O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

 
 
 
10. Kimyoviy reaksiyalar kinetikasi
10.1. Formal kinetika. Reaksiya tezligi va tezlik konstantasi.
10.2. Kimyoviy reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi. Statistik sharoitdagi 
reaksiya kinetikasi.
10.3. Reaksiya tartibini aniqlash usullari.
10.4. Reaksiya tezligini temperaturaga bog„liqligi. Vant–Goff, Arrenius 
tenglamalari. 
10.5. Murakkab reaksiyalar. Fotokimyoviy va zanjir reaksiyalar.
10.6. Molekulyar kinetika, aktiv to„qnashishlar nazariyasi.
10.1. Formal kinetika. Reaksiya tezligi va tezlik konstantasi. 
Kimyoviy termodinamika reaksiyalarning borish yoki bormasligini oldindan 
bilish imkoniyatini beradi. Biroq, termodinamik jihatdan sodir bo„lishi mumkin 
bo„lgan reaksiyalar har doim ham kutilganidek sodir bo„lavermaydi. Masalan, 
organik moddalarning barchasi molekulyar kislorod bilan karbonat angidrid va 
suvni hosil qilib tezgina oksidlanishi kerak, chunki bu reaksiya Gibbs 
energiyasining ancha kamayishi bilan sodir bo„ladi. Lekin amalda, o„simliklar, 
hayvonlar, ko„mir, neft va boshqalar juda sekin oksidlanadi. Demak, 
reaksiyalarning nafaqat sodir bo„lish imkoniyatlari, balki qanday tezlikda sodir 
bo„lishi ham katta ahamiyatga ega. 
Kimyoviy kinetika – kimyoviy jarayonlar, kimyoviy reaksiyalar tezligi va 
unga ta`sir etuvchi omillar hamda ularning vaqt davomidagi mexanizmi va 
qonuniyatlari to„g„risidagi ta`limotdir. Uning amaliy ahamiyati beqiyasdir, zero 
kinetika qonuniyatlarini va reaksiyalarning mexanizmini bilgan holda, kimyoviy 
jarayonlarni boshqarish mumkin. Maxsulot unumi, ya‟ni mehnat va qurilmalar 
unumdorligi kimyoviy reaksiyalarning tezligiga bog„liq.
Kimyoviy reaksiyalar kinetikasining mazmunini ikki asosiy bo„lim tashkil 
qiladi: 


169 
1. Reaksiyaning mexanizmini hisobga olmasdan turib, tezligini rasmiy (formal)-
matematik ifodasi bo„lib, formal kinetika deb nomlanuvchi bo„lim.
2. Kimyoviy ta`sirlanish mexanizmlari to„g„risidagi ta`limot bo„lib, molekulyar 
kinetika deb nomlanadi.
Agar reaksiya bir bosqichda sodir bo„lsa uni elementar kimyoviy reaksiya 
deyiladi. YOpiq sistemad borayontgan quyidagi elementar reaksiyani taxlil 
qilamiz:
aΑ + bB → cC + dD 
Α va B – reagentlar, ya‟ni reaksiyaga kirishuvchi dastlabki moddalar, a va b – mos 
ravishda shu moddalarning koeffitsientlari; C va D – maxsulotlar, ya‟ni reaksiya 
natijasida hosil bo„lgan moddalar, c va d – mos ravishda shu moddalarning 
koeffitsientlari. 
Reaksiya davomida reagentlarning miqdori 
kamayib, maxsulotlarning miqdori ortib boradi (10.1 
rasm). Reaksiya boshlanishida bog„liqlik to„g„ri 
chiziqli o„zgarsa, birozdan keyin o„zgarish gradienti 
kamayadi, reaksiya so„ngida (qaytar reaksiyaning 
muvozanat 
holatida) 
moddalarning 
miqdori 
o„zgarmay qoladi. Reaksiya tezligi reagentlar yoki 
maxsulotlar miqdorini vaqt birligi ichida o„zgarishini 
bildiradi. Hajm birligidagi modda miqdori, ya‟ni 
konsentratsiya tezlikni aniqlashning eng yaxshi 
mezonidir. 
10.1 rasm. Reaksiya 
mobaynida reagentlar (1) 
va maxsulotlar (2) 
miqdorining o„zgarishi. 
Demak, kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyada qatnashuvchi biror modda 
konsentratsiyasini vaqt birligi ichida o„zgarishiga teng: 
bu yerda: 
– reaksiya tezligi, mol/l·s; yoki – reaksiyada qatnashuvchi biror 
modda konsentratsiyasining o„zgarishi, 
– shu moddaning avvalgi va 
– 
keyingi konsentratsiyasi; 
yoki – reaksiya sodir bo„lgan vaqt, s,
– reaksiya 
boshlangan va 
– tugallangan vaqt. 
Agar tezlik reagent bo„yicha hisoblansa 
, tezlik maxsulot bo„yicha 
hisoblansa 
. Natija manfiy bo„lishi mumkin emas, shuning uchun 
matematik ifodada 
belgisi qo„yilgan. 
Reaksiya 
tezligiga 
reaksiyaga 
kirishuvchi 
moddalarning 
tabiati, 
konsentratsiyasi, temperatura, qattiq moddalarni yuzasi, katalizator ta‟sir 


170 
ko„rsatadi. Masslar ta‟siri qonuniga binoan reaksiya tezligi reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar konsentratsiyasiga to„g„ri proporsional: 
[ ]
[ ]
bu yerda: 
– proporsionallik koeffitsienti bo„lib, reaksiyaning tezlik konstantasi 
deyiladi; [A], [B] – reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi; a – 
reaksiyani A modda bo„icha tarkibi; b – reaksiyani B modda bo„yicha tartibi; a+b – 
reaksiyaning umumiy tartibi.
(10.2) ifoda kimyoviy kinetikaning asosiy postulati deyiladi. Reaksiyaning 
tezlik konstantasini fizik ma‟nosini aniqlash uchun reaksiyaga kirishuvchi 
moddalar konsentratsiyasini 1 M ga teng deb olamiz. U holda reaksiya tezligi 
tezlik kontantasiga teng bo„ladi: 
. Demak, reaksiyaning tezlik konstantasi 
reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi 1 ga teng bo„lgandagi tezlikdir.
Reaksiyaning tezlik konstantasi 
tezlikka nisbatan muhimroq kattalikdir. 
Sababi, tezlik moddalarning konsentratsiyasiga bog„liq, konsentratsiya ko„proq 
bo„lsa, tezlik ham kattaroq bo„ladi. Reaksiyaning tezlik konstantasi esa moddalar 
konsentratsiyasiga bog„liq emas, ularning tabiatiga va temperaturaga bog„liq. 
SHuning uchun reaksiyaning borishi to„g„risida tezlik konstantasi aniq axborot 
beradi.
10.2. Kimyoviy reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi. 
Kimyoviy reaksiyalarni molekulyarligi va tartibi bo„yicha sinflanadi. 
Reaksiyalarning molekulyarligi bir vaqtda to„qnashib, kimyoviy reaksiyaga 
kirishgan molekulalarning soni bilan belgilanadi. Reaksiyalar ana shu belgisi 
bo„yicha monomolekulyar, ikki molekulyar (bimolekulyar) va uch molekulyar 
reaksiyalarga ajaratiladi. Amalda uch molekulyar reaksiyalar kam uchraydi, to„rt 
molekulyar reaksiyalar uchramaydi. Chunki uchdan ortiq molekulalarning bir 
vaqtda bir-biri bilan to„qnashuvi ehtimoldan uzoqdir. Monomolekulyar 
reaksiyalarni sxematik A → B yoki A → B+C ravishda yoziladi. Misol sifatida 
etanning degidrogenlash reaksiyasini olish mumkin: 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling