O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta`lim


Download 4.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/81
Sana25.08.2023
Hajmi4.15 Mb.
#1670003
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
Физик ва коллид химия. Дарслик

Aerozollar. Aerozollar gazsimon muhit, masalan havoda, suyuqlik yoki 
qattiq dispers faza zarrachalaridan iborat sistemadir. Gaz tomondan sirt qatlamini 
hosil qilib bo„lmaganligi uchun ularda barqarorlikning termodinamik omili amal 
qilmaydi. Bu sistemalar faqat kinetik barqarorlikka ega shuinng uchun katta 
konsentratsiyalarda mavjud bo„la olmaydi. 1 sm
3
aerozoldagi zarrachalar soni 10
7
dan ko„p bo„lmaydi. Gaz muhitida broun harakati ancha intensiv bo„lganligi uchun 
zarrachlar tez koagulyasiyaga uchraydi va tez cho„kib qoladi.
Aerozollar katta amaliy ahamiyatga ega. Tabiatda bulut va tumanning hosil 
bo„lishi, ishlab chiqarishda va turmushda qo„llaniladagan sepish, namlash, himoya 
qatlamini xosil qilish vositalari, deyarli barcha sanoat korxonalarida ajralib 
chiqadigan tutun va changlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, paxta tozalash va 
to„qimachilik korxonalarida hosil bo„ladigan momiq changi xom ashyoni behuda 
sarf bo„lishiga, 
atrof-muhitni ifloslanishiga, ishchi-xodimlar 
salomatligi 
yomonlashishiga sabab bo„ladi. Havodagi dispers faza zarrachalarini ushlab qolish 
uchun chang kameralari, inersion chantutgich va siklonlar, skrubberlar 
qo„llaniladi. Lekin ularda nisbatan yirikroq (3-5 mkm) zarrachalar ushlab qolinadi. 
Mayda zarrachalarni ushlab qolish uchun elektrofiltlardan foydalanish kerak. 
Suspeziyalar. Suyuq dispersion muhit va qattiq dispers fazadan iborat 
mikrogeterogen 
sistemalar 
suspenziya 
deyiladi. 
Ulardagi 
dispers 
faza 
zarrachalarining o„lchamlari 10
-6
dan 10
-4
metrgacha bo„ladi. Suspenziyalarning 
olinish va barqarorlashtirish usullari ko„p jihatdan kolliod eritmalar – zollarnikiga 
o„xshash bo„ladi. Suspenziyalarning kolloid eritmalardan keskin farqlanishi 
ularning molekulyar-kinetik va optik xossalarida bilinadi. Suspenziyalarda 
diffuziya va osmos hodisalari deyarli kuzatilmaydi. Suspenziyalardan yorug„lik 
o„tkazilganda opalessensiya hodisasi sodir bo„lmaydi, hiralik namoyon bo„ladi, 


282 
chunki yorug„lik nurlari yoyilmasdan zarrachalarga urilib sinadi va orqaga 
qaytadi.
Suspenziyalarda elektr potensiali va qo„sh elektr qavatning tuzilishi 
zarrachalarning o„lchamiga kamroq bog„liq. Biroq dispers sitemadagi solishtirma 
sirtning ortishi qo„sh qavatdagi qarama-qarshi ionlarning konsentratsiyasini 
ortishiga, va o„z navbatida sistemaning ko„plab xossalariga ta‟sir ko„rsatadi. 
Suspenziya agregativ barqarorligining entropiya omili mavjud emas, koagulyasiya 
tezligi broun harakatiga bog„liq emas. Agregativ barqarorlikning boshqa omillari 
suspenziya va ilozollarda o„zaro yaqin bo„ladi. Sedimentatsion beqaror bo„lgan 
suspenziyalarning cho„kmalali zarrachlarning birinchi kontaktidayoq hosil 
bo„lganligi sababli dastlabki strukturasini saqlab qoladi, ko„pincha bo„sh 
cho„kmalar hosil bo„ladi. Koagulyasiyaga va sedimentatsiyaga uchragandan keyin 
bo„sh cho„kmalarni yana dispers holatga o„tishi – peptizatsiya hodisasi 
suspenziyalarga xosdir. 
Emulsiyalar. Dispersion muhit ham, dispers qaza ham suyuqlik bo„lgan 
erkin dispers sistemalardir. Emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklar bir-birida erimaydi 
yoki qisman eriydigan bo„ladi. Dispers fazani hosil qiluvchi suyuqlik o„lchamlari 
10
-7
m dan ko„z bilan ko„rish mumkin bo„lgan kattalikgacha tomchilar holida 
ikkkinchi suyuqlik muhitida tarqalgan bo„ladi. Emulsiya hosil qilgan 
suyuqliklardan biri qutbli, ikkinchisi qutbsiz bo„ladi va u “moy” deb ataladi. 
Emulsiyalar tabiatda uchraydi (sut, o„simliklar soki va h.k.), insoniyat 
faoliyatining ko„p sohalarida katta ahamiyatga ega: qurilishda (suspenzion 
qoplamalar), to„qimachilik, qog„oz va charm (moylovchi, oxorlovchi, 
oqartiruvchi, bo„yovchi, elimlovchi kompozitsiyalar), oziq-ovqat, kimyo sanoati, 
meditsina, farmatsevtika, kosmetika juda keng qo„llaniladi.
Suspenziyalar barcha geterogen sistemalar kabi katta solishtirma chegara 
sirtiga ega, termodinamik beqaror sistemadir. Emulsiyalarda suyuqlik 
tomchilarining o„z-o„zidan qo„shilishi – koalessensiya hodisasi ro„y beradi. 
Jarayon flokulyasiya bilan yakunlansa, bir necha tomchilardan iborat agregatlar 
hosil bo„ladi, ma‟lum sharoitda ular yana parchalanib ketishi mumkin. Agar 
kattaroq agregatlar hosil bo„lsa dispers faza cho„kadi yoki suzib chiqadi va 
suyuqliklar ikki qatlmaga ajralib qoladi.
Suspenziyalarning barqarorligi zarrachalarning disperslik darajasi, ayrim 
fazalarni hosil qiluvchi suyuqliklar zichliklarining farqi, muhitning qovushqoqligi 
bilan belgilanadi. Albatta yuqori dispers emulsiyalar dag„al dispers emulsiyalarga 
nisbatan sedimentatsion barqarorligi yuqoriroq. Emulsiyaning koalessensiyaga 


283 
barqarorligi dispers fazaning konsentratsiyasi bilan, aniqrog„i hajm birligidagi 
zarrachalar soni bilan va to„qnashuvlar chastotasi bilan belgilanadi. Suyultirilgan 
emulsiyalar uzoq vaqt saqlanishi mumkin, konsentrlangan emulsiyalarni 
barqarorlashtirish uchun emulgator qo„shish kerak bo„ladi. 

Download 4.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling