О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim


 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana04.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1166442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XOLMIRZAYEVA MARJONA kurs ishi

1. 2. Lаhzаli, sensоr (ikоnik, exоik) qisqа muddаtli, uzоq muddаtili, оperаtiv vа 
оrаliq xоtirа.
Izchil obrazlar. Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan 
iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgandir: 
agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan, 
10—15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiriluvchi 
oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geomet-rik shakl 
izini ko‘rishda davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda tovlanadi. Mazkur 
iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 sekunddan to 
45—60 sekundgacha o‘sha obyektda sakdanib turadi, shundan so‘ng u asta-sekin 
oqara boshlaydi; natija-da o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo 
yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi mum-kin. 
Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, iz-chil obrazlarning 
aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. O‘zining kelib chiqishi, 
kuchliligi jihatdan izchil obrazlar sal-biy va ijobiy turlarga bo‘linadi. Agar izchil 
ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u 
holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo bo‘lganday tuyuladi. Izchil obrazlar-ning 
ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali 
tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i xonada ko‘z 
oldida bir narsa, masalan, qo‘l yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli (0, 5 sek) 
elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa 
davo-mida narsalarning aniq obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z 
rangida bir qancha muddat saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. Izchil obrazlar xotira 
jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba ruhiy holatni ong bilan 
boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab uzaytirish, ixtiyoriy ravishda 
qayta tiklash mum-kin emas. Binobarin, izchil obrazlar ushbu xotiraning 
murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. Izchil obrazlarni eshitish, teri 
orqali sezishda kuzatish mum-kin, lekin bu vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq 
namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi kuzatiladi. Eydetik obrazlar. 


14 
Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eyde-tik obrazlarni farqlash an’ana tusiga 
kirgan («eydos» — yunoncha «obraz» degan ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, 
ya’ni eyde-tik obrazlar o‘z vaqtida nemis psixologiya maktabining namoyandala-ri 
aka-uka Yyenishlar tomonidan ta’riflab berilgan. Ba’zi odam-larda, ayniqsa, bolalik 
va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida kuza-tilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib 
qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ega. Mazkur narsa va 
jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini ku-zatish mumkin. Bu hodisa jahon 
psixologiya fanida tajribada tek-shirilib ko‘rilgan. Tajribada tekshiriluvchiga 3-4 
daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan so‘ng uning tarkibiy 
qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu jarayonda ayrim 
tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olma-gan bo‘lsalar, aniq eydetik 
obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasm-ni ko‘rishda davom etayotganday har 
bir savolga aniq javob berishga erishganlar. Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, 
eydetik obrazlar uzoq vaqt inson ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari 
yo‘qo-lib ketgan bo‘lsa ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siy-mosi qayta 
tiklanishi mumkin. Sobiq sho‘ro psixologiyasi fanida eydetik obrazlarning namoyon 
bo‘lishi hodisasi (yorqin eydetik xotiraga ega bo‘lgan kishining psi-xologik 
xususiyatlari) A. R. Luriya tomonidan ko‘p yillar davomida o‘rganilgan. Eydetik 
xotiraning individual-tipologik xususiyatla-ri chuqur ta’riflab berilgan. Eydetik 
obrazlar harakatchanlik xusu-siyatiga ega bo‘lib, subyektning oldiga qo‘yilgan 
vazifa va uning tasavvurlari ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Aka-uka Yyenishlar 
tomonidan o‘tkazilgan oddiy tajribada eyde-tik xotiraga ega bo‘lgan tekshiruvchiga 
olma va undan sal uzokroqda joylashgan ilgak tasvirlangan rasm ko‘rsatilgan. Rasm 
o‘rtadan bo‘lib qo‘yilgandan keyin tekshiruvchidan olmani olish istagi kuchayib 
borayotganligi so‘ralgan. Muayyan yo‘l-yo‘riq berilgandan keyin tekshi-riluvchi 
mana bunday holatni tasvirlab beradi: ilgak olmaga yaqin-lashib, uni iladi va 
ixtiyorsiz ravishda qatnashchi tomon tortadi. Xullas, eydetik obraz harakatchan 
bo‘lib, subyektning ruhiy ko‘rsat-masi ta’siri ostida sifat va mikdor o‘zgarishga yuz 
tutadi. Eydetik obrazlar, ilmiy tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalik va o‘spi-


15 
rinlik davrlarida muayyan muddat hukm suradi va vaqtning o‘tishi bilan uning izlari 
asta-sekin so‘na boradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling