O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
d
– dissotsilanish konstatasi; muvozanat vaqtidagi [H] + –vodorod ionlarining, [NO 2 ] - – nitrit ionlarining va [HNO 2 ] – nitrit kislota molekulalarining konsentratsiyasi. Dissotsilanish darajasi va konstantasini bog„liqligini chiqarish uchun yuqoridagi reaksiyada kislotaning dastlabki konsentratsiyasi mol/l, dissotsilanish darajasi deb qabul qilamiz. U holda dissotsilangan molekulalar konsentratsiyasi ga teng bo„ladi. Muvozanat vaqtida har bir ionning konsentratsiyasi ham ga teng bo„ladi. Dissotsilanmagan molekulalarning konsentratsiya ga teng bo„ladi. SHu qiymatlarni (8.1) tenglamaga qo„yamiz: 128 (8.3) ifoda dissotsilanish darajasi bilan konstantasining bog„liqligini ko„rsatib, Osvaldning suyultirish qonuni deyiladi. Kuchli elektrolitlar uchun ≈ 1 bo„lganligi uchun kasrning surati 0 ga teng, u holda dissotsilanish konstantasi ma‟noga ega emas. Kuchsiz elektrolitlar uchun 1 dan ancha kichik, ya‟ni ≈ 0 bo„lganligi uchun kasrning maxraji deyarli 1 ga teng. U holda kuchsiz elektrolitlar uchun: (8.4) (8.4) ifodadan ko„rinishicha, dissotsilanish darajasi konsentratsiyaning kvadrat ildiziga teskari proporsional. Masalan, konsentratsiya 100 marta kamayganda dissotsilanish darajasi 10 marta ortadi. Arraniusning elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kuchsiz elektrolitlar nazariyasini rivojlantirish uchun juda katta ahamiyatga ega bo„ldi. U asosida eritmalarning juda ko„p kollegativ xossalarini tushintirish mumkin bo„ldi. Osvaldning suyultirish qonunidan foydalanib suvli eritmalarda elektrolitlarning dissotsilanish darajasi batafsil o„rganildi. Biroq keyinchalik Arrenius nazariyalari ba‟zi kamchiliklarga ega ekanligi ma‟lum bo„ldi. Arrenius nazariyasi elektrolitlarning ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirmaydi, erituvchining ishtiroki ko„rib chiqilmaydi. Kislot va asos tushunchalarini talqin etilishi ham biroz no‟to„g„ri ekanligi ma‟lum bo„ldi. Amalda ma‟lumki, ko„plab organik moddalar dissotsiyalanib vodorod ionlarini hosil qilmaydi, iroq kislota xossalarin namoyon etadi. Ko„plab moddalar tarkibida gidroksid guruhlari yo„q bo„lishiga qaramasdan asos xosslarini namoyon etadi. Arrenius nazariyasi ionlarni erituvchi molekulalari bilan ta‟sirlashuvini hisobga olmaganligi uchun ionlarning, jumladan vodorod ionlarini, solvatlanish jarayonini ko„rsatib berolmagan. Keyinchalik ma‟lum bo„lishicha N + ionida zaryad zichligi juda katta bo„lganligi uchun katta aktivlikka ega, erituvchi molekulalari bilan solvatlanadi. Suvda u erkin ion holida emas, gidroksoniy H 3 O + ioni holida uchraydi. Eritmada erkin ionlar bo„lmaydi, balki har tarafdan erituvchi molekulalari bilan o„ralgan solvatlangan yoki gidratlangan ionlar hosil bo„ladi. Arrenius nazariyasi bo„yicha yana bir narsani – ba‟zi moddalar suvda neytral bo„lgani holda toza sirka kislotasida asos xossalarini, suyuq ammiakda kislota xossalari namoyon qilishligini tushintirib bo„lmadi. Kelitirilgan dalillar shuni ko„rsatadiki, ionlar shunchaki erituvchi muhitida mexanik taqsimlangan emas, erituvchi va erigan modda o„rtasida ta‟sirlashuv bor, erituvchining tabiati 129 ahamiyatsiz emas. Nazariyaning yana bir kamchiligi uni kuchli elektrolitlar eritmalarining ba‟zi xususiyatlarini tushintirishga to„g„ri kelmasligidir. Keyinchalik, XX asrning birinchi yarmida, Brensted-Louri tomonidan kislota va asoslarning proton nazariyasi yaratildi. Proton nazariyasiga ko„ra, kislota – proton bera oladigan modda, asos – proton biriktira oladigan modda. Protonini yo„qotib kislota asosga, protonning potensial akseptoriga aylanadi. Eritilgan kislota yoki asosning erituvchi bilan ta‟sirlashuv darajasi uni proton berish yoki olish qobiliyatiga ko„p jihatdan bog„liq. Masalan, HClO Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling