O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim
Download 4.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Физик ва коллид химия. Дарслик
hosil qilish kritik konsentratsiyasi (MKK) deyiladi.
Sovunning kir yuvish ta`siri bir qator kolloid-kimyoviy jarayonlar natijasidir. Yuviluvchi modda sirti – kir yuvish vositasi orasida o„zaro ta`sirini oshishiga aralashtirish, chayqatish, harorat va shunga o„xshash tadbirlar yordam beradi. Sovun eritmalari ta`sirida uglevodorodlarning suvdagi eruvchanligi ortadi, ya`ni sovun molekulalari uglevodorod molekulalari bilan ta`sirlashuvi natijada misellalar kelib chiqadi. Ionogen guruhlar ana shu misellalar tomonidan adsorbsiyalanib, uglevodorod zvenolari orasiga o„rnashadi va sistemani barqaror holatiga olib keltiradi. Bunda solyubilizasiya jarayoni sodir bo„ladi. Demak, moddalarning sirt aktiv moddalar misellalarida erish hodisasi solyubilizasiya deyiladi. Ma‟lumki, Dyukle-Traube qoidasiga binoan, SAM radikalining bitta guruhiga ortishi sirt aktivligini taxminan 3,2 marta orttiradi. Bu quyi molekulyar SAM larga tegishli qoida. Biroq, biroq molekulyar massasi nisbatan katta bo„lgan kolloid SAM larda ham uglerodlar soni ortganda sirt aktivligi kamroq darajada bo„lsa ham ortib boradi. Sirt aktivlikdan tashqari SAM larning yana bir muhim xususiyati gidrofil- lipofil balansi (GLB) hisoblanadi. Qutbli guruhning gidrofil xossalari bilan qutbsiz uglevodorod radikalining lipofil (lipos – yog„) xossasining nisbati GLB soni bilan tavsiflanadi. GLB soni turli SAM larning mitsella hosil qilish va emulsiyalarni barqarorlashtirish xususiyatini solishtirish orqali aniqlanadi. SAM suv–moy yoki moy–suv turidagi barqaror emulsiyani hosil qilish qobiliyati GLB ni aniqlash imkonini beradi (19.1 rasm). 279 19.1 rasm. Moy–suv (a) va suv–moy (b) barqaror emulsiyasi 51 . Suv va moyning emulsiyasi hosil bo„lishida SAM ikki suyuq faza chegara sirtida adsorbsiyalanadi. SAM molekulasining gidrofil qismi suv fazasiga yo„nalgan, uzun gidrofob radikali moy fazasiga yo„nalgan. SAM chegara sirtini to„liq o„rab olgani holda sirt energiyasini kamaytiradi va zarrachalarni bir-biriga qo„shilib yiriklashishiga to„sqinlik qiladi. Shu tariqa termodinamik va kinetik barqaror emulsiya hosil bo„ladi. GLB ni hisoblash uchun shartli ravishda natriy oleatnikini 18, trietanoaminnikini 12, olein kislotanikini 1 deb qabul qilingan. Gidrofillik qancha ko„p bo„lsa, GLB shuncha katta bo„ladi, uning qiymati 1 dan 40 gacha o„zgaradi. Suv va moyning ma‟lum emulgator va tekshirilayotgan SAM bilan standart emulsiyasi tayyorlanadi. Emulsiyani 24 soat ushlab turib, eng barqaror emulsiyani tanlab quyidagicha GLB hisoblanadi: bu yerda – barqaror standart emulsiya hosil qiluvchi SAM ning GLB soni, – ma‟lum bo„lgan emulgator miqdori va soni, – tekshirilayotgan SAM miqdori va soni. GLB sonini aniqlashning boshqa usullari ham bor. GLB sonining fizik ma‟nosi shundaki, u SAM molekulasini moy fazasidagi adsorbsiya ishini suv fazasidagi adsorbsiya ishiga nisbatini bildiradi. Moyning suvdagi barqaror emulsiyasirni hosil qilish uchun GLB soni 10 dan 16 gacha, suvning moydagi 51 go.mail.ru/search_images?fr=main&q=коллоидная%20химия&frm=web 280 emulsiyasini hosil qilishuchun esa GLB soni 3 dan 5 gacha bo„lishligi tavsiya etiladi. Yarim kolloid sistemalar. Yarim kolloid sistemalarning mikrogeterogenligi ularning o„ziga xos belgilaridan hisoblanadi, bu xossalar asosan kolloid eritmalarning chin eritmalaridan farq qilishidir. Biroq, bir vaqtning o„zida zol holatida ham chin eritma holatida yoki gel (iviq) holatida bo„ladigan sitemalar ham bor. Bunday sistemalar qaytar termodinamik muvozanat holatida turadi. Yarim kolloid deb ataladigan bunday sistemalarga: sovun va yuvuvchi vositalar eritmalari, ba`zan bo„yqlar, oshlovchi moddlar kiradi. Yarim kolloid eritmalar sistemalarda chin eritma, zol va gel muvozanat holatida turadi (chin eritma-zol-gel). Kolloid holatda yarim kolloid hosil qilish uchun haroratni kamaytirish yoki dispers fazaning konsentrasiyasini oshirish zarur. Molekulalararo tortilish kuchlari tufayli suvli eritmalarda uglevodrod zanjirlari assosiyalangan molekulalrga birlashib, molekulyar massasi 12000- 22000 bo„lgan sferik va plastinkasimon misellalar hosil qiladi. MKK chin eritmaning taxminan 90% kolloid sistemaga to„la o„tishiga mos keladigan konsentrasiyadir. Ba`zi bir eritmalarning masalan, gomogen sistemaning geterogen sistemaga o„tishi yorug„lik yoyilishining kuchayishiga ko„ra kolloid- kimyoviy xossalarining o„zgarishi bo„yicha misellaning hosil bo„lishi to„g„risida fikirlash mumkin. Shuning uchun eritmaning qator konsentrasiyasi uchun loyqalanish qiymatini tajriba yo„li bilan aniqlab, koordinatalarda egri chiziq tuziladi, hamda egri chiziqning keskin ko„tarish bo„yicha MKK topiladi. MKK ni osmometrik usul bilan aniqlash mumkin. Misella hosil bo„lishning kritik konsentrasiyasini solyubilizasiya usul bilan ham aniqlanadi. Agar suvli konsentrlangan sirt aktiv modda eritmasiga suvda erimaydigan organik modda qo„shilsa (aromatik uglevodorodlar, ba`zi bo„yoqlar va boshqalar) vaqt o„tishi bilan tiniq, yoyilmaydigan eritma hosil bo„ladi. Bunda sirt aktiv moddaning misellalarda erish hodisasi, ya`ni solyubilizasiya yoki kolloid erish sodir bo„ladi. Solyubilizasiyalangan modda miqdorini yarim kolloid eritmaning konsentrasiyasiga bog„liqligini aniqlab, tajriba yo„li bilan MKK ni topish mumkin. Solyubilizasiya polimerlarni emulsiya holatida olishda, bo„yivchi eritmalarni barqarorlashtirishda, farmasevtika, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatida va boshqa maqsadlarda keng ko„lamda ishlatiladi. 281 19.3. Mikrogeterogen sistemalar. Zollarga nisbatan dag„alroq bo„lgan dispers sistemalar mikrogeterogen sistemalar deyiladi. Ulardagi zarrchalarning o„lchami 10 -7 dan 10 -4 metrgacha bo„ladi. Ko„pincha bu zarrachalarni oddiy optik mikroskop yordamida ko„rish mumkin, shuning uchun ham mikrogeterogen deb nomlangan. Mikrogeterogen sistemalarga gazsimon dispersion muhitli (aerozol, kukun) va suyuq dispersion muhitli (ko„pik, suspenziya, emulsiya) sistemalar kiradi. Ularning xossalari asosan adsorbsiya, xo„llanish, adgeziya kabi sirt hodisalari bilan belgilanadi. SHu bilan birga ularning har biriga tegishli bo„lgan o„ziga xos xossalarini o„rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Download 4.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling