MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. SHAYBONIYXONNING MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA
SIYOSIY HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI MAVZUSINING
MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK TAHLILI
1.1. Mavzuning manbashunosligi........................................................................
1.2. Mavzuning tarixshunoslik tahlili..................................................................
II. BOB. SHABONIYXON TOMONIDAN MOVAROUNNAHR VA
XUROSONDA SIYOSIY HOKIMIYATNING O‘RNATILISHI
2.1. Muhammad Shayboniyxon hayoti va uning siyosiy faoliyatiga kirib
kelishi………………………………………………...………………………...…
2.2. Shaboniyxonning Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hokimiyatni
egallashi…………………………………………………………………………...
XULOSA………………………………………………….………...……………
FOYDALANILGAN MANBALAR VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI……
KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda
mamlakatimiz xalqining ko‘p ming yillik madaniyati, milliy qadriyatlari va urf- odatlarini tiklash hamda fuqarolarda o‘zlikni anglash xalqimizning boy moddiy va ma’naviy merosini tiklashb asrab-avaylash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. “Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”
1.
Tarix ilmi
umuminsoniy qadriyatlar ichida eng asosiysidir. Vatanimiz tarixi va madaniyatida katta o‘rin tutuvchi Shayboniyxon hukmronligi davrini o‘rganish, o‘sha davr voqea-hodisalarini, davlat negizini tashkil etgan boshqaruv tizimini haqqoniy o‘rganish bugungi tarix fanining dolzarb mavzularidan hisoblanadi.
O‘zbekiston davlatchiligi tarixining ajralmas qismi bo‘lgan – Shayboniyxon davrida Movarounnahr va Xurosonning siyosiy hokimiyatining o‘rnatilishi o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur davr O‘rta Osiyo hududida temuriylar sulolasi qo‘lida bo‘lgan Movarounnahr davlatining inqirozga yuz tutishi oqibatida siyosiy kurash nihoyatda kuchaygan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keskin o‘zgarishlar yuz bergan davr hisoblanadi.
Shu bois, o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini o‘rganishda nisbatan kam tadqiq etilgan hamda e’tibordan chetda qolib kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi davri ham o‘ziga xos o‘ringa ega.
O‘zbek davlatchiligi tarixini o‘rganishga jiddiy e’tibor berilayotgan bugungi kunda Buxoro xonligining tashkil topishi, markazlashuvi, markaziy va mahalliy boshqaruv hamda unda faoliyat olib borgan mansablar transformatsiyasining o‘ziga
xos jihatlari, mamlakatda faoliyat olib borgan mansabdor shaxslar hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar,
yer egaligi, uning taqsimlanishi bilan bog’liq an’analar, suv inshootlari va ularning qurilish mexanizmlari, xorijiy mamlakatlar bilan olib borilgan diplomatik munosabatlar,
1 Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев 2017 йил 22 декабрь куни Олий Мажлисга қилган Мурожаатномаси. // Халқ сўзи, 2017 йил 23 декабрь.
savdo-sotiq va boshqa jarayonlarni tadqiq etish va ochib berishga ehtiyoj benihoya katta. Davlatchilikning muhim tayanchi bo‘lgan Shayboniyxon asos solgan xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tarix fanida maxsus o‘rganilmaganligi bois mazkur ilmiy muammo tadqiqot mavzusi qilib olindi hamda tadqiqotda ushbu davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga oid masalalarni yoritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.