O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

x/m 
ni 
aniqlab 
grafikdan K va n ni topamiz. Logarifmik 
grafikdagi to„g„ri chiziqning ordina 
o„qidan kesgan kesmasi K ga teng. 
To„g„ri chiziqning absissa o„qi bilan 
hosil qilgan burchagi α tangensi 1/n ga 
teng. 
16.10 rasm. Freyndlix tenglamasini 
logarifmik koordinatalarda chizilgan 
grafigi. 


247 
Freyndlix tenglamasi o„rtacha konsentrasiya va bosimlarda to„g„ri natija 
beradi. Freynlix tenglamasi adsorbsiyaning tajribaviy ma‟lumotlarini qayta ishlashda, 
texnologik hisoblashlarda keng qo„llaniladi. Biroq bu tenglama empirik xarakterga 
ega bo„lib, adsorbsiya mexanizmi va sabablari to„g„risida muxokama yuritmaydi. 
Adsorbsiya mexanizmini muxokama etuvchi bir nechta nazariyalar mavjud. Endi ular 
bilan tanishamiz.
Lengmyurning monomolekulyar adsorbsiya nazariyasi. 
1916 yil Lengmyur bu nazariyani yaratganda quyidagilarga asoslangan: 
1. Adsorbsion kuchlar ma`lum atomlar atrofida lokallangan bo„lib, ularning tabiati 
kimyoviy kuchlar tabiatiga yaqin bo„ladi. 
2. Adsorbsiya jismning hamma joylarida emas, balki uning adsorbsion markazlar 
deyiladigan qismlarida sodir bo„ladi. 
3. Adsorbsion sirtga yutilgan modda monomolekulyar qavat hosil qiladi. 
4. Adsorbsion molekulalar bir–biriga ta`sir qiladi. 
5. Adsorbilangan molekulalar bir–biri bilan ta`sirlashmaydi. 
Qattiq jism va gaz chegara sirtidagi adsorbsiya uchun Lengmyur formulasi: 
by yerda 
– adsorbsiya kattaligi,
– adsorbsion qavatning sig„imi yoki sirt yuza 
birligiga yoki adsorbentning massa birligiga to„g„ri keladigan adsorbsion markazlar 
soni, 
– adsorbsion muvozanat konstantasi, – adsorbatning muvozanat bosimi.
Bu tenglama kichik va katta bosimlarda adsorbsiyani to„g„ri aks ettiradi. Bosim 
juda kichik bo„lsa, bu formuladagi 1+KP ni hisobga olmasa ham bo„ladi va u 
izotermadagi birinchi to„g„ri chiziqni ifodalaydi, katta bosimlarda esa KP=1 bo„ladi, 
unda 
bo„ladi, ya‟ni adsorbiya maksimumga etgandan keyin bosim ortsa ham 
adsorbsiya o„zgarmay qoladi. 
Eritmalar uchun esa Legmyur formulasi quyidagicha yoziladi: 
by yerda C – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentrasiyasi. 
(16.35) va (16.36) ifodalar Legmyurning adsorbsiya izoterma tenglamalari 
deyiladi. Izoterma grafigi 16.11 rasmda tasvirlangan. Lengmyur tenglamasidagi 
adsorbsion muvozanat konstantalari adsorbent bilan adsorbatning ta‟sirlashuv 
energiyasini tavsiflaydi. Ta‟sirlashuv qancha kuchli bo„lsa, muvozanat konstantasi 
shuncha katta bo„ladi. 


248 
Lengmyur tenglamasidagi konstantalarni topish uchun tenglamani chiziqli 
ko„rinishga keltirish kerak: 
yoki 
C/A ni C bilan bog„liqlik grafigi chiziqli ko„rinishga ega (16.12 rasm). 
16.11 rasm. Lengmyurning adsorbsiya 
izotermasi. 
16.12 rasm. CHiziqli koordinatalarda 
adsorbsiya izotermasi. 
Lengmyurning chiziqli adsorbsiya izotermasidagi to„g„ri chiziqning absissa 
o„qi bilan hosil qilgan burchak tangensi orqali maksimal adsorbsiyani aniqlanadi. 
To„g„ri chiziqni ordina o„qidan kesgan kesmasi orqali adsorbsion muvozanat 
konstantasi hisoblanadi. 
BET nazariyasi. 
Brunauer, Emmet va Teller (BET) 1935-1940 yillarda Lengmyur va Polyani 
nazariyalarini umumlashtirib yangi polimolekulyar adsorbsiya nazariyasini yaratdilar. 
Bu nazariya quyidagi qoidalardan iborat: 
1. Adsorbent sirtida energetik jixatdan bir xil qiymatga ega bo„lgan va 
adsorbtiv molekulalarini tutib tura oladigan aktiv markazlar mavjud.
2. Adsorbent sirtiga adsorbilangan molekulalar bir-biriga hech qanday ta`sir 
ko„rsatmaydi.
3. Adsorbent sirtiga adsorbilangan molekulalarning birinchi qavatini ikkinchi 
qavat hosil bo„lishiga imkon beradigan markaz deb qarash mumkin va hokozo.


249 
4. Birinchi qavatdan boshqa barcha qavatlardagi molekulalarning statistik holat 
yig„indilari xuddi suyuqlikning statistik holat yig„indisi kabi bo„ladi, deb taxmin 
qilinadi. Adsorbsiya izotermasini xarakterlovchi tenglama: 
(
) [
Bu yerda 
– monomlekulyar qavatdagi yutilgan modda miqdori; K – 
adsorbsiya energiyasi; P – tajriba vaqtidagi muvozanatda bosim yoki bug„ning ayni 
sharoitdagi bosimi; 
– yutilgan modda miqdorining to„yingan bug„ bosimi.
Polimolekulyar adsorbsiya izotermasi 

shaklida 
bo„ladi. 
Bunda 
yuqoriga 
ko„tarilish kapillyar kondensasiya bilan 
bog„liq bo„ladi va ko„p qavatli (16.13 rasm) 
adsorbsiya sodir bo„ladi. Demak, BET 
nazariyasiga ko„ra adsorbilangan faza ayrim–
ayrim molekulalarning zanjiridan iborat 
komplekslardan tashkil topadi. Har bir qavat 
ikkinchi qavat hosil bo„lishiga imkon 
beradigan markaz deb qarash mumkin. 
16.13 rasm. Polimolekulyar 
adsorbsiya izotermasi 
Lengmyur va BET nazariyalari adsorbentning solishtirma sirtini 
topishga 
imkon beradi: 
bu yerda 
– Avagadro doimiysi, 
– adsorbatning bitta molekulasi egallagan yuza.

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling