O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim va


Download 5.53 Mb.
bet4/10
Sana21.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1643250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'BEKISTON TARIXI FANIDAN KURS ISHI UCHUN NA\'MUNA

Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy 35 betni tashkil etadi.



I BOB. SHAYBONIYXONNING MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA SIYOSIY HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI MAVZUSINING MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK TAHLILI5
1.1. Mavzuning manbashunosligi
XV-XVI asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Muhammad Shayboniyxon
siyosiy faoliyati va u asos solgan shayboniylar sulolasi hamda davlati tarixini yoritishda tarixiy manbalarni o‘rganish, ya’ni yozma manbalardagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish mavzuni to‘laroq yoritishga yordam beradi. Bu davrda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi mahalliy manbalar Shayboniyxon davri davlatchiligi, harbiy-siyosiy jarayonlar va ijtimoiy-iqtisodiy holatlarga oid masalalarni ham qamrab oladi. Shayboniyxon davri davlatchiligi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni yorituvchi manbalarni qaysi tilda yaratilganligi va turiga qarab uch guruhga bo‘lib, tahlil qilish maqsadga muvofiq: 1) Fors-tojik tilida yozilgan asarlar. 2) Turkiy (eski o‘zbek) tilida yozilgan asarlar. 3) Sayyohlarning kundaliklari6.
Birinchi guruhga: “Fors-tojik tili”dagi tarixiy manbalar tashkil etib, bu manbalarda Shayboniyxon davri tarixchilari o‘zlaridan oldin o‘tgan muarrixlar izidan borganlar. Shayboniyxon davri davlatchiligi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy- iqtisodiy holat haqida ma’lumot beruvchi fors tilidagi asarlar ko‘plab uchraydi7. Bu
asarlarni mavzu manbashunosligi doirasida, ya’ni ulardagi shayboniylar sulolasi vakillari tasnifi, davlat boshqaruvi, mansabdor shaxslar faoliyati, xo‘jalik tizimi,


5 Бу бобнинг таҳлилида тарихчи олимлар А.Замонов ва К.Тўхтабековларнинг тадқиқотларига кўпроқ таянилди.
6 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври).
– Т.: Баёз, 2018. – 7 б.
7 Фазлаллах ибн Рузбехон Исфахани. Михман-нама-йи Бухара (Записки бухарского гостя) / Перевод,
предисловие и примечания Р.П.Джалиловой. – М.: Наука, 1976; Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий.
/ В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010.; Ғиёсиддин Хондамир. Ҳабиб ус-сияр фи ахбори афроди башар / Форс тилидан таржима, кириш ва изоҳлар муаллифи И.Бекжонов. – Т.: Шарқ, 2011; Ғиёсиддин Хондамир. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори афроди башар (тўлиқ вариантда) / Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифи Ж.Ҳазратқулов, И.Бекжонов. – Т.: Ўзбекистон, 2013; Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. / Форс тилидан С.Мирзаев таржимаси. Илмий муҳаррир, нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Аҳмедов – Т.: Шарқ, 1-китоб, 1999, 2-китоб, 2000; Муҳаммадёр ибн Қатаған. Мусаххир ал-билод / Форс тилидан таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Шарқ, 2009; Шах-Махмуд Чурас. Хроника / Перевод, пред. и прим. О.Ф.Акимушкина. – Москва: 1976; Муҳаммад Толиб. Матлаб ут-толибин / Ўзбек тилига таржима, сўзбоши ва изоҳлар муаллифлари Ғ.Каримий, Э.Миркомилов. – Т.: Мовароуннаҳр, 2016; Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 2001.
– Б. 199-246.

savdo-sotiq va mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokiga oid ma’lumotlarni tahlil qilamiz.


Fors tilidagi manbalar qatoriga kiruvchi “Fathnoma” nomli tarixiy mavzudagi she’riy doston muallifi Mulla Shodiydir. Asar Shayboniyxonning inisi Mahmud Sulton topshirig’i bilan 1502 yilda yozilgan. Unda Shayboniyxon tavallud topgandan 1451 yildan to 1501 yil iyun oyigacha bo‘lgan asosiy ijtimoiy- siyosiy voqealar keng yoritilgan. Shuningdek, asarda Shayboniyxonning Turkiston, Andijon, Buxoro va Qarshi viloyatlaridagi harbiy harakatlari, xususan, 1501 yilda Samarqand shahrini egallash jarayoni, xalqning turmush tarzi, soliqlar, hukmdor va uning sarkardalari o‘rtasida o‘ljalarni taqsimlash hamda Shayboniyxonning qo‘shinlarni safga tortish, qismlarga qo‘mondon tayinlash borasidagi mahorati tasvirlangan8.
Shoir va tarixnavis olim Kamoliddin Binoiyning fors tilida bitilgan “Shayboniynoma” she’riy dostonida (1505-1507) Shayboniyxon tavalludidan to Dashti Qipchoq o‘zbeklari tomonidan Movarounnahr va Xorazmni 1505 yili bo‘ysundirilishiga qadar bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Asarning qo‘lyozma nusxalari ko‘p, bulardan birini Shayboniyxonning shaxsiy kotibi Muhammad Mo‘min ko‘chirgan, ayrim satrlari esa Shayboniyxonning o‘z qo‘li bilan ko‘chirilgan. Yana bir qo‘lyozma nusxasi bo‘lib, ushbu asarning xorazmlik mashhur tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniy (1858-1923) tomonidan qilingan o‘zbekcha tarjimasidir. Asar Binoiy tomonidan Muhammad Shayboniyxon davrida, uning xizmatida bo‘lgan paytida, xon hamda uning o‘g’li nazorati ostida bitilgan. Bu manbada XVI asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Shayboniyxon tomonidan o‘z hokimyatining o‘rnatilishi, davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid ma’lumotlarni ko‘plab uchratish mumkin9.
Tarixchi olim B.Axmedovning fikricha, “Fathnoma” asari Mulla Shodiy
tomonidan 1502 yilda yozilgan bo‘lib, mazkur asar she’riy doston janrida yozilgan. Asar


8 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври).
– Т.: Баёз, 2018. – 7 б.
9 Биноий К. Шайбонийнома // Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. T.: Fan va texnologiya,
2014. – 9, 10, 11 б.


Shayboniyxonning inisi Mahmud Sulton topshirig’iga ko‘ra amalga oshirilgan. Dostonda Muhammad Shayboniyxon dunyoga kelgan kundan boshlab to 1501 yil iyunigacha o‘zbek ulusi va Movarounnahr hududida yuz bergan muhim siyosiy-harbiy voqealar keng yoritilgan. Asarda Shayboniyxonning Turkiston, Andijon, Buxoro va Qarshi viloyatlaridagi harbiy yurishlari tasvirlangan10.
Tadqiqotchi A.Zamonovning ma’lumotlariga ko‘ra, asarda Muhammad Shayboniyxonning tavallud kunidan boshlab to 1505 yilgacha, ya’ni uning qo‘li ostidagi qo‘shinlar tomonidan Movarounnahr va Xorazmning bo‘ysundirilishiga qadar bo‘lib o‘tgan voqealar hikoya qilinadi. Binoiy shayboniylarning qal’alarni qamal qilish tadbirlari, qo‘shinning moddiy ta’minoti va qo‘lga tushgan o‘ljalarni taqsimlash jarayoni, askarlarning jangdan bo‘sh paytlardagi mashg’ulotlari, Muhammad Shayboniyxonning xo‘jalik tizimini tartibga solishga xizmat qiladigan turli inshootlar qurdirgani, xususan, 1502 yilda Zarafshon daryosi ustiga ko‘prik qurilishi, Samarqand qal’a devorining ta’mirlanishi, xon huzurida uyushtiriladigan
to‘ylar va bazmlar, ularning o‘tkazilish tartiblari xususida qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tgan11.
Yana bir tarixiy manba Shayboniyxon va Ubaydullaxon saroyida xizmat qilgan Fazlulloh ibn Ruzbehxonning 1509 yil yaratilgan “Mehmonnomayi Buxoro” asarida Shayboniyxonning 1508-1509 yil qish oylarida qozoq sultonlari Joniy va Ahmad Sultonlar ulusiga uyushtirgan harbiy yurishi bayon etilgan. Fazlulloh ibn Ro‘zbehxon bu yurishda shaxsan ishtirok etgan. Asar voqealarini shaxsan o‘zi ko‘zi bilan ko‘rganlarini yozgan. Fazlulloh Ro‘zbehxon Shayboniyxon hayotining oxirgi 5-6 yilida doimo u bilan birga bo‘lib, unga hamrohlik qilgan, mashvaratlar va harbiy yurishlarining deyarli barchasida ishtirok etgan hamda ko‘rgan-bilganlarini mazkur asariga kiritgan12.


10 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – Т.: Ўқитувчи, 2001. – 199 б.; Ахмедов Б.А. Историко-
географическая литература Средней Азии XVI-XVIII вв. (письменные памятники). – Т.: Фан, 1985. – 59 б..
11 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври).
Т.: Баёз, 2018. – 10 б.
12 Фазлуллоҳ ибн Рўзбеҳхон. Меҳмонномаи Бухоро // Ўзбекистон тарихи. Хрестоматия. XVI-XIX асрлар. –
T.: Fan va texnologiya, 2014. – 30 б..


Mirzo Muhammad Haydar qalamiga mansub “Tarixi Rashidiy” asari o‘sha davr Movarounnahr va unga tutash mintaqalar tarixiga doir muhim manbalardan biridir. Manbada XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi siyosiy jarayonlar, temuriylar va shayboniylar o‘rtasidagi kurash, diniy-ma’naviy hayot va madaniyat sohasida yuz bergan voqealar muallifning ko‘rgan-kechirganlari negizida qalamga tushirilgan. “Tarixi Rashidiy”ning muhim jihatlaridan biri shundaki, undan temuriylarning Movarounnahrdagi so‘nggi namoyondalaridan biri Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)ning Shayboniyxon hamda shayboniy sultonlar bilan olib borgan kurashlariga doir (sarkardalar nomi, shaharlar va qal’alar tasnifi, davlat boshqaruvi, an’analari, ariqlar, ko‘priklar qurilishi, har ikkala tomon qo‘shinlarining ahvoli, miqdori va ular o‘rtasidagi tafovut, askarlarning etnik tarkibi va qaysi hududlarga mansubligi va h.k.) ma’lumotlar o‘rin olgan13.
Tarixchi G’iyosiddin Xondamirning 1520-1524 yillarda yozilgan eng yirik asari “Habib us-siyar” XVI asrning birinchi choragida kechgan harbiy-siyosiy tarixni o‘rganishda muhim manba hisoblanadi14. Xondamir Navoiy vafotidan so‘ng
Sulton Husayn Boyqaroning to‘ng’ich o‘g’li Badiuzzamon saroyida xizmat qilib, uning topshirig’i bilan Shayboniyxonga qarshi Qunduz va Qandahor hukmdorlarini yagona ittifoqqa birlashtirish maqsadida yo‘llangan elchilar tarkibida bo‘lgan
Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad Buxoriy tomonidan yozilgan “Sharafnomai shohiy” (“Abdullanoma”) asari ham shayboniylar davri voqealarini o‘zida mujassam etgan15. Ushbu manbada shayboniylar davrining siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va boshqa manbalarga qaraganda bu masalalar bir oz kengroq yoritilgan. Unda sulola asoschisi va vakillarining shajarasi, mulklarning shahzodalar va sulolaga mansub sarkardalar o‘rtasida taqsimlanishi, Dashti Qipchoqdan Shayboniyxon bilan

13 Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий. / В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010.; Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). Т.: Баёз, 2018. – 11 б.
14 Ғиёсиддин Ҳумомиддин Хондамир. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори афроди башар / Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари Ж.Ҳазратқулов, И.Бекжонов. – Т.: Ўзбекистон, 2013.
15 Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарифномайи шоҳий) / Форс тилидан С.Мирзаев таржимаси. 1-
китоб. – Т.: Шарқ, 1999.; Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома. (Шарафномаи шоҳий) / Форс тилидан С.Мирзаев ва Ю.Ҳакимжонов таржимаси. Илмий муҳаррир, нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи Б.Аҳмедов. – Т.: Шарқ, 2-китоб, 2000.

Movarounnahrga kirib kelgan qabilalari va ularning etnik tavsiflari, turli davlat mansablari va ularning tavsifi, tovar-pul munosabatlari, din arboblari, xo‘jalar va ularning yer-mulklari, mamlakatdagi qurilish-obodonchilik ishlari, suv inshootlari, ko‘priklarning qurilishi bilan bog’liq voqea-hodisalar xususidagi qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.


Mahalliy tarixchi Muhammadyor ibn Arab Qatag’an qalamiga mansub “Musaxxir al-bilod” (“Mamlakatlarning egallanishi”) nomli asar shayboniylar davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy voqealari hamda harbiy jarayonlar haqida kengroq ma’lumot beradi16. Bu asarda ham shayboniylarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti haqida anchagina ma’lumotlar berilgan. Xususan, sulola vakillarining shajarasi, mulklarning shahzodalar va sulolaga mansub sarkardalar o‘rtasida qatsimlanishi, mansabdor shaxslar faoliyatiga doir ko‘plab faktlar keltirilgan.
Yana bir muhim manba “Bahr ul-asror” asari bo‘lib, uning muallifi Mahmud ibn Amir Vali Balx hokimi ashtarxoniy Nodir Muhammadxonga xizmat qilgan. U yaratgan “Bahr ul-asror fi manoqib al-axyor” nomli kompilyativ asarining 6 jildida Shayboniyxon asos solgan davlat boshqaruvi, mulklar va ularning taqsimlanishi, daryolar, ariqlar, sug’orish inshootlari haqida ma’lumotlar mavjud.
Shuningdek, XV asr oxiri – XVI asrdagi ijtimoliy-siyosiy vaqealar, Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi tarixini tarixchilar Xondamir, Hasanbek Rumlu, Abulfazl Allamiy, Amir Ahmad Roziylar o‘z asarlarida batafsil yoritganlar. Bu asarlarda Shayboniylar sulolasi hukmdorlarining siyosiy portretlari
to‘la o‘z aksini topgan.
Ikkinchi guruhga: Turkiy tilda yozilgan manbalar bo‘lib, ularda XVI asr ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tarixiga oid qimmatli ma’lumotlar beradi. Bunday asarlar turkimuga Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, muallifi noma’lum “Tavorixi guzida” –


16
Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод / Форс тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Янги аср авлоди, 2009.


“Nusratnoma”, Abulg’oziy Bahodirxoning “Shajarayi turk” asarlari kiritish mumkin17.
Shayboniylar haqida batafsil ma’lumot beruvchi asar “Vaqoyi’” – voqealar, ya’ni Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarining asl nomidir. Bu asarning asl matni uch marta: 1857 yili Qozonda N.I.Ilinskiy tomonidan Buxoro qo‘lyozmasi va ikki marta 1905 va 1970 yillari Londonda A.Beverij xonim tomonidan Haydarobod qo‘lyozmasi asosida chop qilingan edi. Kiril-rus alifbosida 1948-1949 yillari ikki jildli S.Mirzayev va P.Shamsiyev tomonidan birinchi bor va 1960 yili bir jild sifatida chop qilingan edi. M.Salye tomonidan rus tiliga tarjima qilinib, 1958, 1993 yillari Toshkentda bosilib chiqdi. Asar S.Hasanov tomonidan 2002 yili P. Shamsiyev, S.Mirzayev va yapon olimi Eyji Manu nashrlari asosida “Vaqoyi’” asar matni chop etildi. Bu asar to‘g’risida S.Azimjonova tomonidan rus tilida uchta kitob chop etilgan bo‘lsada, o‘zbek tilidagi tadqiqotlar, asosan filologik yo‘nalishda amalga oshirilgan18.
Boburnoma asarida 1493-1529 yillardagi voqealarni o‘z ichiga olgan. Undan O‘rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, harbiy san’ati, xo‘jalik haytiga oid nodir va qimmatli ma’lumotlarni topish mumkin19. Asarda Boburning Samarqand taxti uchun Shayboniyxon bilan
olib borgan kurashi batafsil yoritilgan. Shuningdek, 1501 yilning bahorida Saripul degan joyda Shayboniyxon bilan jangi ham qalamga olingan20.
Tavorixi guzida va Nusratnoma (Saylanma solnomalar, G’alabalar kitobi) nomli tarixiy asar XVI asrda yaratilgan, biroq muallifi aniqlanmagan. Sharqshunoslardan A.A.Semyonov, R.G.Mukminova va V.P.Yudin ushbu kitobni Shayboniyxon tomonidan yoki uning faol ishtirokida yozilgan, deyishsalar, V.M.Ikromov uning ijodkori “Shayboniynoma” dostonining muallifi Muhammad


17 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома./ Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев, Эйжи Мано. – Т.: Ўқитувчи, 2008; Таворихи гузида – Нусрат-наме / Исследование, критический текст, аннотированное оглавление и таблица сводных оглавлений А.М.Акрамова. – Т.: Фан, 1967; Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т., 1990; Абулғозий Баҳодирхон. Шажараи турк. – Т.: “Чўлпон”, 1990.
18 Саидқулов Т.С. Ўрта Осиё халқлари тарихининг тарихнавислигидан лавҳалар. . – Т.: Ўқитувчи, 1993.
19 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўқитувчи, 2008.
20 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (XVI аср): тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Т.: 2018. – 21 б.

Solihdir degan fikrni bildiradi. Asar muqaddimasida muallif o‘zini “Ojiz”, “G’arib”, “Hokisor” deb ataydi. U “Tavorixi jahonkushoy”, “Tavorixi guzida”, “Muntahab ut-tavorixi ilohiy” nomli kitoblardan saylab tartib qilish haqida buyruq olganligi va unga Shayboniyxon tarixini ham qo‘shib bir asar yaratganligini aytadi21.


Ushbu asar 1502-1505 yillarda yozilgan бўлиб, ikki mustaqil qismdan – “Tavorixi guzida” va “Nusratnoma”dan iborat. Ikkinchi qismida Shayboniyxon tavalludidan to uning Movarounnaxrni istilo qilishigacha Dashti Qipchoq hamda Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan. Asarning qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo‘lgan voqealarning vaqti aniq ko‘rsatilgan. Bundan tashqari Farg’ona viloyatining bosib olinishi faqat bu asarda to‘g’ri va to‘liq yoritilgan22.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda mazkur asarning muallifi Muhammad Solih bo‘lib, u yilnomani Muhammad Shayboniyxon topshirig’i bilan yozgan. Boshqa bir taxminga ko‘ra, asar muallifi Muhammad Shayboniyxonning o‘zi sanaladi. Asarning ikkinchi qismida Shayboniyxon tavalludidan to uning Movarounnahrni istilo qilishigacha bo‘lgan davrdagi Dashti Qipchoq hamda Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bayon qilingan. Asarning qimmatli tomoni shundaki, unda sodir bo‘lgan voqealarning vaqti aniq ko‘rsatilgan. Boburning Samarqandga kelishi, Shayboniyxon lashkarining shaharni qamal qilishi va ishg’ol etishi, Jonibek sulton va Mahmud sultonning Shohruxiyaga yurishi hamda Xo‘jandgacha yetib borgani va ayniqsa, Farg’ona viloyatining Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi faqat shu asarda to‘g’ri va to‘liq yoritilgan23.
Muhammad Solihning tarixiy dostoni “Shayboniynoma”da Muhammad Shayboniyxonning hayoti va olib borgan urushlari haqida hikoya qilinadi. Asarda Shayboniyxon tug’ilgandan to 1505 yilgacha Dashti Qipchoq, Movarounnahr va

21 Таворихи гузиде, Нусратнома. – Т., 1977. – 18-19 б.
22 Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари. – 188 б.
23 Қаранг: Таворихи гузида – Нусрат-наме / Исследование, критический текст, аннотированное оглавление и
таблица сводных оглавлений А.М.Акрамова. – Т.: Фан, 1967.; Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 19-20 б.

Xorazmning ijtimoiy-siyosiy tarixi bayon qilinadi24. Shayboniynoma asari nazmiy


doston bo‘lib, unda Muhammad Shayboniyxonning 1499-1506 yillar orasidagi yurishlari aks ettirilgan.
Xiva xoni va tarixchi olim Abulg’ozi Bahodirxon yozgan (1643-1663) “Shajarayi turk va mo‘g’ul” (1664) asarining VIII bobida Shayboniyxon va uning Movarounnahr, Qozog’iston, Sibir va Qrimda hukmronlik qilgan avlodlari hamda asarining so‘nggi, IX bobida 1511 yildan Xorazmda hukmronlik qilgan shayboniylar (arabshohiylar), ularning Buxoro shayboniylari bilan o‘zaro aloqalari haqida ma’lumotlar mavjud25.
Uchinchi guruhga: Sayyohlarning kundaliklari asosida yozilgan memuar asarlarda, Masalan, Zayniddin Vosifiyning “Badoyi’ ul-vaqoyi’” (Nodir voqealar), turk admirali Seydi Ali Reisning “Mirot ul-mamolik” (mamlakatlar ko‘zgusi) va “Moskva kompaniyasi” elchisi Antoniy Jenkinsonning “Rossiyadagi Moskvadan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat” nomli estalik memuar asarlarida shayboniylarning davlatining tashkil topishi davlat boshqaruv tizimidagi siyosiy vaziyat hamda mamlakatda olib borilgan ichki va tashqi siyosati haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan26.
Jumladan, Seydi Ali Reisning Muallifning “Mir’ot ul-mamolik” nomli asari XVI asrda Turkiya, Hindiston, Afg’oniston, O‘rta Osiyo va Eron mamlakatlaridagi siyosiy vaziyat, o‘zaro kurashlar, davlatlar o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar haqida ma’lumot beruchi muhim manbalar qatoriga kiradi. Asarda XVI asrda Movarounnahrdagi siyosiy parokandalik, sultonlar o‘rtasidagi siyosiy kurashlarni o‘z nuqtai nazaridan yoritgan27.


24 Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т.: Ўз ССР Фанлар Академияси нашриёти, 1961. – 80-133 б.
; Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т., 1990.
25 Абулғозий Баҳодирхон. Шажараи турк. – Т.: Чўлпон, 1990.– 110-115 б.
26 Сейди Али Раис. Миръот ул-мамолик / Таржима ва изоҳлар муаллифи Ш.Зуннунова. – Т.: Ўз ССР Фанлар Академияси нашриёти, 1963; XVI-XVII асрларда рус элчиларининг саёҳатлари. Мақола рўйхатлари. Масъул муҳаррир Д.С.Лихачев. – М., 1954; Лунин Б.В. Ўзбекистон тарихи манбалари. XVI-XIX аср саёҳатчилари, жуғрофиюн олимлари, ёзувчилари. – Т., 1988; Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат. / Рус тилидан таржима, кириш, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. – Т.: Баёз, 2017.
27 Сейди Али Раис. Миръот ул-мамолик / Таржима ва изоҳлар муаллифи Ш.Зуннунова. – Т.: Ўз ССР Фанлар
Академияси нашриёти, 1963. – 97-111 б.


“Moskva kompaniyasi” elchisi Antoniy Jenkinsonning “Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat” nomli esdaliklari ham muhim tarixiy manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Ingliz diplomati, sayyohi va Angliyaning Rossiyadagi elchisi sifatida tanilgan bu shaxs Moskva knyazi Ivan Grozniyning elchisi sifatida 1558-1560 yillari Buxoroga tashrif buyurgan va o‘zining tijorat va sayohati tafsilotlarini rasmiy hisobotlarida yozib qoldirgan28. Asarda Buxoro to‘g’risida, xususan, savdo-sotiq va tijorat
yo‘llari, shahar va ulardagi qal’alar, mudofaa devorlari, harbiy-siyosiy vaziyat, ma’muriy-harbiy amaldorlar va ularning mavqei hamda askarlar amalda qo‘llab yurgan oddiy qurol-yarog’lar haqida ma’lumotlar mavjud29. Jenkinson Buxoro
shahrini tasvirlay turib, uning hunarmandlar va savdogarlar mahallalari, shahar qismlari va mudofaa devori atrofidagi irrigatsiya tizimi haqida ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Kundalik asarning eng ahamiyatlisi shundaki, o‘sha davrning boshqa manbalarida uchramaydigan tovar-pul va yer-suv munosabatlariga doir ma’lumotlar aniq dalillar bilan, ingliz an’analariga qiyosiy solishtirilgan holda bayon etilgan30.
Shuningdek, mashhur adabiyotshunos olim Amir Ahmad Roziyning “Haft iqlim” (Yetti iqlim) nomli geografik-biografik asarida XVI asrda faoliyat ko‘rsatgan shayx, olim, shoir va davlat arboblari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Asarning qo‘lyozma nushalari ko‘p, lekin hali to‘liq nashr qilinmagan. Eronlik tarixchi Iskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan “Tarixi olamoroyi Abbosiy” asarida O‘zbekistonning XVI asr oxiridagi siyosiy ahvoli haqida noyob ma’lumotlarni uchratamiz. Asardan ayrim parchalar B.Dorn (matni) va V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan matni va qisqartirilgan ruscha tarjimasi nashr etilgan. Kitob matni Tehronda 1896 yili toshbosma va 1956 yili bosmasi chop etilgan. Bu manbalarda ham o‘rganilayotgan mavzuga oid ko‘plab ma’lumotlarni uchratish mumkin.

28 Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат. / Рус тилидан таржима, кириш, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. – Т.: Баёз, 2017.
29 Дженкинсон А. Путешествие в Среднюю Азию. 1558-1560 гг. – 183-186 c.
30 Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухоро шаҳригача 1558 йилги саёҳат. / Рус тилидан таржима, кириш, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. – Т.: Баёз, 2017. – 39-43 б.

Xulosa o‘rnida Shayboniyxon davri ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar mavzusiga doir turli tarixiy manbalar va ularning sharhidan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: fors-tojik tilida mahalliy manbalar orqali hukmron sulolalar, ularning nasl-nasabi, tarjimai holi, siyosiy faoliyati, diniy, ma’naviy jihatlariga ko‘plab qimmati faktologik ma’lumotlarni olish mumkin.




Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling