O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

F
I
E
m






164 
Elektroliz iqtisodiyot tarmoqlarida va ishlab chiqarish jarayonlarida keng 
qo„llaniladi. Eng aktiv metallar (natriy, kaliy, kalsiy, magniy, alyuminiy va 
boshqalar) tuzlari suyuqlanmasini elektroliz qilib olinadi. Ularni boshqa usullar 
bilan birikmalaridan qaytarish va metall ishlab chiqarish samarasiz ekanligi uchun 
faqat elektr toki, ya`ni elektroliz yordamida sanoatda bu metallar olinadi. Aktiv 
metallarning tuzlari eritmasi elektroliz qilinganda metall hosil bo„lmaydi. Bu 
jarayondan boshqa maqsadlarda foydalaniladi. 
Osh tuzi eritmasini elektrolizi 
natijasida xlor, vodorod va o„yuvchi 
natriy 
ishlab 
chiqariladi. 
Bu 
maqsadda tarkibida natriy xlorid 
tutgan 
dengiz 
suvidan 
ham 
foydalanish mumkin. Dengiz suvini 
yoki osh tuzi eritmasini elektroliz 
qilish uchun mo„ljallangan sanoat 
qurilmasi sxemasi 9.11 rasmda 
tasvirlangan. 
Qurilma 
anodi 
inert 
metallardan 
biri 
titandan 
tayyorlangan, unda xlor ionlari 
oksidlanib, xlor gazi ajralib chiqadi. 
Katod esa nikel yoki po„latdan 
tayyorlangan, unda suv qaytarilib, 
vodorod gazi ajralib chiqadi.
9.11 rasm. Osh tuzi eritmasini elektroliz 
qilish qurilmasi
37

Elektrolizyorning ikki qismi membrana bilan ajratilgan. Membrana g„ovaklari 
ionlarni o„tkazib, gazlarni o„tkazmaydi. Shunda gazlarni toza holida ajratib olish 
mumkin. Katod qismida yig„ilgan natriy gidroksidi (ishqor) eritmasini pastki 
jumrakdan quyib olinadi. Ishqor sanoatning turli tarmoqlarida, jumladan 
to„qimachilik sanoatida keng qo„llaniladigan muhim reagentdir. Sun`iy va sintetik 
tolalar olish, qog„oz ishlab chiqarish, teri va mo„ynaga ishlov berish, matolarni 
kimyoviy pardozlash, bo„yoq, sovun va sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarish 
kabi texnologik jarayonlarda ishqor qo„llaniladi. Vodorod va xlor asosida yana bir 
muhim kimyoviy birikma – vodorod xlorid olinadi, undan esa xlorid kislota 
tayyorlanadi. 
37
Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, OXFORD University press. 
2011. P. 108.


165 
Yana bir muhim kimyoviy 
birikma ammiak ishlab chiqarish 
uchun ko„p miqdorda vodorod 
kerak bo„ladi. Vodorodni suvni 
elektroliz qilib olinadi (9.12 
rasm). 
Suvning 
elektr 
o„tkazuvchanligini oshirish uchun 
unda oz miqdorda ishqor yoki 
natriy sulfat kabi tuz eritiladi. 
Elektroliz 
natijasida 
katodda 
vodorod, anodda kislorod ajralib 
chiqadi. 
9.12 rasm. Suvni elektroliz qilish sxemasi. 
Sanoatda olinadigan mis metalini tozalashda yoki elektrokimyoviy 
rafinasiya qilishda elektrolizdan foydalaniladi. Anod sifatida ifloslangan mis 
olinadi va mis(II)-sulfat eritmasiga tushiriladi, uning oksidlanishi natijasida mis 
ionlari eritmaga o„tadi. Shu mis ionlari katodda qaytariladi va toza mis metali 
yig„iladi. Iflosliklar eritma tagida cho„kib qoladi. Sulfat kislotaning 50% li 
eritmasini elektroliz qilish orqali vodorod peroksid olish jarayoni sanoatda keng 
qo„llaniladi.
Elektrolizning yana bir qo„llanilash 
sohasi 
galvanostegiya 
deyiladi. 
Galvanostegiya – bir metall yuzasiga 
ikkinchi metallni elektro toki yordamida 
qoplashdir. 
Bu 
jarayon 
metallarni 
korroziyadan 
himoyalash 
va 
tashqi 
ko„rinishini 
chiroyli 
qilish 
uchun 
qo„llaniladi. 9.13 rasmdagi nikel qoplangan 
suv jo„mragiga e`tibor bering.
9.13 rasm. Elektroliz usuli bilan 
nikel qoplangan jo„mrak
38

Metallar yuza qatlamini nikel, xrom, kumush, mis va boshqa korroziyaga 
bardosh beradigan metallar bilan qoplash keng qo„llaniladi. Bunday hollarda 
metallar yuzasi faqat korroziyadan saqlanibgina qolmasdan, yuza qatlamning 
38
Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, OXFORD University press. 
2011. P. 111.


166 
qattiqligini va ishqalanishga qarshiligini orttiradi. Qoplanma yuzasini hosil 
qilishda buyum katod va qoplama yuza qiladigan metall aktiv anod sifatida 
ishlatilganda elektrolit eritmasida metall tuzining konsentratsiyasi o„zgarmaydi, 
shu sababli asosiy jarayon borishi anod metali tugaguncha davom etadi. 
Nazorat savollari

1. Metallar nima hisobiga va qanday holatda elektr tokini o„tkazadi? 
2. Grafit yoki ko„mir nima hisobiga elektr tokini o„tkazadi? 
3. Elektrolitlar qanday qilib elektr tokini o„tkazadi? 
4. Elektrod potensiali nima va u qanday vujudga keladi? 
5. Elektrod potensialining haqiqiy qiymatini o„lchash mumkinmi va nima uchun? 
6. Galvanik element nima? 
7. Galvanik element nima hisobiga ishlaydi? 
8. Galvanik elementning katodi va anodida qanday jarayonlar sodir bo„ladi?
9. Bir-biriga tegib turuvchi fazalar chegrasida qanday potensiallar ayirmasi 
vujudga keladi? 
10. Diffuzion potensial qanday hisoblanadi? Uni amaliy qanday qilib kamaytiriladi 
yoki yo„qotiladi? 
11. Standart elektrod potensiali nima va u qanday qilib aniqlanadi? 
12. Metallarning standart elektrod potensiyaallari qatori haqida nima bilasiz? 
13. Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini qanday hisoblash mumkin? 
14. Vodorod elektrod qanday tuzilgan? 
15. Standart elektrodlarning qanday turlarini bilasiz? 
16. Qaysi elektrodlar qachon va qanday maqsadalar uchun qo„llaniladi? 
17. Eritmalarni konsentrasiyasini potensiometrik usuli bilan aniqlash prinsipini 
tushuntiring. 
18. Potensiometrik titrlash qanday olib boriladi? Uni qo„llanilishi qanday?
19. Elektroliz nima? 
20. Elektroliz jarayonida katod va anodda qanday reaksiyalar sodir bo„ladi? 
21. Suyuqlanmalar elektrolizini misollar bilan tushintiring. 
22. Nima uchun eritmalarning elektrolizi suyuqlanmalar elektrolizidan farq qiladi? 
23. Eritmalar elektrolizining empirik qoidalarini izohlang.
24. Eritmalar elektrolizi qoidalarining amal qilinishini misollar bilan izohlang. 
25. Qanday moddalarning suyuqlanmalari va eritmalari elektrolizga uchraganda 
natija bir xil bo„ladi? 


167 
26. Qanday elektroliz jarayonida erigan moddaning miqdori o„zgarmaydi, 
eritmaning konsentrasiyasi ortadi? 
27. Qanday elektroliz jarayonida erigan moddaning miqdori ham, tarkibi ham 
o„zgaradi? 
28. Qanday elektroliz jarayonida eritmaning tarkibi o„zgarmasdan qoladi? 
29. Faradey qonunlari va ularning ahamiyati. 
30. Elektrokimyoviy ekvivalent nima? 
31. Kumush nitrat eritmasi orqali 48250 sekund davomida 20 A tok o„tkazilganda 
elektrodlarda va eritmada hosil bo„ladigan moddalarning massalarini hisoblang. 
32. Qanday metallar elektroliz usuli bilan olinadi? Bu usulni izohlang. 
33. Temir (III)-bromid eritmasini elektroliz qilinganda qanday jarayonlar sodir 
bo„ladi va qanday moddalar olinadi? 
34. Sanoatda natriy gidroksidi qanday qilib olinadi?
35. Elektroliz jarayonida diafragmani vazifasi nimadan iborat? 
36. Galvanostegiya nima? Misollar bilan tushintiring. 


168 
V KIMYOVIY KINETIKA

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling