O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
OH
– ionlari yoki suv oksidlanadi va O 2 ajralib chiqadi. Anod atrofida kislotali muhit hosil bo„ladi. 2 2 elektroliz O 2H e 4 - 4 O OH yoki 4H O e 4 - 2 2 elektroliz 2 O H ; 6. Anod reaksiyasida qaytaruvchi biror metalldan tayyorlangan bo„lsa, elektrolit tarkibidagi anionlar jarayonda qatnashmaydi. Anodning o„zi oksidlanadi va ion holida eritmaga o„tadi, ya`ni anod eriydi: 2 elektroliz Cu e 2 - ) ( anod Cu ; 2 elektroliz Ni e 2 - (anod) Ni Bir nechta misollar ko„rib chiqamiz. Osh tuzi eritmada natriy va xlorid ionlariga dissotsilanadi, suv molekulalari va oz miqdorda vodorod va gidroksid ionlari ham bo„ladi. Osh tuzi eritmasini elektroliz qilinganda natriy va vodorod kationlari katodga harakatlanadi, xlorid va gidroksid anionlari anodga harakatlanadi. Katodda suv qaytariladi va vodorod gazi ajralib chiqadi, katod atrofida ishqoriy muhit hosil bo„ladi: Xlorid anionlari gidroksid anionlaridan aktivroq bo„lganligi uchun anodda xlorid oksidlanadi va xlor gazi ajralib chiqadi: Me e x elektroliz x Me 162 Eritmada natriy va gidroksid ionlari qoladi, ya`ni ishqor hosil bo„ladi. Elektroliz reaksiyasining to„liq tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin: → Mis (II)- sulfat eritmasida mis kationlari, sulfat anionlari, suv molekulalari va oz miqdorda vodorod va gidroksid ionlari bo„ladi. Elektroliz natijalari anodning materialiga bog„liq bo„ladi (9.10 rasm). Eritmani mis katod va inert anod bilan elektroliz qilinganda katodda mis kationlari qaytariladi va mis metali hosil bo„ladi: Anodda suv oksidlanadi va kislorod gazi ajralib chiqadi, anod atrofida kislotali muhit hosil bo„ladi: Eritmada vodorod va sulfat ionlari qoladi. Reaksiya tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: → a b 9.10 rasm. Mis (II)- sulfat eritmasini grafit anod (a) va mis anod (b) ishtirokida elektrolizi 36 . Eritmani mis katod va mis anod bilan elektroliz qilinganda katodda mis kationlari qaytariladi va mis metali hosil bo„lib, katod kattalashadi: Anod metali o„zi oksidlanib, ion holida eritmaga o„tadi, anod kichiklashadi: Eritma tarkibi o„zgarmasdan qoladi. 36 Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, OXFORD University press. 2011. P. 110. 163 9.7. Faradey qonunlari. Elektrokimyoviy ekvivalent. Elektrolizning amaliy qo„llanilishi. Elektr toki ta‟sirida elektrodlarning va uning yaqinidagi eritmaning massasi o„zgarishi kimyoviy jarayonning natijasi hsioblanadi. Binobarin, elektr miqdori va reaksiyada qatnashgan moddalarning miqdoriy bolanishga ega. Bunday bog„lanish Faradey qonunlari orqali ifodalanadi. Elektrolizning miqdoriy natijalari to„g„risida Faradeyning ikkita qonuni mavjud. Faradeyning birinchi qonuni: elektr toki ta‟sirida kimyoviy o„zgarishga uchragan moddaning massasi elektrolitdan o„tgan tok kuchining miqdoriga to„g„ri proporsianal: bu yerda: – katodda, anodda yoki eritmada hosil bo„ladigan moddaning massasi, g; – elektrokiyoviy ekvivalent, g/Kl; – tok miqdori, Kl. Elektrokimyoviy ekvivalent elektrolitdan bir kulon (Kl) miqdordagi tok o„tganda hosil bo„ladigan moddaning massasiga teng va quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda: – moddaning ekvivalent massasi, g/mol; – Faradey doimiysi, uning qiymati 96485 (~ 96500) Kl/mol. Elektrolitdan o„tgan tok miqdori yoki elektr zarayadi ( ) tok kuchini (I, A) vaqtga (τ, sekund) ko„paytmasiga teng: Faradeyning ikkinchi qonuni: turli elektrolitlardan bir xil miqdordagi tok o„tganda elektroliz reaksiyalarida qatnashuvchi moddalarning massalari ularning ekvivalent massalariga proporsional bo„ladi: Ikkinchi qonundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: ekvivalent miqdori bir mol bo„lgan har qanday moddani elektroliz jarayonida elektrokimyoviy o„zgarishi uchun bir xil miqdordagi elektr toki talab etiladi. Elektrning bunday miqdori Faradey doimiysiga (F) teng. (9.7)-(9.10) ifodalar asosida Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlarini birlashgan ifodasini quyidagicha yozish mumkin: Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling