O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbsiyasi. 
Qattiq jism sirtida suyuqliklarning adsorbsiyasi katta axamiyatga ega
chunki u zollarning hosil bo„lishi, barqarorligi va ularni buzish asosida yotadi.
Eritmadan moddaning adsorbilanishi. Tajribada qattiq jism sirtiga yutilgan 
erigan modda miqdorini aniqlash uchun, uning konsentrasiyasini kamayishi yoki 
adsorbent og„irligining ortishi o„lchanib quyidagi tenglama orqali topiladi: 
bu yerda 
va 
– moddaning adsorbsiyaga qadar va adsorbsiyadan keyingi
konsentrasiyalari, mol/l; V – eritmaning hajmi, l; m – adsorbent massasi, g. 


250 
Adsorbilanish darajasi yutuvchi va yutiluvchi moddalarning tabiatiga, 
temperaturaga, gazning bosimiga yoki eritmaning konsentrasiyasiga, shuningdek, 
adsorbentning solishtirma sirtiga bog„liqdir. 
Kimyoviy adsorbsiya (xemosorbsiya).
Kimyoviy kuchlar hisobiga ketadigan adsorbsiya xemosorbsiya yoki 
kimyoviy adsorbsiya deyiladi. Ko„pincha fizik adsorbsiya kimyoviy adsorbsiyaga 
o„tadi. Fizik adsorbsiya hatto past temperaturada ham katta tezlik bilan ketadi va 
unga hech qanday energiya sarflash kerak emas. 
Fizik adsorbsiya issiqligi 8-35 kJ/mol, kimyoviy adsorbsiya issiqligi 800 
kJ/molga teng. Xemosorbsiyada adsorbsiya grafigi monomolekulyar bo„lishi, fizik 
adsorbsiyada adsorbsiya grafigi mono yoki polimolekulyar bo„lishi mumkin. 
Adsorbsiya vaqtida ajralib chiqadigan issiqlik adsorbsiya issiqligi deyiladi. 
Adsorbsiya issiqligi ikki xil bo„ladi: 1. Integral; 2. Differensial issiqlik. 
1 g adsorbentga gaz yoki bug„ yutilganda ajralib chiqqan umumiy issiqlik 
miqdori adsorbsiyaning integral issiqligi deyiladi. Adsorbentga ma`lum miqdorda 
modda yutilgandan keyin yana bir mol modda yutilganda ajralib chiqadigan issiqlik 
adsorbsiyaning differensial issiqligi deyiladi. 
Adsorbentlar qutbli va qutbsizliga qarab ikki xil bo„ladi: 
1. Qutbli adsorbentlar suvni, suvli eritmalarni yaxshi adsorbsiyalaydi, bunday 
adsorbentlarni gidrofil adsorbentlar deyiladi. 
2. Qutbsiz adsorbentlar, benzolni va shunga o„xshash yog„ moddalarni yaxshi 
adsorbsiyalaydi, ularni gidrofob adsorbentlar deyiladi. 
Gidrofil adsorbentlarga silikagel, gilmoya (bentonit); gidrofob adsorbentlarga 
ko„mir, oltingugurt misol bo„ladi. Amaliyotda asosan adsorbent sifatida aktivlangan 
ko„mir, silikagel, har xil tabiiy silikatlar, alyumogel metallarni oksidlari, har xil 
gilmoyalar ishlatiladi. 
Aktivlangan ko„mir eritmalarni rangsizlantirishda, oziq–ovqat sanoatida 
shakar sharbatlarini, meva soklarini tozalashda, tibbiyotda ishlatiladi. Aktivlangan 
ko„mir faqat zaharni emas balki qondagi organizm uchun kerakli bo„lgan oqsil 
moddalarni ham yutadi, yana ko„mir kukunlari buyrakda, o„pkada uchrashi 
mumkin. Shu sababli ko„mir, sirop, albumin plyonkasi, selyuloza asetati kabi 
gidrofil modda bilan qoplanadi. Silikagel – gazlarni quritishda ishlatiladi. 
Gilmoyalar – keramika ishlab chiqarishda, yog„ maxsulotlarini tozalashda 
ishlatiladi. 


251 
16.7. Elektrolitlarning adsorbsiyasi. 
Molekulyar adsorbsiya bilan bir qatorda ionlar adsorbsiyasi ham mavjud. 
Ionlar adsorbsiyasi ko„pincha qaytmas jarayondir. Eritmani suyultirish bilan 
desorbsiya ketmaydi, temperatura oshishi bilan ko„pincha ionlar adsorbsiyasi 
oshadi. Bu esa erigan modda zarrachalarining suyuklik sirtida va uning hajmida 
baravar bir tekis tarqalmaganligi natijasida suyuq fazada sirt chegara hosil 
bo„lishiga olib keladi va eritmaning sirt qavatida ionlar konsentrasiyasining 
eritmadagiga qaraganda kam bo„lishiga sababchi bo„ladi. Ya`ni bu yerda manfiy 
adsorbsiya kuzatiladi. Natijada eritmaning sirt qavati manfiy zaryadga ega bo„lib 
qoladi. Ionlarning eritma sirtida manfiy adsorbilanishiga sabab, ionlarning 
gidratlanish energiyasi suv molekulalarining bir-biri bilan birikish energiyasidan 
katta bo„ladi. Bu hol sirt tarangligining ko„payishiga olib keladi. Sirt tarangligi 
katta ekan, demak manfiy adsorbsiya bo„ladi. 
Ba`zi vaqtlarda ionlar adsorbsiyasi molekulyar xarakterga ega bo„ladi. 
Elektrolit eritmasidagi ham anion va ham kation bir xil ekvivalent miqdorda 
yutilsa molekulyar adsorbsiya bo„ladi. 
Ionlar adsorbsiyasining molekulyar adsorbsiyadan farqi, bunda tanlab ketish 
va almashinish adsorbsiyasi ketadi. Tanlab ketish adsorbsiyada yoki kationlar yoki 
anionlar adsorbilanadi. Bunda adsorbsiya yutuvchi modda tabiatiga, ion 
zaryadining ishorasiga, yutiluvchi modda tabiatiga ham bog„liq bo„ladi (valentlik, 
zarrachalar radiusi, solvatlanish darajasi). 
Kationlarning adsorbsiyasida valentlikni ta`siri katta. Kationning valentligi 
qancha katta bo„lsa, uning adsorbsiyasi shuncha ko„p bo„ladi. Bir xil valentlikka 
ega bo„lgan ionlar har xil adsorbilanadi, bunga sabab, ionlarning o„lchamlari va 
gidratlanish darajasining har xil bo„lishidir. Radius qancha katta bo„lsa ionlar 
shuncha kam gidratlanadi va adsorbsiya shuncha ko„p bo„ladi. 
Bir xil valentli ionlar adsorbilanish jixatdan quyidagi qatorga joylashadi: 
Bu qatorda har bir keyingi element, o„zidan oldin kelgan elementdan kam 
adsorbilanadi. Bunday qatorni liotrop qatori deyiladi. Ionlar kolloid zarracha sirtida 
ayniqsa yaxshi adsorbilanadi. Shuning uchun kolloidlarda elektr zaryadining 
miqdori va ishorasi shu ionlarning borligiga bog„liq bo„ladi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling