O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Rebinder usuli yoki suyuqlik yuzasidan hamo pufakchasining chiqish bosimi 
usuli. Rebinder qurilmasida ichiga tekshirilayotgan suyuqlik joylashtirilgan 
kolbacha havosizlantirish sistemasiga ulanadi. Suyuqlik yuzasiga ingichka 
naychani uchi tegib turadigan qilib tushiriladi. Sistemadan havo so„rib olinganda 
naychadan havo pufakchalari ajrala boshlaydi. Pufakcha ajralishi uchun zarur 
bo„lgan bosim U simon monometr bilan o„lchanadi. Suyuqlikning sirt tarangligi 
qancha katta bo„lsa, pufakcha chiqishi uchun shuncha ko„p bosim zarur bo„ladi. 
Tajribada sirt tarangligi ma‟lum bo„lgan biror suyuqlik, masalan suv, va 
tekshirilayotgan suyuklik o„rganiladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi 
quyidagi formula orqali hisoblanadi: 
bu yerda 
– tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi,
– standart 
suyuqlikning sirt tarangligi, 
va – tekshirilayotgan suyuqlik yuzasida pufakcha 


237 
hosil bo„lish bosimi va monometr yelkalaridagi balandliklar farqi, 
va 
– 
standart suyuqlik yuzasida pufakcha hosil bo„lish bosimi va monometr 
yelkalaridagi balandliklar farqi. 
Stalagmometr usuli. Bu usulda ma‟lum hajmdagi suyuqlikni staglamometr 
deb ataluvchi shisha idishning ingichka naychasidan yoki viskozimetr 
kapillyaridan oqib o„tish vaqtidagi tomchilar soni sanaladi. Suyuqlikning sirt 
tarangligi qancha katta bo„lsa, shuncha kam sondagi tomchilar hosil qiladi. Bu 
usulda ham tekshirilayotgan suyuqlik va standart suyuqlik o„rganiladi. 
Tekshirilayotgan suyuqlikning sirt tarangligi quyidagi formula bo„yicha 
hisoblanadi: 
bu yerda 
va 
– standart suyuqlikning va tekshirilayotgan suyuqlikning 
tomchilar soni, 
va 
– standart suyuqlikning va tekshirilayotgan suyuqlikning 
zichligi. 
Suyuqlikning kapillyardan ko‘tarilash usuli. Bu usul katta sathdagi 
suyuqlikka ingichka naycha yoki kapillyar tushirilganda suyuqlikning kapillyar 
bo„ylab ko„tarilishiga asoslangan. Sirt taranglik quyidagi formula bo„yicha 
hisoblanadi: 
bu yerda 
– suyuqlikning kapillyarda ko„tarilish balandligi, – kapillyarning 
radiusi, 
– suyuqlikning zichligi, – erkin tushish tezlanishi. 
Halqani uzish usuli. Bu usulda metalldan yasalgan halqa suyuqlik yuzasiga 
tushiriladi va mexanik kuch bilan uzib olinadi. Sirt taranglik qancha katta bo„lsa 
halqani uzish uchun shuncha ko„p kuch sarf bo„ladi. Dinamometr yordamida 
o„lchangan kuchning miqdori suyuqlik sirt tarangligiga to„g„ri proporsional: 
bu yerda 
– halqani uzish uchun kerak bo„lgan kuch, – halqaning shakli va 
o„lchamlari hamda qurilmaning tuzilishiga bog„liq bo„lgan umulashgan konstanta. 
Konstantaning qiymatini biror standart suyuqlik yordamida aniqlab olinadi.


238 
3. Xo„llanish, adgeziya, kogeziya. 
Faza ichidagi molekulalararo ta`sirlashuv va sirt tarangligi qattiq yoki suyuq 
modda sirtida suyuqlik tomchisinining xo„llash, oqish hamda adgeziya va kogaziya 
jarayonlarini keltirib chiqaradi. 
Geterogen sistemalarda faza ichida va fazalararo ta‟sirlashuv kuzatiladi. 
Faza ichidagi atom, molekula va zarrachalarning tortilishi kogeziya deyiladi. 
Kogeziya moddalarni kondensirlangan holatda mavjud bo„la olishini belgilaydi va 
turli tabiatli atomlararo, molekulalararo ta‟sirlashuv natijasida hosil bo„ladi. 
Fazalararo ta‟sirlashuvni adgeziya deyiladi. 16.4 rasmda kogezion va adgezion 
kuchlarning qayerda poqdo bo„lishligi tasvirlangan. 
16.4 rasm. Ikki qattiq fazali sistemaning kogezion kuchlar bo„yicha ajralishi (a) va 
adgezion kuchlar bo„yicha ajralishi (b). 
Adgeziya (yopishish), xo„llanish va yumalash (oqish) kondensirlangan 
fazalar orasida kuzatiladi. Adgeziya fizik va kimyoviy ta‟sirlashuv hisobiga ikki 
jism ma‟lum mustaxkamlikka ega bo„lgan bog„lar orqali birlashtiradi. Adgeziya 
ikkita suyuqlik o„rtasida, suyuqlik va qattiq jism o„rtasida, ikkita qattiq jism 
o„rtasida bo„lishi mumkin. Qattiq jismlar o„rtasida adgeziv kuchlar paydo bo„lishi 
uchun ularning ikkalasi yoki birortasini yuzasi suyuq oquvchan holatga o„tishi 
keark bo„ladi. Shunda zarrachalarning molekulyar-kinetik intensivligi ortadi va 
etarlicha kontakt bo„lishiga olib keladi.
Adgeziya va xo„llanish tabiatda ham, iqtisodiyotning turli sohalarida ham 
keng tarqalgan hodisalardir. Materiallarni elimlash, lok-bo„yoq va noorganik 
moddalarni material yuzasiga qoplash, bog„lovchi va to„ldiruvchi moddalar 
ishtirokida turli kompozitsion materiallarni olish, metallarni payvandlash, gul 


239 
bosish, bo„yash, tipografiya jarayonlarida adgeziya va xo„llanish xodisalari 
olinayotgan material va buyumlarning sifatini ta‟minlovchi omillardir. 
Kogezion va adgezion ta‟sirlashuvning miqdoriy tavsiflarini ko„rib 
chiqamiz. Kogeziya ishi jismni yuza birligiga teng bo„lgan kesim bo„yicha 
ajratishga sarflangan energiyaga teng. Jism bo„linganda ikkita yuza hosil 
bo„lganligi uchun kogeziya ishining miqdori quyidagiga teng: 
bu yerda 
– qattiq jismning havo bilan chegarasidagi sirt tarangligi. 
Kogeziya jarayonini faza ichidagi molekulalararo kuchlarning parametrlari, 
jumladan kristall panjaraning energiyasi, ichki bosim, bug„lanish energiyasi, 
qaynash temperaturasi, ichki bosim va boshqa parametrlar belgilaydi. Modda 
bug„ga aylanganda molekulalararo kuchlar to„liq uziladi, shuning uchun kogeziya 
ishini bug„lanish entalpiyasi 
belgilaydi: 
bu yerda 
– bug„lanish jarayonida Gibbs energiyasining o„zgarishi, 
– 
bug„lanish jarayonida entropiyaning o„zgarishi. 
Kondensirlangan va bug„ fazalarining muvozanat holatida Gibbs 
enegiyasining o„zgarishi 0 ga teng, shuning uchun: 
Qaynash temperaturasida bug„ hosil bo„lish issiqligi 

Qaynash temperaturasida entropiyaning o„zgarishi 
1 mol modda 
uchun 85-90 kJ/mol·K ga teng bo„lar ekan. Demak, moddalarning kogeziya ishini 
qaynash temperaturasi va bug„lanish issiqligi bo„yicha aniqlash va solishtirish 
mumkin. 
Adgeziya ishini sirt taranglik 
bilan bog„liqligini aniqlash uchun 
ikkita kondensirlangan 2 va 3 fazalar 
hamda ularni havo bilan 1 sirt orqali 
chegaralangan sistemani ko„ramiz 
(16.5 rasm). Sistemada fazalararo sirt 
taranglik vujudga keladi: 
;
;
16.5 rasm. Adgeziya ishi va sirt tarnglik: 1 
– gaz, 2 – suyuqlik, 3 – qattiq jism. 


240 
Adgeziya ishi 
yuza birligida adgezion kuchlarni yengish uchun 
sarflangan ish bilan aniqlanadi. Butun kontakt maydoni bo„yicha to„lik adgeziya 
ishi 
yuzaga 
to„g„ri proporsional bo„ladi: 
Sistemaning Gibbs energiyasi adgeziya ishiga teng miqdorda kamayadi: 
Sistemaning dastlabki 
va oxirgi 
holatlari uchun: 
yoki 
(16.15) 
(16.15) ifoda Dyupre tenglamasi va deyiladi va adgeziya vaqtida energiyani 
saqlanish 
qonunini 
ifodalaydi. 
Bu 
tenglamaga 
muvofiq, 
dastlabki 
mkomponentlarning sirt tarangligi qancha katta bo„lib, fazalaaro sirt taranglik 
qancha kichik bo„lsa, adgeziya ishining miqdori shuncha katta bo„ladi.
Adgeziya ishi bilan adgezion mustaxkamlik farqlanadi. Adgezion 
mustaxkamlik adgeziya ishi va adgeziya vaqtidagi komponentlarning deformatsiya 
ishi yig„indisiga teng: 
Adgezion 
bog„lanish 
qancha 
mustaxkam 
bo„lsa, 
komponentlar 
parchalanmasdan ko„proq deformatsiyaga uchraydi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling