O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
4.9 formuladan foydalanib galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini hisoblaymiz: Olingan qiymat standart kuchlanishdan biroz kattaroq ekan. 9.4. Elektrodlarning turlari. Vodorod elektroddan tashqari boshqa standart elektrodlar ham mavjud. Standart elektrodlar asosan quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Ularning potensiallari o„zgarmaydigan va normal vodorod potensialiga nisbatan aniq o„lchangan bo„lishi kerak. 2. Ular potensialining temperatura potensiali kama bo„lishi, ya‟ni temperatura o„zgarganda kam o„zgaradigan bo„lishi kerak. 3. Ularni tayyorlash osos va tayyorlanadigan materiallar tanqis bo„lmasligi kerak. 4. Ularni ishlatish qo„lay bo„lishi kerak. 155 Jarayon yo„nalishiga ko„ra elektrodlar ikki turga bo„linadi: qaytar va qaytmas elektrodlar. Qaytar elektrodlar va ulardan tuzilgan elementlar termodinamik qaytar, muvozanat holatda ko„riladi. Elementning termodinamik qaytarligini undan cheksiz kichik miqdordagi tokning o„tishi bilan belgilanadi. Agar elementdan o„lchanadigan tok o„tsa, termodinamik qaytarligi to„xtaydi, u tokning kiyoviy manbasiga yoki elektrolizyorga o„tib ketadi. Qaytar ishlovchi elementlar shundayki, zanjir uzilgandan keyin har bir elektrodda muvozanat qaror topadi. Elementga elektr yurituvchi kuchiga teng bo„lgan, lekin qarama-qarshi yo„nalishdagi tashqi tok manbasi ulansa, qaytar eleientdagi reaksiya to„xtaydi. Tashqi manbada kuchlanish biroz oshirilsa, reaksiya teskari yo„nalishda sodir bo„ladi. Qaytar elementlarga avvalroq ko„rilgan YAkobi-Daniel elementi misol bo„ladi. Agar zanjir uzilgandan keyin jarayon davom etsa, tashqi elektr toki ta‟sirida bir-biriga teskari bo„lmagan boshqa reaksiyalar sodir bo„lsa, bunday element qaytmas bo„ladi. Potensial belgilovchi jarayonlarda qatnashuvchi moddalarning xossalari va tuzilishiga ko„ra qaytar elektrodlar quyidagi turlarga bo„linadi: 1) birinchi turdagi elektrodlar (kationga nisbatan yoki anioniga qaytar); 2) ikkinchi turdagi elektrodlar; 3) redoks-elektrodlar (oksidlanish-qaytarilish elektrodlar); 4) ion almashinuvchi (ionselektiv) elektrodlar. Birinchi turdagi elektrodlarga o„zini eritmasiga, ya`ni kation elektrod materiali bilan bir xil bo„lgan eritmaga tushirilgan metall elektrodlar hamda anionga nisbatan qaytar bo„gan metalloid elektrodlar kiradi. Elektrodning u yoki bu ionga nisbatan qaytarligi uning potensialini shu ionlar konsentratsiyasiga bog„liqligini bildiradi. Μ|M z+ tipidagi metall elektrodlarga Zn°|Zn 2+ , Si|Si 2+ , Ag°|Ag + va boshqa elektrodlar kiradi. Ularning elektrod potensiali faqat bir turdagi metall ionlarining konsentratsiyasiga (aktivligiga) bog„liq. Anionga nisbatan qaytar bo„lgan metalloid elektrodlarga selen elektrodi Se|Se 2- misol bo„ladi. Birinchi turdagi elektrodlar turkimiga vodorod elektrodiga o„xshash gaz elektrodlari ham kiradi. Vodorod elektrodi (Pt)N 2 |N + bilan avvalroq tanishtingiz. Vodorod elektrodi standart elektrodlar potensiallarini aniqlashda, H + ionlarining konsentrasiyasini topishda (eritmaning pH ko„rsatkichi) va potensiometrik titrlashda qo„llaniladi. Ikkinchi turdagi elektrodlar metall, shu metallning qiyin eruvchan tuzi va birinchi tuzdagi kabi anioni bo„lgan, lekin yaxshi eriydigan ikkinchi moddadan iborat bo„ladi. Bunday elektrodlarning shartli belgisi Μ|ΜΑ|A 2- tarzida yoziladi. 156 Ikkinchi turdagi elektrodlar turkumiga xlorkumush va kalomel elektrodlar kiradi. Tayyorlanishi oson va potensialining o„zgarmas bo„lganligi uchun ularni turli galvanit elementlar tuzishda hamda boshqa elektrodlarnin potensialini aniqlashda statdart elektrod sifatida qo„llaniladi. Xlorkumush elektrod Ag|AgCl|KS1 kumush xlorid qatlami koplangan, kaliy xloridning to„yingan eritmasiga tushirilgan kumush simdan iborat. KS1 eritmasi tekshirilayotgan eritma bilan kontakt bo„lishligi uchun mikrotirqishi bo„lgan idishga joylashtirilgan. Asosiy kimyoviy jarayon: unga yondosh sodir bo„ladigan reaksiya: umumiy jarayon: Reaksiyalar anionga nisbatan nisbatan qaytar bo„lgan elektrodning hisoblashga asos bo„ladi. Kalomel elektrodning sxemasi (Pt)Hg Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling