi bug„ bosimi to„yingan bug„ bosimi deyiladi 
va uning qiymati 
deb hisoblaymiz. 
6.5 rasm. Toza erituvchi (a) va eritma (b) ustidagi to„yingan bug„ bosimi 
Eritmalarda erigan modda bug„lanadigan yoki bug„lanmaydigan bo„lishi 
mumkin. Agar erigan modda bug„lanadigan bo„lsa, erituvchi ham, erigan modda 
ham bug„lanadi va eritma ustida bug„bosimini hosil qiladi. Ikki komponentdan 
iborat sistema ustidagi ularning bug„ bosimlarini 
va 
deb belgilaymiz. 


103 
Erigan moddaning tabiati qanday bo„lishidan qat‟iy nazar eritma ustidagi har 
bir komponentning to„yingan bug„ bosimi ularning toza holatdagi bug„ bosimidan 
hamisha kichik bo„ladi, ya‟ni 
hamda 
.
Uchmaydigan moddalarning eritmalarini taxlili asosida F.M.Raul muhim 
qonunni aniqladi: Komponentning eritma ustidagi to„yingan bug„ bosimi (
) shu 
komponentni toza holatdagi bug„ bosimini (
) uning eritmadagi molyar ulushiga 
(N) ko„paytmasiga teng: 
(6.10) 
(6.10) ifoda Raul qonuni deb ataladi. 
Eritma hajmining bir qismini erigan modda band etganligi uchun 
erituvchining suyuq fazadagi molyar ulushi kamayadi, shunga mos ravishda bug„ 
fazaga o„tuvchi molekulalari soni ham kamayadi. Bug„ fazaga o„tuvchi 
erituvchilar molekulalarining soni ularning eritmadagi molyar ulushi kamayiga 
proporsional bo„ladi.
Agar eritma ikkita uchuvchan komponentdan iborat bo„lsa Raul qonuni 
erituvchiga ham, erigan moddaga ham qo„llaniladi: 
va
(6.11) 
Tenglamalardan har bir komponentning eritma ustidagi bug„ bosimi uning 
eritmadagi molyar ulushini chiziqli funksiyasi ekanligi kelib chiqadi. Eritma 
ustidagi umumiy bug„ bosimi komponentlarning bug„ bosimlari yig„indisiga teng: 
(6.11) ifodalarni (6.12) tenglamaga qo„yilganda kelib chiqadi: 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling