Mavzu: Elektr yurituvchi kuchini aniqlash usullari. Elektr yurituvchi kuchdan fizik kimyoviy tahlilda foydalanish


Download 314.65 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi314.65 Kb.
#1213085
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr yurituvchi kuchini aniqlash usullari.


Mavzu: Elektr yurituvchi kuchini aniqlash usullari.
Elektr yurituvchi kuchdan fizik kimyoviy tahlilda foydalanish.
Reja:
a) Galvanik elementlarda elektr yurituvchi kuch.
b) Elektr yurituvchi kuchni aniqlash usullari
с) Elektr yurituvchi kuchdan fizik kimyoviy tahlilda
foydalanish.
Elektrodlardagi jarayonlar. Elektr yurituvchi kuch.
Elektr energiyaning birinchi kimyoviy manbaini A. Volta 1799 yilda yaratgan. Turlicha metallar tutashgan chegarada paydo bo`lgan potentsiallar farqini volta-potentsial deb atalgan va Voltaning kontakt nazariyasi fanda uzoq vaqt xukm surgan. 1889 yilda V. Nernst galvanik element EYuK ning “osmotik” nazariyasini yaratgan. Nernst nazariyasi Voltaning kontakt nazariyasini butunlay inkor etib, elektrod-eritma chegarasida potentsiallar sakrashi (galvani-potentsial) paydo bo`lishining yagona sababi qo`sh elektr qavatning xosil bo`lishidir, deb tushuntirgan. Elektrod bilan elektrolit chegarasida umuman qo`sh elektr qavat paydo bo`lmagan taqdirda ham elektrodning potentsiali noldan farq qilishi Nernst nazariyasining noto`g`ri ekanligini ko`rsatdi: Frumkinning (1930 yillar) izlanishlariga ko`ra, nol zaryadga ega bo`lgan metallarning potentsiallari ham nolga teng emas ekan. Xozirgi zamon tushunchasiga binoan, elektodning potentsiali ikki metall chegarasidagi volta-potentsial va elektrod-eritma chegarasida qo`sh elektr qavat xosil bo`lishi bilan belgilanuvchi galvani-potentsiallarning yig`indisiga tengdir.
Elektron mexanizmli va ion mexanizmli o`tkazgichlardan iborat tutash sistemaga elektrod deyiladi. Elektrodlar 1-tur, 2-tur va redoksi elektrodlar kabi sinflarga bo`linadi. Ushbu sinflarga mansub bo`lgan gaz elektrodlari, amalgamali elektrodlar, ionselektiv elektrodlar va standart elektrodlar mavjud bo`lib, ular turlicha talablarga javob berishi kerak. Inert elektrodlarda elektrod potentsialining xosil bo`lish mexanizmi moddalarning adsorbilanishi bilan bog`liqdir.
Galvanik elementning elektr ishi W=zFE ga teng bo`lib, Gibbs energiyasining kamayishi xisobiga bajariladi:

Download 314.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling