O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Tutash reaksiyalar. Biri ikkinchisi bilan faqat birgalikda sodir bo„ladigan 
+ V → M, A + S → D turdagi reaksiyalar tutash reaksiyalar deyiladi. Bunda 
ikkinchi reaksiya faqat birinchisi bilan birgalikda sodir bo„lsa, B modda ikkinchi 
reaksiyaning induktori (boshlovchisi), C modda akseptor deyiladi. Ikkala reaksiya 
uchun umumiy bo„lgan A modda aktor (asosiy) deyiladi. SHunday reaksiyalarga 
misol sifatida temir (II)-sulfat va vodorod yodidning vodorod peroksid bilan 
oksidlanishini olish mumkin. Temir (II)-sulfat vodorod yodidga bog„liq bo„lmagan 
holda oksilanadi, lekin vodorod yodid bir o„zi oksidlanmaydi. Oksidlanish 
reaksiyasi birgalikda olib borilsa, vodorod yodid temir (II)-sulfatga qo„shilib 
oksidlanadi. N
2
O
2
– aktor, FeSO
4
– induktor, HI – akseptor. 
Zanjir reaksiyalar. Bir, ikki va ko„p molekulalyar mexanizm bilan boradigan 
reaksiyalardan tashqari zanjir mexanizmi bilan boradigan murakkab reaksiyalar 
ham ko„p uchraydi. Zanjir reaksiyalar deb radikallar, atomlar va ionlar ishtirokida 
bir qator va muntazam ketma-ket sodir bo„ladigan elementar reaksiyalar iborat 
reaksiyalarga aytiladi. Ularga yonish, polimerlanish va kondensatlanish, yadroning 
parchalanishi, fotokimyoviy reaksiyalar va boshqalar kiradi.
Zanjir reaksiyalar bosqichli mexanizm bo„yicha sodir bo„ladi. Ko„pincha 
uchta bosqich haqida gap ketadi: 1) aktiv markazni hosil bo„lishi, 2) zanjirni 
o„sishi va 3) zanjirni uzilishi. Aktiv markaz sifatida juftlashmagan elektronlarga va 
yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo„lgan erkin radikallar, atomlar yoki ionlar 
bo„lishi mumkin. Odatda aktiv markazlar biror tashqi ta‟sir, issiqlik, yorug„lik, 
ultrabinafsha yoki radiatsiya nurlari, mexanik ta‟sir va boshqalar oqibatida hosil 
bo„ladi. Aktiv markazlar barqaror molekulalar bilan osos ta‟sirlashib, ularni ham 
aktiv holatga o„tkazadi. O„z navbatida yangi aktiv zarrachalar keyingi 
molekulalarni reaksiyaga kiritadi (zanjirni o„sishi). Shu tariqa aktiv markaz 
yo„qolguncha (zanjirni uzilishi) zanjirli reaksiya davom etadi. 
Fotokimyoviy reaksiyalar misolida zanjirli reaksiya mexanizmini ko„rib 
chiqamiz. YOrug„lik yoki ultrabinafsha nur ta`sirida boradigan reaksiyalar 
fotokimyoviy reaksiyalar deyiladi. Fotokimyoviy reaksiyalar moddalarning hamma 
agregat holatlarida sodir bo„lishi mumkin. Yorug„lik nuri ta‟sirida vodorod va 
xlordan vodorod xlorid sintez bo„lish reaksiyasini ko„rib chiqamiz. 
I. Aktiv markazning hosil bo„lishi. Xlor molekulasi yorug„lik nurini yutib 
ikkita xlor atomini hosil qiladi: 


183 
II. Zanjirning o„sishi. Toq elektronga ega bo„lgan xlor atomi vodorod 
molekulasiga xujum qilib, kovalent bog„ini uzadi, vodorod xlorid molekulasi va 
vodorod atomi hosil bo„ladi. O„z navbatida vodorod atomi xlor molekulasidagi 
kovalent bog„ni uzadi: 
III. Zanjirni uzilishi. Atomlarni o„zaro birikib molekula hosil qilishi 
natijasida zanjir uziladi: 
Fotokimyoviy 
reaksiyalarga 
fotosintez 
jarayonlari, 
lyuminessensiya 
jarayonlari, bo„yog„larni quyosh nuri ta`sirida o„z rangini yo„qotishi, sintez (HC1), 
parchalanish (H
2
O
2
), oksidlanish, qaytarilish va boshqa reaksiyalar misol bo„la 
oladi. 
Turli rangdagi nurlarning fotokimyoviy reaksiyalarga ta‟sirini tekshirish 
qo„shimcha rangli nurlargina reaksiya borishiga sabab bo„lishini ko„rsatdi. 
Fotokimyoviy nurning ta`siri shundaki, reaksiyaga kirishayotgan moddaning 
atomlari yoki molekulalari kvant energiyani yutish bilan hayajonlangan holatga 
o„tadi va ularning ichki energiyasi ortadi. Fotokimyoviy jarayonlar ikki bosqichda 
o„tadi. Bu bosqichlar birlamchi va ikkilamchi fotokimyoviy reaksiyalardir. 
Birlamchi fotokimyoviy reaksiya bevosita nur ta`sirida boradi. Ikkilamchi 
fotokimyoviy reaksiyalar “qorong„i” reaksiyalar bo„lib, bu reaksiyalarning 
borishida nur ishtrok etmaydi. Masalan, vodorod xloridning sintezi reaksiyasida 
aktiv markazning hosil bo„lishi birlamchi, zanjirni o„sishi va uzilishi ikkilamchi 
reaksiyalardir.
10
-8
sek vaqt ichida moddalar “qorong„ida” reaksiyaga kirishi kerak. Shu 
vaqt ichida aktiv molekulalar reaksiyaga kirishmasa, molekula aktiv bo„lmay 
qolib, o„zidan nur chiqaradi: AB* 

AB + h

. Ba`zan energiya yutib 
hayajonlangan holatga o„tgan atom yoki molekula kimyoviy reaksiyaga 
kirishmasligi ham mumkin. 
Nur chiqqan vaqtdagi yuz beradigan yorug„lanish hodisasi fluorenssensiya 
yoki lyuminesensiya deyiladi. Ko„pincha hayajonlangan molekula nur 
chiqarmasdan, boshqa molekulaga o„zining ortiqcha energiyasini bersa, va 
energiya olgan molekula yorug„lansa, fotolyuminessensiya yoki fluorensensiya 
deyiladi. Agar hayajonlangan molekula fotokimyoviy reaksiyaga kirishmasdan 
nurlansa, uning energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi, bu vaqtda nurni yutgan 


184 
moddalar 
qiziydi. 
Hayajonlangan 
molekulaning 
qaytadan 
passivlashuvi 
dezaktivlanish deyiladi.
Agar bir mol moddagi har qaysi molekula bittadan kvant nur qabul qilsa, 
N=6,02
.
10
23
molekulalarning energiya holatini hisoblanib, bu energiya miqdori 
yorug„likning fotokimyoviy ekvivalenti deb yuritiladi va bir mol modda uchun 
kilojoullarda ifodalanadi. Fotokimyoviy reaksiyalarni miqdoriy jihatdan baholash 
Eynshteyn ta`rifiga asoslanadi: moddaga necha kvant yorug„lik energiya yutilsa, 
shuncha dona molekula (yoki atom) birlamchi fotokimyoviy reaksiyaga kirishadi.
10.6. Molekulyar kinetika, aktiv to„qnashishlar nazariyasi. 
Molekulyar kinetikaning predmeti kimyoviy reaksiyalar mexanizmini 
o„rganish va talqin etishdan iborat. Molekulyar kinetika rivojlanishining asosiy 
yo„nalishlari elementar ta‟sirlashuvlarning borish qonuniyatlarini o„rganish bilan 
bog„liq. Elementar kimyoviy ta‟sirlashuv deb zarrachalarning (molekula, atom, 
ion, radikal) har bir alohida ta‟sirlashuvi yoki o„zgarishi tushiniladiki, buning 
natijasida reaksiya maxsulotlari yoki oraliq moddalar bo„lmish yangi zarrachalar 
paydo bo„ladi. Elementar kimyoviy ta‟sirlashuv jarayonida zarrachalardagi atom 
yadrolarining joylashuvi va elektron zichliklari o„zgaradi, buning natijasida bog„lar 
uzilib, yangi kimyoviy bog„lar paydo bo„ladi. 
Har bir elementar ta‟sirlashuvning xususiyatlari unda ishtirok etuvchi 
zarrachalarning soni, tuzilishi va reaksion markazlarning tavsifi bilan bog„liq. 
Elementar ta‟sirlashuvning davomiyligi reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning 
molekulyar orbitallarida qayta qirilishning boshlanish va yakunlanish vaqti bilan 
belgilanadi. Har qanday elementar ta‟sirlashuv oraliq holatlar orqali sodir bo„ladi. 
Oraliq holatni hosil qilish uchun reaksiyaga kirishuvchi molekulalar energetik 
g„ovning qiymatiga teng bo„lgan yoki undan kattaroq bo„lgan energiyaga ega 
bo„lishlari kerak. Undan tashqari, reaksiyaga kirishuvchi molekulalarning aktiv 
markazlarida atomlar fazoviy va energetik qulay holatda joylashishlari kerak. 
SHundan kelib chiqadiki, elementar ta‟sirlashuv nazariyasi molekulalar engishi 
kerak bo„ladigan energetik g„ovning kattaligini hisoblan va oraliq holat hosil 
bo„lish ehtimolini aniqlash imkonini berishi kerak. Aynan shunday vazifalarni 
aktiv to„qnashuvlar nazariyasi bajaradi.
Kimyoviy reaksiya sodir bo„lishi uchun birinchi navbatda zarrachalar o„zaro 
to„qnashishi kerak. Vaqt birligi ichida to„qnashishlar sonini hisoblab chiqib, 
reaksiya tezligini aniqlash mumkindek tuyuladi. Masalan, vodorod yodid sintez 


185 
bo„lishida normal atmosfera bosimida har sekundda 5·10
9
ta yoik taxminan 10
10
ta 
to„qnashuv sodir bo„lar ekan. Agar har bir to„qnashuv reaksiya bilan 
yakunlanganda bu reaksiya taxminan 10
-10
sekundda tugallangan bo„lar edi. Lekin 
har qanday to„qnashuv ham reaksiya bilan yakunlanavermaydi. Agar har qanday 
to„qanashuv reaksiya bilan tugaganda, tabiatdagi barcha jarayonlar portlash bilan 
sodir bo„lar edi. To„qnashgan zarrachalarning aksariyati bilyard sharlari kabi urilib 
har tarafga tarqab ketaveradi. Ma‟lum miqdordagi energiyaga ega bo„lgan 
zarrachalar to„qnashganda kimyoviy reaksiya sodir bo„ladi. Magniy va xlorid 
kislotaning reaksiyasidaga to„qnashuvlar 10.5 rasmda tasvirlangan
39

10.5 rasm. Xlorid kislotaning magniy atomlari bilan passiv (a) va aktiv (b) 
to„qnashuvlari. 
Suyuqlik zarrachalari to„xtovsiz harakatlanadi. 10.5 rasmdagi (a) holatda 
kislota zarrachalarining energiyasi kimyoviy ta‟sirlashish uchun etarli emas, (b) 
holatdagi to„qnashuvda qatnashayotgan zarrachalarning energiyasi bog„larni uzish 
uchun etarli. Reaksiya sodir bo„ldi, magniy xlorid va vodorod hosil bo„ldi. 
Zarrachalarni reaksiyaga kirisha oladigan aktiv holatga o„tkazish uchun 
zarur bo„lgan minimal energiya aktivlanish energiyasi deyiladi. Vaqt birligi ichida 
ko„plab muvaffaqiyatli to„qnashuvlar sodir bo„lsa, vodorodning ajralishi 
tezlashadi. Reaksiya tezligi ham katta bo„ladi. Aktiv to„qnashuvlar kam bo„lganda, 
reaksiya tezligi ham kichik bo„ladi. Nima uchun konsentratsiya ortganda reaksiya 
tezligi ortadi? Buni quyidagi 10.6 rasm bilan izohlaymiz. 
10.6 rasm. Kislota kamroq (a) va ko„proq (b) konsentratsiyasini to„qnashishlar 
soniga ta‟siri. 
39
Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, OXFORD University press. 
2011. P. 138.


186 
Suyultirilgan kislotada kislota molekulalari kam, suv molekulalari ko„p 
bo„ladi (10.6 rasm, a). Kislota molekulalarining magniy atomlari bilan to„qnashish 
imkoniyati ham kam bo„ladi. Kislotaning konsentratsiyasi ko„proq, zarrachalari 
soni ham ko„proq bo„lganda (10.6 rasm, b) kislota molekulalarining magniy 
atomlari bilan to„qnashish ehtimoli, demak, reaksiya sodir bo„lish imkoniyati 
ko„proq. Shunday qilib, to„qnashishlar soni ortganda reaksiya sodir bo„lish 
imkoniyati ham ortadi. 
Gazlarning reaksiyasi uchun bosimni o„zgarishi konsentratsiya o„zgarishiga 
olib keladi: bosim oshirilganda hajm birligidagi gazlarning miqdori, ya‟ni 
zarrachalar sonini ortadi; shunda aktiv to„qnashuv sodir bo„lishi uchun imkoniyat 
ortadi. 
Endi vaqt o„tishi bilan magniy va kislota o„rtasidagi reaksiya sekinlashishini 
izohlaymiz (10.7 rasm)
40

10.7 rasm. Reaksiya boshlanganda (a) va yakunlanishga yaqin (b) zarrachalar soni, 
tezlikning vaqtga bog„liqligi (c). 
Dastlab kislota va magniy zarrachalari ko„p edi. To„qnashuvlar soni ko„p, 
reaksiya tezligi katta bo„ladi. Keyin kislota va magniy zarrachalari soni kamayadi, 
to„qnashuvlar soni ham kamayadi. Natijada vaqt o„tishi bilan vodorod chiqishi 
kamayadi. Oxirida egri chiziq gorizontal holatga o„tadi. 
Temperatura ortganda reaksiya tezligi ortishini ko„ramiz (10.8 rasm). 
10.8 rasm. Past temperaturada (a) va yuqori temperaturada (b) zarrachalarning 
to„qnashuvlari. 
40
Rose Marie Gallagher, Paul Ingram. “Complete Chemistry” for Cambridge IGCSE®, OXFORD University press. 
2011. P. 139.


187 
Aralashma isitilganda zarrachalar tezroq harakatlanadi va to„qnashuvlar soni 
ortadi.
Yuqoriroq 
temperaturada 
vaqt 
va 
tezlikning 
bog„liqlik grafigi keskinroq 
ko„tariladi (10.9 rasm). Eng muhimi, 
temperatura ortganda aktiv to„qnashuvlar 
soni 
keskin 
ortadi. 
Hisoblashlar 
ko„rsatishicha temperatura har 10 gradusga 
ortganda 
umumiy 
to„qnashuvlar 
soni 
taxminan 20% ga ortadi. Aktiv to„qnashuvlar 
soni esa 2-4 marta ortadi, reaksiya tezligi 
ham shuncha marta ortadi.
10.9 rasm. Reaksiyada ajraladigan 
vodorod hajmini temperaturaga 
bog„liqligi. 
Demak, reaksiya tezligini belgilovchi eng muhim omil aktiv yoki effektiv 
to„qnashuvlar soni ekan. Aktiv to„qnashuvlar soni (Z) reaksiyaning aktivlanish 
energiyasi (E) bilan quyidagicha bog„langan: 
Aktivlanish energiyasi qancha kichik bo„lib, temperatura qancha yuqori 
bo„lsa, reaksiya tezligi shuncha katta bo„ladi. 
Nazorat savollari

1. Kimyoviy kinetikaning asosiy tushunchalari. 
2. Rasmiy (formal) kinetika deb nimaga aytiladi? 
3. Reaksiya tezligi deb nimaga aytiladi va u qaysi omillarga bog„liq? 
4. Tezlik konstantasi deb nimaga aytiladi va u qaysi omillarga bog„liq? 
5. Kimyoviy reaksiyalarni kinetik sinflanishi. 
6. Reaksiyaning molekulyarligi deb nimaga aytiladi? 
7. Monomolekulyar, bimolekulyar, uch molekulyar reaksiyalarga misollar 
keltiring. 
8. Reaksiya tartibi deb nimaga aytiladi va qanday tartibli reaksiyalar mavjud? 
9. Nima uchun reaksiyaning molekulyarligi bilan tartibi mos kelmaydi? Misollar 
bilan izohlang. 
10. No„linchi tartibli reaksiyalarning kinetik tenglamasini keltirib chiqaring va 
izohlang. 


188 
11. Birinchi tartibli reaksiyalarning kinetik tenglamasini keltirib chiqaring va 
izohlang. 
12. Ikkinchi va uchinchi tartibli reaksiyalarning kinetik tenglamalari qanday? 
13. Kimyoviy reaksiya tartibini qanday usullar bilan aniqlanadi? 
14. Reaksiya tartibini aniqlashda kinetik tenglamani mos kelish usuli mohiyati 
qanday? 
15. Reaksiya tartibini aniqlashda Vant-Goff, yarim o„zgarish vaqti, izolyasiyalash 
vaqti usullarining mohiyati qanday? 
16. Reaksiya tartibini aniqlashda qanday grafik usullar mavjud? 
17. Reaksiya tartibini aniqlashda hisoblash usullari avzalroqmi yoki grafik 
usullarmi, nima uchun? 
18. Reaksiya tezligini temperaturaga bog„liqligi to„g„risida Vant-Goff qonuni. 
19. Vant-Goff-Arrenius tenglamasini keltirib chiqaring va izohlang. 
20. Reaksiyaning aktivlanish energiyasi nima? 
21. Reaksiyaning aktivlanish energiyasini qanday aniqlanadi? 
22. Qaytar reaksiyaning muvozanat konstantasi, temperatura va aktivlanish 
energiyasi qanday bog„langan? 
23. Qanday reaksiyalarga murakkab reaksiyalar deyiladi? 
24. Parallel reaksiyalarga misollar keltiring va izohlang. 
25. Parallel reaksiyalarning tezligi qanday hisoblanadi? 
26. Ketma-ket reaksiyalarga misollar keltiring va izohlang. 
27. Ketma-ket reaksiyalarning tezligi qanday hisoblanadi? 
28. Tutash reaksiyalarni misol bilan izohlang. 
29. Qanday reaksiyalarga zanjirli reaksiyalar deyiladi? 
30. Zanjirli reaksiyalar qanday bosqichlardan iborat? 
31. Zanjirli reaksiyalar mexanizmini tushuntiring. 
32. Qanday reaksiyalar fotokimyoviy reaksiyalar deyiladi? 
33. Fotokimyoviy jarayonlarda “yorug„da” va “qorong„ida” boradigan reaksiyalar 
deganda nimani tushunasiz? 
34. Molekulyar kinetika nimani o„rganadi? 
35. Aktiv to„qnashuvlar nazariyasining asosiy mohiyati nimadan iborat? 
36. Aktiv to„qnashuvlar soniga moddalar konsentratsiyasi, temperatura qanday 
ta‟sir ko„rsatadi? 
37. Aktiv to„qnashuvlar soni, reaksiyaning tezligi, temperatura, aktivlanish 
energiyasi qanday bog„langan? 


189 
11. Kataliz
11.1. Katalizning umumiy xossalari va qonuniyatlari.
11.2. Gomogen kataliz. Geterogen kataliz. 
1. Katalizning umumiy xossalari va qonuniyatlari. 
Kataliz deb moddalar – katalizatorlar ta‟sirida reaksiya tezligini o„zgarish 
hodisasiga aytiladi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar katalitik reaksiyalar 
deyiladi. Katalizator – reaksiya tezligini o„gartirib, o„zi reaksiya maxsulotlari 
tarkibiga kirmaydigan modda. Agar katalizator reaksiya maxsulotlaridan biri 
bo„lsa, aktokatalitik reaksiya, jarayon esa avtokaliz deb nomlanadi. Kataliz 
jarayoni manfiy bo„lishi ham mumkin, ya‟ni bazi moddalar reaksiya tezligini 
kamaytiradi. Reaksiya tezligini kamaytiruvchi moddalar ingibitor deb nomlanadi. 
Kataliz kimyo sohasini rivojlantirishda keng qo„llaniladi. Kataliz yordamida 
yangi moddalar hosil qilish, texnologiya jarayonlarini soddalashtirish va sanoat 
uskunalarini texnika iqtisadiy ko„rsatkichlarini oshirish, umuman kimyo sanoatini 
barcha talablariga javob berish mumkin. Hozirgi vaqtda sanoatning barcha 
tarmoqlarida katalitik reaksiyalar keng qo„llanilmoqda. Masalan ammiak, nitrat 
kislota va azotli o„g„itlar, turli sun‟iy usullar bilan spirt, sun‟iy kauchuk va ayniqsa 
keyingi yillarda polimerlanish jarayonlari yordamida turli plasmassalar, sun`iy 
tolalar va hokazolar olishda foydalaniladi. Shuningdek, neft qayta ishlash 
sanoatining kreking jarayonlarida katalizator qo„llaniladi. Hattoki odam 
organizmidagi biologik o„zgarishlar ham katalizatorlar – fermentlar ishtrokida 
boradi. 
Katalitik jarayonlar bir necha xususiyatga ega: 
1) katalizator juda oz miqdorda bo„lganda ham reaksiya tezligini o„zgartiradi. 
2) katalizatorning ta`siri to„yinish darajasiga etgandan keyin katalizator miqdori 
oshsa ham reaksiya tezligi o„zgarmaydi. 
3) reaksiyalarda katalizator miqdori o„zgarmaydi. 
4) katalizator reaksiya muvozanatiga ta`sir etmaydi, qaytar reaksiyalarda qarama-
qarshi jarayonni bir xilda o„zgartiradi 
5) ba`zan aralash katalizatorlar (ikki va bir necha katalizatorlardan tuzilgan) 
kuchliroq ta`sir ko„rsatadi. 
6) katalizator selektivlik (tanlanuvchanlik) xossasiga ega, ya‟ni har qaysi 
reaksiyaning o„ziga xos katalizatorlari bo„ladi. 


190 
7) ba`zan eritma muhiti, ya`ni reaksiyada ishtrok etayotgan vodorod yoki gigroksil 
ionlari katalizatorlik vazifasini bajaradi (kislota va asos kataliz). 
8) katalizator reaksiyaning aktivlanish energiyasini pasaytirib reaksiya tezligini 
oshiradi. 
9) har qanday katalizator reaksiya maxsulotiga ta`sir etadi, ya`ni bir xil katalizator 
ishtirok etsa bir xil maxsulot, boshqa bir katalizator ishtirok etsa boshqa xil 
maxsulot hosil bo„ladi.
Katalizatorlar turli omillar ta`sirida aktivlashadi. Bularga temperatura, 
bosim, katalizatorlarning maydalanganlik darajasi va boshqa omillar kiradi. 
Ko„pincha katalizatorlarga boshqa modda aralashtirilsa katalizatorlarda turlicha 
o„zgarish kuzatiladi. Katalizatorning ta`siri kuchayishi (aktivlovchilar ta`sirida) 
yoki pasayishi mumkin. Katalizator 
ta`sirini 
kuchaytiradigan 
moddalar 
(aktivlovchilar) promotorlar deyiladi. Aktivlovchi qo„shimchalar o„z navbatida 
katalizator ham bo„lishi mumkin. Promotorlar ikki giruhga – struktura (tuzilish) 
hosil qiluvchilar va modifisirlovchi promotorlarga bo„linadi.
Birinchi giruh promotorlari katta konsentrasiyada bo„lganda ta`sir qiladi. 
Ular katalizatorning muvozanat tuzilishini mustaxkamlaydi, kristallarning 
amorflanishiga to„sqinlik qiladi, yuzaning ko„p jinsliligini saqlaydi, solishtirma 
yuzani ko„paytiradi. Masalan, Ni katalizatori ishtrokida fenolni siklogeksanga 
aylanishi 20%-li soda eritmasi qo„shilganda yaxshi promotorlanadi. 
Modifikasiyalovchi promotorlar juda kam miqdorda ta`sir qiladi, ular 
ta`sirida yuzada kimyoviy ko„p jinslilik yuzaga keladi, aktiv markazning soni 
ko„payadi. Har qanday toza katalizator sirtiga juda oz miqdorda gazlar yutilgan 
bo„lib, ular promotorlik vazifasini bajaradi. Agar 
gazlar 
chiqarib 
tashlansa 
katalizator aktivligi yo„qoladi.
Ba‟zi moddalar katalizatorning aktivligini kamaytiradi, ular katalizator 
zaharlari, hodisa zaharlanish deyiladi. Katalizatorlarning zaharlanishi 4 xil bo„lishi 
mumkin: 1) qaytar zaharlanish, 2) qaytmas zaharlanish, 3) yig„ilib boradigan 
zaharlanish va 4) qulay zaharlanish. 
Qaytar zaharlanishda, zaharlanib, aktivligini yo„qotgan katalizatorni turli 
usullar bilan yana aktivlashtirish mumkin. Qaytmas zaharlanishda esa zaharlangan 
katalizator aktivligini tiklab bo„lmaydi. Masalan, H

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling