O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim va


Download 5.53 Mb.
bet6/10
Sana21.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1643250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'BEKISTON TARIXI FANIDAN KURS ISHI UCHUN NA\'MUNA

II. BOB. SHABONIYXON TOMONIDAN MOVAROUNNAHR VA XUROSONDA SIYOSIY HOKIMIYATNING O‘RNATILISHI

2.1. Muhammad Shayboniyxon hayoti va uning siyosiy faoliyatiga kirib
kelishi
O‘zbek xalqining davlatchiligi tarixi taraqqiyotining bir qismi bo‘lgan shayboniylar davri nafaqat hozirgi O‘zbekiston hududida emas, balki qadimdan juda ko‘plab turkiy urug’lar, qabilalar yashab kelgan Dashti Qipchoq va Sibirda ham, keyinchalik Ko‘k O‘rda va Oq O‘rda tarkibiga kirgan yerlarda, Jo‘chi, Shayboniy uluslarida ham amal qilgan. Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining Sharqiy yerlarida tashkil topgan, qirq yildan ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon (1428-1468) va hamda Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon (1450-1510) davlatlarini ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu unchalik to‘g’ri emas, chunki ushbu davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi bilan shug’ullangani holda, ular tarkibiga, shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida, qisman Xorazm vohasining chekkalarida hunarmandchilik, dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi urug’ va qabilalar ham kirgan.
Mazkur davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumini o‘rganmay turib, O‘zbekiston davlatchiligi tarixini chuqur tushunish mumkin emas. Bir vaqtlar Xurosonda tashkil topgan Saljuqiylar davlati qanday mavqega ega bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davlatlar ham Markaziy Osiyo va Qozog’iston uchun ana shunday katta ahamiyat kasb etgan.
XIV asrning boshlaridayoq Jo‘chi ulusi ikki mustaqil davlatga, Ko‘k O‘rda (tarixda Oltin O‘rda deyilgan) hamda Shaybon avlodlari hukmron bo‘lgan Oq O‘rdaga bo‘linib ketadi. O‘zbeklar mamlakati deb atalgan Oq O‘rda tarkibiga Shaybon ulusi ham kirgan. Tarixchi olim Abulg’ozining yozishicha, Shaybon ulusini 1238 yilda Botuxondan olgan. Uning aniq chegarasini belgilash qiyin bo‘lsa-da, ulus aholisi yozda Ural tog’ining etaklari, Tobol, Ural, Ilek, Irgiz daryolarining o‘rta oqimi, qishda esa Sirdaryoning quyi oqimi, Chu, Sarisuvning quyi oqimi - Qorakumda yashaganligi ma’lum.

Dasht o‘zbeklari davlatining tashkil topishi arafasida - XV asrda Shaybon ulusi ham mayda-mayda xonliklarga (udellarga) bo‘linib ketib, XV asrning 20-


yillarida bir necha mustaqil xonlik mavjud bo‘lgan. Ular orasida siyosiy hokimiyat uchun shiddatli kurash borib, o‘zbeklar asosan, uch toifadagi qabilalar ittifoqidan: Shaybon ulusiga kirgan qabilalar (shayboniylar)dan, qozoqlar va mang’itlardan tashkil topgan. Hokimiyat uchun kurash dastlab Mang’it ulusida Ural va Emba daryolari o‘rtasida yuz berib, mang’itlar Jumoduqxon ulusiga qarshi (Orol dengizining shimoli, Sarisuv va Emba daryolari o‘rtasida) kurash olib borib, 17 ming kishilik armiyani Joytor-Jolqin degan joyda tor-mor qiladilar.
Bu voqealar tarixchi olim B.Ahmedov tomonidan arab va fors tillarida birinchi manba bo‘lgan asarlar asosida yoritilgan. Mazkur jangda armiyaning jovongori (so‘l qanoti)ga qo‘mondonlik qilgan Abulhayrxon ham asir olinadi. Shayboniylar naslidan bo‘lganligi uchun keyinchalik u qo‘yib yuboriladi. Kelgusi yili Abulhayrxon Qipchoq dashtidagi turk-mo‘g’ul qabilalarining 200 dan ortiq sarkardalarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan xon deb e’lon qilinadi. 1428-1429 yilning o‘zidayoq Abulhayrxon boshchiligidagi dasht o‘zbeklari G’arbiy Sibirdagi Tura shahrini bosib oladilar. Bu shahar 1446 yilga qadar dasht o‘zbeklari davlatining poytaxti bo‘lib qoladi58.
Juda qisqa vaqt ichida Abulhayrxon mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan Shaybon ulusining katta qismini birlashtirib, o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qiladi. 1431-1432 yillarda uning qo‘shinlari Xorazmni ishg’ol qiladi. Ammo ko‘p o‘tmay, vabo kasali tarqalganligi sababli yana qaytib ketishadi. 1446 yilda u o‘zining kuchli raqibi Mustafoxon ustidan g’alaba qozonadi. Shu yili Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan va Temuriylarga tegishli bo‘lgan Sig’noq, Arquq, O‘zgan hamda Suzoq shaharlarini bosib olgach, dasht o‘zbeklari davlatining poytaxti Turadan Sig’noqqa ko‘chiriladi. Bu davlatga hozirgi Qozog’istonning katta qismi, G’arbiy, Janubiy Sibir va Xorazmning g’arbiy- janubiy tomonlari kirar edi. Shundan keyin ko‘chmanchi o‘zbeklar Temuriylar


58 Ахмедов Б.А. Историко-географическая литература Средней Азии XVI-XVIII вв. (письменные памятники). – Т.: Фан, 1985. – 259 с.

davlatining qo‘shnisiga aylanib, ularning taxt uchun bo‘lgan mojarolarida goh unisini, goh bunisini qo‘llash bilan siyosiy hayotga faol aralasha boshladilar.


Abulxayrxon o‘z raqiblarini turli yo‘llar bilan ta’qib qiladi. Ulardan bir qismi, jumladan, Oltin O‘rda xoni Baroqxonning o‘g’illari Girayxon va Jonibekxonlar uning quvg’inidan qochib, Mo‘g’uliston xoni Isobg’axon (Eson Buqa) huzuriga kelishadi. Xon ularga G’arbiy Mo‘g’uliston deb hisoblangan joylardan Chu vodiysi va Yettisuv o‘lkalarining bir qismini beradi. Shu yer keyinchalik Abulxayrxon ta’qibidan qochgan sultonlar uchun boshpanaga aylanib, 1465-66 yillarda Girayxon va Jonibekxon Kozoq xonligiga asos soladilar. Shu tariqa Orol bo‘ylaridagi dashtning kattagina qismini o‘z ichiga olgan Qozoq davlati vujudga keladi. O‘sha davrlarda toju taxt, hukmdorlik uchun kurashib, muvaffaqiyat qozonolmay, o‘z urug’i, qabilasi hamda sulolasidan ajralib ketgan kishilar qozoq deb atalgan.
Dashti Qipchoqda O‘zbeklar davlatiga asos solgan Abulxayrxon sulolasi haqida manbalarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Abulxayrxonning o‘n bir nafar farzandi bor edi: Shoh Budog’, Hoja Muhammad, Ahmad, Muhammad, Shayx Haydarxon, Sanjar, Ibrohim, Ko‘chkinchixon, Sevinchxojaxon, Oq Burun, Sayid Bobo sultonlar. Farzandlarining eng kattasi bo‘lmish Shoh Budog’ sulton otasi hayot paytida olamdan o‘tdi. Undan ikki farzand qoldi: Muhammad Shayboniyxon va Mahmud Sulton59.
Shayboniy 1451 yilda tug’ilgan. Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiy odatiga ko‘ra tug’ilgan go‘dakka ikki ism qo‘yish urf bo‘lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo‘lgan. Tug’ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy ham o‘zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Boburnoma” asarida Shayboniyning ismi Shayboqxon deb berilgan60. Bu
nom “kuch-qudrat egasi” degan ma’noni anglatadi.
Xiva xoni Abulg’ozixon “Shajarai turk” asarida “Shaybonxon naslidan
Movarounnahrda va Xorazmda podshoh bo‘lg’onlarning zikri” xususida asosan


59 Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод. – Т.: Янги аср алоди. 2009. – 23 б. 60 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Т.: Юлдузча, 1989. – 85 б.

asarning to‘qqizinchi bobida Shayboniylar sulolasi haqida batafsil to‘xtaladi. “Chingizxonning o‘g’li Jo‘chixon, aning o‘g’li Shaybonxon, aning o‘g’li Bahodir, aning o‘g’li Jo‘chibuqa, aning o‘g’li Bodaqil, aning o‘g’li Munka Temur, aning o‘g’li Pulod, aning o‘g’li Ibrohim o‘g’lon, aning o‘g’li Davlvt Shayx o‘g’lon, aning o‘g’li Abdulxayrxon. Aning o‘n bir o‘g’li bor erdi. Ulug’ o‘g’lining oti Muhammad, laqabi Shohbaxt. O‘zi shoir erdi. Shaybonxonning naslidin bo‘lg’on uchun o‘ziga Shayboniy taxallus qilib erdi. Shohbudaq sultoni mazkurning kichik o‘g’li oti Mahmud Sulton, aning o‘g’li Ubaydullaxon”61.


Hofiz Tanish Buxoriy “Abdullanoma” asarida “Shayboniyxon Abulxayrxonning hukmronligi zamonida (1451) Oltinxon naslidan (Xitoyning Szin sulolasi) Oqqo‘zi begimdan tug’ildi. Oltinxon Chingizxonning martabali va hashamatli oftobi chiqishidan avval, saltanat yulduzi uning davlati ufqidan yaraqlab (chiqib), Xitoy mamlakatlari uning istiqbol badri (oy) nuridan va qudrat oftobi shu’lasidan nur emar edi. Abulxayrxon unga Sulton Muhammad Shaybon deb nom qo‘ydi va Shohbaxt deb laqab berdi. Keyinchalik (1454) Qutli oqibat sulton deb atalgan Sulton Mahmud dunyoga keldi. Xon hazratlari (Abulxayrxon) unga Mahmud deb ot qo‘ydi va bahodir laqabini berdi”62.
Qalmoqlar 1457 yilning bahorida Uz Temur Toyshi boshchiligida O‘zbeklar davlatiga hujum qiladi. Ko‘chmanchi O‘zbeklar mag’lubiyatga uchraydi. Abulxayrxon askarlari bilan chekinadi. “Tavorixi guzida, nusratnoma” (muallifi nomalum) degan asarda Uz Temur Toyshi Abulxayrxonning nabirasi, Muhammad Shayboniyxonning inisi uch yoshli Mahmud sultonni o‘zi bilan birga omonat tariqasida olib ketganligi va shahzoda qalmoqlar orasida 7 yil yurib qaytganligi haqida hikoya qilinadi63.
Abulxayrxondan keying uning o‘g’li Shayx Haydarxon xon qilib ko‘tarildi. Bu paytda Abulxayrxonning barcha dushmanlari birlashib, Shayx Haydarxonga qarshi kurash boshladilar. Shayx Haydarxonning hukmronligi uzoqqa bormagan. U halok bo‘lgach Iboqxon Abulxayrxonning avlodlarini qirg’in qilganlar. Bundan

61 Абулғозий Баҳодирхон. Шажараи турк. – Т.: Чўлпон, 1990. – 113 б.
62 Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарифномайи шоҳий). 2 жилд. – Т., 2000. – 55 б.
63 Таворихи гузида – Нусратнома XV-XVI аср, Ўзбекистон тарихи манбаи сифатида. – Т.: ОНУ, 1964, 5-сон.
- 23 б.

faqat Muhammad Shohbaxt (Shayboniyxon), uning inisi Mahmud Sulton, Abulxayrxonning o‘g’illari Suyunchxojaxon, Ko‘chkunchixon, Baxtiyor sultonning o‘g’illari Mahdiy sulton, Hamza sulton qochib qutilganlar.


Otasi Budoq sulton va onasi Qo‘zibegimdan yoshligida yetim qolgan Shayboniy esa otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalangan. Qorachabek bu shahzodalarga otalarcha mehribonlik ko‘rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga nufuzli Temuriy amirlardan bo‘lmish Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. U Turkiston va O‘tror hukmdori edi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashadi. Keyinchalik ular Samarqand hukmdori Sultonali mirzo huzuriga boradilar. Aka-uka Buxoroda yashab ilm o‘rganadilar, she’riyat va ilmu fanga oshno bo‘ladilar. Balog’atga yetgani sari Shayboniyxon ko‘ngida bobosi Abulxayrxon davlatini, shayboniylarning qo‘ldan ketgan shavkatini tiklash orzusi jo‘sh urib bora boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib lashkar
to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Ayni paytda, u buyuk davlatni tiklash yo‘lidagi xatti- harakatini dastlab o‘z qo‘shini bilan temuriylarga yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan64.
Dastlab Shayboniy parchalangan Amir Temur davlatining shimoliy chegarasida noiblik qilayotgan homiysi Mazid Tarxondan uni o‘z xizmatiga olishni so‘raydi. Avvaliga bu taklifga rozi bo‘lgan Mazid Tarxon tezda Shayboniyning o‘z hokimiyatiga xavf solishi mumkinligini anglab yetadi. Natijada, u Shayboniyni Buxoro hokimi Darvish Muhammad tarxon ixtiyoriga jo‘natib yuborish orqali undan qutuladi. Chunki, Darvish Muhammad bunday yordam kuchiga muhtoj edi. Uning xizmatidan boshqa hukmdorlar ham foydalanganlar.
Shayboniy o‘z qo‘shini bilan ham Mo‘g’uliston, ham Movarounnahr, ham Xuroson hukmdorlariga xizmat qildi. Bu hukmdorlar Shayboniy xizmatidan o‘zlarining qo‘shinlariga ham ichki isyonchi raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar. Bu kurashlarda Shayboniy o‘zining mohir lashkarboshilik qobiliyatini namoyon qildi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi. Shayboniyning

64 Ўзбекистон халқлари тарихи. Икки жилдлик. 2-жилд. – Т., – 14-15 б.

xizmatidan eng ko‘p manfaat ko‘rganlar Movarounnahr hukmdorlari va zodagonlari edilar. Shuning uchun ham Shayboniy Movarounnahr zodagonlari orasida mashhur bo‘lib ketgan edi65.


Shayboniy yollanma qo‘shin boshlig’idan xon darajasiga ko‘tarilgan tarixiy shaxsdir. Shayboniy bobosi Abulxayrxon vafotidan keyin parokanda bo‘lib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida 1480 yilda o‘zbeklar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi. Vaqt o‘tib u Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg’onlarni ham egallaydi. Bu qo‘rg’onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘taydi.
Sulton Ahmad hukmronligi davrida (1469-1494) ko‘chmanchi o‘zbeklar temuriylarning Farg’ona ulusiga ham talon-tarojlik yurishlari uyushtirdilar. Ular o‘sha yillari Olmaliq, Olmatu, Yangi (Taroz) ni tamoman vayron qilganlar66.
Sulton Husayn hukmronligi davrida Xorazm nomigagina Temuriylar davlatiga bo‘ysunar edi. 1505 yilgacha Xorazmda qo‘ng’irot sulolasiga mansub bo‘lgan Chin so‘fi hokim edi. Chin so‘fi zamonida ko‘chmanchi o‘zbeklar Shayboniyxon boshchiligida bostirib kirdilar.
XV asr 80-yillarining boshlarida Shayboniyxon Sug’unlukda qozoq xonlari Burunduqxon (1480-1511) va Qosim Sulton (1511-1518)lardan yengilgach, Mingqishloqqa qochib keldi va bu yerda qishladi. 1482 yilning bahorida u Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad mirzoning taklifi bilan Samarqandga keldi. Sulton Ahmad mirzo undan Toshkent hokimi Sulton Mahmudxonga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo‘lgan. Ammo Samarqand beklarining unga qarshi fitna uyushtirgani tufayli Shayboniyxon Toshkentga hujum boshlagan paytda Chirchiq daryosi bo‘yida Sulton Ahmad mirzoni tashlab, mo‘g’ullar tomonga o‘tib ketdi67.
1483 yili Shayboniyxon mo‘g’ullar yordami bilan Arquq, O‘zgan, Sig’noq shaharlarini bosib oldi, lekin oradan 3 yil o‘tgach, Burunduqxon, Qosim sulton va Atiq sulton yirik mang’it amirlaridan Hamzabek bilan ittifoqlashib,

65 Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод. – Т.: Янги аср алоди, 2009. – 33 б.
66 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома./ Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев, Эйжи Мано. – Т.: Ўқитувчи, 2008. – 46 б.
67 Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 104.

Shayboniyxonni bu yerdan surib chiqardi. 1486 yili Shayboniyxon yana Xorazm tarafga qochdi. Bu safar u Xorazmdagi Tirsak qal’asini egallab oldi va bu yerda o‘z uruqini (obozini) hamda inisi Mahmud sultonni kichik bir harbiy qism bilan qoldirib, o‘zi Urganch ustiga otlandi.


Sulton Husayn ko‘chmanchi o‘zbeklarga qarshi amir Abduxoliq boshchiligida 20 ming kishidan iborat katta qo‘shin yubordi. Shayboniyxon esa qamalni bo‘shatib, Buldumsoz qal’asiga boradi. Qal’a hokimi amir Xalil nayzachi va shahar ayonlari xonga ko‘p sovg’a-salomlar yuborib, qal’ani unga jangsiz taslim qildilar. 1486 yili ko‘chmanchi o‘zbeklar Vazir yonida temuriylar qo‘shinini tor- mor keltirib, shaharni istilo qildilar. Keyinchalik Shayboniyxon Adoqni ham egalladi va o‘sha yerdan turib Xurosonning shimoli-g’arbiy nohiyalariga talon- tarojlik yurishlari qilib turdi.
Shayboniyxon va ko‘chmanchi o‘zbeklar Xorazmda XV asrning 90- yillarigacha qoldilar. Sulton Husaynning ularni bu yerdan surib chiqarish borasida ko‘rgan tadbirlari natija bermadi. 90-yillarda Shayboniyxon Sulton Mahmudxonning taklifi bilan O‘trorga ketib qoldi. Shundan keyin Xorazm yana Temuriylar qo‘liga o‘tdi. Ko‘chmanchi o‘zbeklar 1505 yili Xorazmni tamoman bosib oldilar va Xorazm shu vaqtdan boshlab Shayboniylar hukmronligi ostiga o‘tdi68.
Shayboniyxon zamonasiga yarasha keng ma’lumotli odam, qolaversa iste’dodli shoir ham edi. Shayboniyxon hokimiyat tepasiga hali kelmasdan burun ham bir necha bor Buxoroda bo‘lgan. Birinchi marta bo‘lganida u Boxoroi sharifda ikki yil turib, madrasada mashhur ilohiyat olimi mavlono Muhammad Xitoiydan ta’lim olgan, mashhur shayx va olim xoja Muhammad Porso (1919 yili vafot etgan)ning izdoshlaridan Hofiz Husayn Busiriy va uning xalfasi xoja Mahmudlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ular hatto muntazam ravishda bir-birlari bilan bordi-keldi qilishgan. Bir gal Hofiz Husayn Shayboniyxon huzurida bo‘lsa, ikkinchi safar xon uning huzuriga tashrif buyurgan. Har ikkalalarining majlisi ulamo va shuaroning ishtirokisiz o‘tmagan.

68 Абулғозий Баҳодирхон. Шажараи турк. – Т.: Чўлпон, 1990. – 120 б.

Shayboniyxon 1499 yili Samarqandni ololmagach Nasaf bilan Kesh ustiga yurish uyushtirgan. Mahalliy xalq bundan barvaqt xabar topib, ko‘zga ilinadigan narsalarini tog’u tosh orasiga olib borib yashirishga ulgurgan. Ko‘chmanchi o‘zbeklar tevarak-atrofdagi qishloqlarni talon-taroj qilib, katta o‘lja bilan Turkistonga qaytganlar. Tez orada barcha Samarqand tumanlari Bobur hokimiyatini tan oldi. Ko‘chmanchi o‘zbeklardan Qarshi, G’uzor ham tortib olindi. Ammo bu juda qimmatga tushdi. Shaharda oziq-ovqat, yem-xashak deyarli tugaganligi sabab Bobur o‘z qo‘shinlarining bir qismini tarqatib yuborishga majbur bo‘ldi.


Shayboniyxon bundan foydalanib Bobur qo‘shinini Zarafshon qirg’og’ida mag’lubiyatga uchratdi. Samarqand uzoq vaqt qamalda qoldi. Bobur Samarqandni yarim kechasi tashlab Toshkentga yo‘l oldi. Shayboniyxon Samarqandni qarshiliksiz qo‘lga kiritdi. Bobur Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon huzuriga Samarqandni qaytarib olish uchun yordam so‘rab bordi, biroq unga qarashli Sulton Mahmud va Sulton Ahmad qo‘shinlarini Shayboniyxon yakson qildi. Bobur Mo‘g’ulistonga qochishga majbur bo‘ldi. Toshkent xoni Sulton Mahmudxon esa inisi Sulton Ahmad (Alacha) Shayboniyxon tomonidan asirga olindi va keyinchalik qo‘yib yuborildi69.
Samarqand, Buxoro va Toshkentda o‘z hokimiyatini o‘rnatgandan so‘ng, Shayboniyxon Xurosonni zabt etdi. U ba’zan diplomatiya, ba’zan kuch ishlatib muvaffaqiyatlarga erishdi. Shayboniyxon urushda temuriylarni sarosimaga solib qo‘yadigan jang usuli – to‘lg’amani (ya’ni dushman qo‘shinlarining qanotlarini aylanib o‘tib, orqadan hujum qilish) ustalik bilan qo‘llaydi. Shayboniyxon Kaspiy dengizidan Xitoy hududigacha, Sirdaryo etagidan markaziy Afg’onistongacha bo‘lgan ulkan mamlakat hukmdori bo‘lib qoldi.
Tarqoq qabilalarni to‘plash va shaharlardagi e’tiborli shaxslardan o‘ziga ittifoqdoshlar yig’ishdan o‘z faoliyatini boshlagan Muhammad Shayboniyxon qo‘lga kiritilgan qal’alarni mustahkamlash va ularda o‘z hokimiyatini yanada kuchaytirishga katta e’tibor berdi. U harbiy yurishlar va davlat ishlari orasidagi

69 Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий. / В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010. – 233 б.

qisqa tanaffuslarda turli fanlar va islomni o‘rganish, tarixiy va she’riy asarlar bitish bilan shug’ullandi. Shayboniylar davlatiga asos solgan Muhammad Shayboniy o‘z saroyiga ko‘plab tarixchilar, shoirlar, olimlarni jalb etdi. Uning saroyida Kamoliddin Binoiy, Muhammad Solih, Mullo Shodi, Fazlulloh ibn Ruzbehxon kabilar panoh topib, o‘z asarlarini bitdilar.


Yuqori tabaqa vakillari Shayboniyxonni davlatni birlashtiruvchi kuchli shaxs ekanligini tan oldi. Ilm fan vakillari undagi bilimni, arab, fors tillarini bilishini qadrladi. Hirot olingandan so‘ng Kamoliddin Behzod Shayboniyxon tasvirini chizdi, shoir Muhammad Solih “Shayboniynoma” dostonini yozdi, Binoiy uning tarixini qalamga oldi. Shayxlar Shayboniyxon hokimiyatini mustahkamlashga ko‘mak berdilar70.
Muhammad Solih ijod borasida Shayboniyxon saroyida “amirul umaro malik ush-shuaro” (amirlar amiri, shoirlar shohi) maqomiga erishgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan 76 bobli, 8902 misradan iborat “Shayboniynoma” asaridir. Bu asar bir yoqlama, tarafkashlik (tendensiozlik) bilan yozilgan. Zero, Shayboniyxonni ilmga o‘ta berilgan, tangrining zikri bilan kecha-yu kunduz mashg’ul, beozor, rahmdil va kechiruvchan xukmdor sifatida ta’riflasa-da, Qarshi va Andijonni ikki oylab, Samarqandni olti oy qamal qilib, ochlik va tashnalikdan sillasi qurib, ovkat va suv izlab chiqqanlarni ushlab, masxaralash, boshqalarni qo‘rqitish uchun, ularning kuloq va burnilarini kestirishga buyruqlar bergan.
Biroq, Muxammad Solihning “Shayboniynoma” asari qay ruhda va qay maqsadda yozilganligidan qat’iy nazar, bu asar nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki, jahon adabiyotida durdona asarlardan biridir. Zero, u nixoyatda yuqori badiiy uslubda, san’atkorona yozilgan. Bundan tashqari, “Shayboniynoma” o‘zbek adabiyotidagi birinchi tarihiy (xronik) dostondir. Unda, o‘sha davrning jarayonlari aks ettirilgan bo‘lib, bugungi kunda, tarixshunoslar uchun muxim tayanch manba’lari bo‘lib kelmoqda.


70 Саидқулов Т.С. Ўрта Осиё халқлари тарихининг тарихнавислигидан лавҳалар. – Т.: Ўқитувчи, 1993. – 89
б.

Muhammad Shayboniyxon faqat xon bo‘lmasdan, ayni paytda ilm-ma’rifat homiysi va o‘zi ham didli ijodkor, shoir bo‘lgan. Shu boisdan u Shohbaxt, Shoyboq, Shoybek, Shohibek, Shayboniy taxalluslarida she’rlar yozgan. Shayboniyxon garchi bolalik va yoshligi doimo quvg’in, ta’qib ostida va hayoti jang maydonida kechgan bo‘lsada, yaxshi ta’lim-tarbiya olishga ulguradi, iste’dodli shoir, musavvir, musiqachi va xushovoz qiroatxon bo‘lib yetishdi. Undan bir necha o‘zbekcha g’azal, ruboiy va “Bahrul xudo” nomli doston yetib ketgan. Shayboniyxonning o‘g’li valiahd Temur sultonga atab yozgan pand- nasihatlaridan iborat kitobi (1507-1508) ham mavjud bo‘lib, uning yagona nusxasi hozir Turkiyada saqlanadi71.


Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob” tazkirasida Shayboniyxon haqida shunday deydi: “ilmu fazilatlardan habardor, aniqrog’i ularni to‘la egallagan kishi edi. SHe’riyat sohasi va shoirlarga e’tiqod-e’tibori katta bo‘lgan. Mudom olimu fozillarni o‘ziga hamsuhbat qilgan. Yaxshi she’rlari bor.
Bu davrda Dashqi Qipchoqda Shayboniyxonning nufuzi oshib, hokimiyat ham kuchayib bordi. Abulxayrxon o‘limidan so‘ng tarqalib ketgan turli qabilalarning Shayboniyxon atrofida birlashitira oldi. U Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi va u yerda vujudga kelgan beqaror ijtimoiy- siyosiy vaziyatdan ustalik bilan foydalandi Shuningdek, Movarounahr zodagonlari, ruhoniylari va umuman aholining yuqori qatlamlari ma’lum toifasining ham o‘z maqsadlari yo‘lida Shayboniyxonni qo‘llab-quvvatladi u Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni yagona davlatga birlashtira oldi.
Shayboniyxon tarixni sevgan va tarixiy asarlar yaratilishida ishtirok etgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Shayboniyxon o‘zbek (turk) tilida bitilgan o‘ziga xos manba – “Tavorixi guzidayi nusratnoma” asarining yozilishida bevosita ishtirok etgan. Bu manbada keltirilgan aniq dalillar bilan tasdiqlanadi.


71 Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. Сагдуллаев А.С., Аминов Б. ва бошқ. – Т., Академия. 1- қисм, 2000. – 168 б.


Hozirda “Tavorixi guzidayi nusratnoma” hamda Shayboniyxon faoliyatiga oid bo‘lgan boshqa tarixiy asarlarning bir manba asosida vujudga kelganligi haqidagi faraz isbotlangan deb aytish mumkin (V.P.Yudin, R.G.Mukminova). Bu hol muallifi noma’lum “Tavorixi guzidayi nusratnoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma”, Mulla Shodining “Fathnoma” asarlarida bayon etilgan voqealarning o‘xshashligi va ularda keltirilgan bir xil she’rlar, shu jumladan Muhammad Shayboniyga nisbat beriladigan she’rlarning mavjudligi bilan ham tasdiqlanadi. “Tavorixi guzidayi nusratnoma” muallifi noma’lum asardir. Asarning saqlanib qolgan hech bir qo‘lyozmasida (Sankt-Peterburg va Londondagi asosiy qo‘lyozmalardan tashqari, yana qisqartirilgan qo‘lyozma nusxalari ham mavjud) muallifning nomi ko‘rsatilmagan. Sankt-Peterburg qo‘lyozmasi matnida muallifning nomi ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan joy bo‘sh qoldirilgan. Shu narsa aniqqi, “Tavorixi guzidayi nusratnoma”ni yozishda Shayboniyxonning o‘zi ishtirok etgan .
Davr talabiga binoan Shayboniyxon turkiy tilidan tashqari fors tilini yaxshi egallagan, she’riyatga qiziqib, o‘zi she’rlar yozgan. Xonning baytlari uning atrofidagi mualliflarning asarlarida keltirgan. Hasanxoja Nisoriy o‘zining “Muzakkir al-ahbob” asarida Shayboniyxonning bayt va g’azallaridan namunalar keltiradi. Xon haqida yozar ekan u: “yaxshi she’rlari bor edi” deb ta’kidlab shunday deb qayd qiladi: “…Hazrati shayx Najmiddin Kubroning…” vafoti tarixini yaxshi aytgan.
Muhammad Solih Muhammad Shayboniyxonning she’riy asarlarini yuqori baholab, uni yuksak ma’lumotli kishi deb ta’riflaydi.
Temuriylar jamiyatiga yaqin shoir sifatida tan olinishini istagan Shayboniyxon o‘z she’rlari bitilgan qog’ozlarni odamlar gavjum bo‘lgan yerlar, bozorlarda osib qo‘yishni buyurgan. Shayboniyxon hukmronligi davrida tarixiy va badiiy adabiyotda o‘zbek tilining mavqei kuchaydi. Xonning buyrug’i bilan fors tilidagi va mo‘g’ul yozuvi bilan bitilgan asarlar turk tiliga tarjima qilingan72.


72 Тухтабекова Н. Муҳаммад Шайбонийхон сиёсий фаолиятининг қирралари // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistanwww.scientific progress.uz Page 590.

Shayboniyxon Qur’onni yaxshi bilgan va diniy ulamolar bilan suhbat qurishni xush ko‘rgan. Hukmdorning siyosiy raqibi bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ham uning musulmon dini borasida yaxshi bilimga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi. Muhammad Shayboniyga hamroh va maslakdosh bo‘lgan shaxslar ichida shayxlar, sayyidlar va xojalardan chiqqan bilimdon kishilar eslatib o‘tiladi. Ularning ba’zilari xonga nisbatan “buyuk muhabbat va sadoqat”larini ko‘rsatgan bo‘lib (Xondamir) keyinchalik ham hukmdorning yaqinlaridan bo‘lib qolgandir. Ularning ichida Muhammad Solih tomonidan “olim kishi” deb atalgan Abdurahim sadr alohida imtiyozli o‘rin egallagan edi.


Shayboniyxon islomdagi sunniy yo‘nalishga rioya qilar edi. Xon o‘zini “imom az-zamon va xalif al-rahmon” deb, sunnizmni esa, Eron shohi Ismoil Safaviy tomonidan davlat dini etib tayinlangan shiizmga qarama-qarshi, Shayboniylar davlatining dini deb e’lon qildi. Muhammad Shayboniy kun tartibiga turli masalalar qo‘yilgan munozaralar o‘tkazar edi. Ularda Movarounnahrning yirik olimlari ishtirok etib, fikrlarini bildirar edilar. Samarqand yaqinidagi Konigilda o‘tkazilgan shunday majlislarning birida urushlar va o‘zaro tortishuvlar natijasida qarovsiz yerlarga aylanib qolgan mulk yerlaridan foydalanish haqida qaror qabul etilgan edi.


Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling