O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim va


Download 5.53 Mb.
bet7/10
Sana21.06.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1643250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'BEKISTON TARIXI FANIDAN KURS ISHI UCHUN NA\'MUNA

2.2. Shaboniyxonning Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hokimiyatni egallashi
XIV asr boshlariga kelib, 1238 yilda Botuxon tomonidan asos solingan Oltin O‘rda davlati ikki qismga bo‘linib ketadi va uning sharqiy qimida Oq O‘rda davlati tashkil topadi. Ayrim tarixiy manbalarda bu hududlar «O‘zbeklar mamlakati» deb ham eslatiladi. XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g’li Shaybon urug’idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi73. Movarounnahrdagi o‘zaro
kurashlardan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha


73 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври).
– Т.: Баёз, 2018. – 42 б.

shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Manbalarning ma’lumot berishicha 864 hijriy (1459-1460 yy.) yilda Abulxayrxonning katta o‘g’li Shohbudog’ vafot etadi. Undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg’ur Boyshayx ko‘kaldosh tarbiyasiga beriladi. Shohbudog’ning katta o‘g’li Muhammad Shohbaxt keyinchalik Shayboniylar davltiga asos soladi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon iste’dodli shoir va sarkarda, zamonasining o‘qimishli va bilimdon kishilaridan bo‘lgan74.


XV asrning so‘nggi choragiga kelib temuriy shahzodalar o‘rtasidagi toj-taxt uchun o‘zaro kurashlar avj olgan edi. Ko‘pgina mulklar va viloyatlar, xususan, Farg’ona, Hisor, Samarqand bilan Buxoro, Toshkent, Xorazm o‘zlarini mustaqil hisoblab,ko‘p hollarda bir-birlari bilan kurash olib borar edilar. Shuning uchun ham Movarounnahrdagi temuriylar saltanati amalda mustaqil boshqariladigan kichik-kichik viloyatlarga bo‘linib ketgan edi. Shayboniyxon esa temuriylar hukmronligiga barham berish uchun bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalanishga harakat qildi.
Temuriylar o‘rtasidagi sulolaviy urishlar, keyinroq esa Shayboniyxon qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashda Toshkent mulki zodagonlari katta rol o‘ynadilar. 1485 yilda Toshkent hokimiyatini mashhur diniy arbob Xo‘ja Ahror yordamida Yunusxon egallagan bo‘lsa, uning vafotidan so‘ng o‘g’li Mahmudxon (1487-1503yy) Toshkent taxtini egallaydi. Mahmudxon temuriylarga qarshi kurashda Shayboniyxon ittifoqini umid qilgan bo‘lsada, niyatiga yeta olmadi. 1494 yilda Samarqand hukmdori Sulton Ali Mirzo vafot etgach, temuriylar o‘rtasidagi nizolar yanada kuchayib ketdi. Bundan foydalangan Shayboniyxon 1497 va 1499 yillarda Samarqandga hujum uyushtirib, uni ikki marta qamal qildi75.
Temuriy shahzodalar Boysunqur Mirzo va Sulton Alilar o‘rtasidagi Samarqand taxti uchun bo‘lgan urushlardan foydalangan Andijon hokimi Zahiriddin Muhammad Bobur 1497 yilda temuriylar poytaxti Samarqand shahrini


74 Аҳмедов Б.А. Ўзбек улуси. – Т.: Мерос, 1992. – 15 б.
75 Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. Бобурнома. – Т.: Юлдузча, 1989. – 56 б.

egallaydi. Lekin qisqa vaqt (100 kun) hukmronlikdan so‘ng yana Andijonga qaytib ketishga majbur bo‘ladi. Samarqand taxtiga temuriy shahzoda, Qarshi hokimi Sulton Ali o‘tiradi. Temuriylarning bu nizolarini diqqat bilan kuzatib turgan Shayboniyxon 1499 yilda katta kuch bilan yana Samarqandni qamal qiladi. Buxoro hokimi Boqi Tarxonning 10 ming kishilik qo‘shin bilan samarqandliklarga yordamga kelayotganligidan habar topgan Shayboniyxon qamalni to‘xtatib unga qarshi chiqadi76. Samarqand va Buxoro oralig’ida joylashgan Dobusiya qal’asini


mudofaa qilib turgan Boqi Tarxon qo‘shinlari bilan bo‘lgan qisqa jangdan so‘ng, uning qo‘shinlari himoyasiz qolgan Buxoroga yurish qilib, shaharni jangsiz egallaydi77. Boqi Tarxon Samarqand va Buxoroliklarning birlashgan qo‘shiniga
bosh bo‘lib Buxoroga qaytadi. Lekin, Shayboniyxonning inisi Sulton Mahmud boshchiligidagi saralangan o‘zbek qo‘shinlari bilan Buxoro ostonasida bo‘lgan jangda mag’lubiyatga uchrab, Qarshi shahriga chekinadi78.
Bu voqealarni kuzatib turgan va temuriy hukmdorlar uchun jiddiy xavf paydo bo‘lganligini anglagan Bobur Mirzo 1500 yilda o‘z qo‘shini bilan yana temuriylarning poytaxt shahriga – Samarqandga yurish qiladi. Lekin Shayboniyxon undan oldinroq harakat qilib Samarqandni qamal qildi. Shahar hokimi Sulton Ali o‘zining ba’zi amaldorlari taxtni Bobur Mirzoga topshirish uchun yashirin harakatlar olib borayotganligidan habar topib, Shayboniyxon bilan muzokaralar olib borishga majbur bo‘ladi. Ular orasidagi kelishuvga binoan Shayboniyxon Sulton Alining onasiga uylanadi va Samarqand shahrini ham jangsiz qo‘lga kiritadi. Tez orada Qarshi va Xuzor (G’uzor) shaharlari ham shayboniylar tomonidan bosib olinadi79.
Movarounnahrning ikki yirik shaharlari – Buxoro va Samarqandning jangsiz Shayboniyxon qo‘liga o‘tishi, uning nafaqat tajribali sarkarda, balki yetuk davlat


76 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври).
– Т.: Баёз, 2018. – 42 б.
77 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома./ Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев, Эйжи Мано. – Т.:
Ўқитувчи, 2008. – 69 б.
78 Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод / Форс тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи
И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Янги аср авлоди, 2009. – 77-82 б.
79 Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома./ Нашрга тайёрловчи: П.Шамсиев, С.Мирзаев, Эйжи Мано. – Т.:
Ўқитувчи, 2008. – 71-73

arbobi va aqlli siyosatchi ham ekanligini ko‘rsatib turibdi. Shayboniyxonning bu xususiyatlari “Musaxxir al-bilod” asarida batafsil tasvirlangan80.


Shayboniyxon 1501 yilda asosiy qo‘shini bilan Toshkent hokimi Mahmudxon va Farg’ona hokimi Ahmadxonlarga qarshi yurish qilib Toshkent viloyatidagi Shohruxiyani va boshqa qal’alarni bosib oladi. Xuddi shu paytda Bobur Mirzo Samarqandagi o‘ziga xayrixox kishilar yordamida shaharni ikkinchi marta qo‘lga kiritishga erishdi. Qarshi va G’uzorda ham shayboniylarga qarshi g’alayon ko‘tarildi. Movarounnahrda Shayboniylar uchun tahlikali vaziyat yuzaga keldi. O‘zining Movarounnahrdagi asosiy raqibi Bobur Mirzo ekanligini anglagan Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandga qaytadi va shahar yaqinidagi jangda Bobur Mirzo qo‘shinlariga qattiq zarba beradi81. Shaharga qaytib, mudofaaga
o‘tishga majbur bo‘lgan Bobur Mirzo boshqa temuriy hukmdorlardan yordam ololmaganidan so‘ng, uzoq qamalga bardosh berolmay, Shayboniyxon bilan kelishuvga ko‘ra Samarqandni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi82. Zarafshon va Qashqadaryo vohalari yana Shayboniyxon qo‘liga o‘tadi83.
Shayboniyxon bu g’alabadan so‘ng Movarounnahr va Xurosonning turli viloyatlarini qo‘lga kiritish uchun bir necha yo‘nalishda janglar olib bordi. Bu vazifani bajarishda tajribali sarkardalar Sulton Mahmud Bahodir, Ubaydulla Sulton, Hamza Sulton, Ko‘chkunchixon, Suyunchxo‘jaxonlar katta rol o‘ynadilar. 1501-1502 yillarda Sulton Mahmud boshchiligidagi qo‘shinlar Dizzaq (Jizzax), O‘ratepa, Shosh, Shohruxiya, Sayram kabi shahar va qal’alarni egallaydi.
Shayboniyxon 1503 yilning oxirida Sulton Mahmud boshchilidagi qo‘shinlarni Xorazmni egallash uchun yuboradi. Bu birinchi harbiy yurish davomida Xorazmning bir qismi, xususan, Kat qal’asi egallandi. Lekin Shayboniyxon Hisor viloyatiga yurish qilish uchun barcha kuchlarini yig’ayotganligi sababli, Sulton Mahmud katta o‘lja bilan Buxoroga qaytdi.

80 Муҳаммадёр ибн Араб Қатаған. Мусаххир ал-билод / Форс тилидан таржима ва изоҳлар муаллифи И.Бекжонов, Д.Сангирова. – Т.: Янги аср авлоди, 2009. – 119 б.
81 Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Шарифномайи шоҳий). 1-китоб. – Т.: Шарқ, 1999. – 56-57 б.
82 Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий. / В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010. – 305- 308.
83 Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар
сулоласи даври). – Т.: Turon Iqbol, 2018. – 47 б.

Xorazmni butunlay egallash uchun Shayboniyxon 1504 yilda ikkinchi marta harbiy yurish qildi. 1505 yilning yozida Urganch shahri egallangach Xorazm to‘la bosib olindi84.


Shayboniyxon 1504 yilda Hisor viloyatini bosib oladi. Hisor hokimi Xusravshoh katta harbiy kuchga ega bo‘lsada, Shayboniyxonga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Qunduz, Tolqon, Badaxshon va Balx ishg’ol etildi85. Bu harbiy
yurishlarda qatnashgan lashkarboshi Sulton Mahmud 1505 yil Qunduzda kasallikdan vafot etadi. Uning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn etiladi86.
1504 yilda Balx shahrini qamal qilib turgan Shayboniyxon qozoq sultonlarining Movarounnahrga hujum qilganligini eshitib, orqaga qaytadi va Dashti Qipchoqqa yurish qiladi. Qozoq sultonlari chekingan bo‘lsalarda, 1506 yilda Shayboniyxonning Xurosondaligidan foydanalib yana Movarounnahrni talon-taroj qiladi. Shayboniyxon ularni yana Dashti Qipchoqning ichkarisigacha quvib kiradi. Biroq, qozoq sultonlari hujumi 1508 yilda yana takrorlandi. Bu vaqtda Shayboniyxon Qadahor va Zamindovur viloyatlarini ishg’ol qilib, Qobulda turgan Bobur bilan jangga kuch to‘playotgan edi. Qozoq sultonlari Ahmad va Jonish Sultonlar Buxoro va Samarqandni talab, katta o‘lja bilan qaytib ketdilar87.
Shayboniyxon 1509 yilda Dashti Qipchoqqa yurish qiladi va Joniy Sultonning yurti Qora Abdalni egallaydi. Burunduqxon va Qosim sulton Dashti Qipchoqning ichkarisiga chekinadi, Shayboniyxon ularni butunlay tor-mor qilaolmadi. Sig’noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo‘lga kiritildi. Movarounnahrning markazida mustahkam o‘rnashib olgan Shayboniyxon Xurosonni zabt etishga kirishdi. Sulton Husayn Boyqaro 1506 yilda vafot etgach, Hirot taxtiga ikki shahzoda Muzaffar va Badiuzzamon o‘tkazildi. Temuriy shahzodalarning kelishib harakat qila olmaganligi va harbiy jihatdan uquvsizligidan foydalangan Shayboniyxon Balx shahrini egalladi. 1507 yilda Hirot

84 Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Т.: 2001. – 310-330 б.
85 Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Turon Iqbol, 2018. – 48 б.
86 Товорихи Гузидан Нусратнома. – Т.: Фан, 1967. – 27 б.
87 Фазлаллах ибн Рузбихан Исфахани. Михман-наме-йи Бухара.. – М., 1976. – С. 16.; Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Turon Iqbol, 2018. – 48 б.

shahri ham qo‘lga olinganidan keyin butun Xuroson Shayboniylar davlatiga qo‘shib olindi88.


Movarounnahr va Xuroson egallangandan so‘ng Shayboniyxon 1509 yilning aprel oyida Qarshidan Eronga harab yo‘lga tushadi. Biroq, yo‘lda o‘zbek sultonlarini o‘z uluslariga qaytarib yuboradi. Marv, Mashhad, Tus shaharlarini egallab, 1510 yilda Erondan qaytayotgan Shayboniyxonni, orqadan kelgan Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinlari bilan Marv yaqinida bo‘lgan jangda Shayboniyxon halok bo‘ldi89.
Taxtga Shayboniyxonning amakisi Ko‘chkinchixon (1510-1529) ko‘tarildi. O‘zbek sultonlari orasida boshlangan kelishmovchiliklar tufayli shayboniylar mag’lubiyatga uchray boshladi. Xuroson va Xorazm qo‘ldan boy berildi. Bobur 1511 yilda Eron qo‘shinlari yordamida Samarqandni bosib oldi. Eronliklar 1512 yilda Qarshi shahrini qo‘lga kiritdilar90. Hal qiluvchi jang G’ijduvon yaqinida
bo‘lib o‘tdi. 1512 yilning noyabr oyida Buxoroga yurish qilgan Bobur va eronliklarning birlashgan qo‘shinini Ubaydulla Sulton tor-mor qildi. Bobur Mirzo Movarounnahr taxtidan umidini uzib, yana Qobulga qaytib ketdi. Shayboniylar Samarqand taxtini qo‘lga kiritdilar va Ko‘chkunchixon hukmronligi qayta tiklandi.
Muhammad Shayboniyxonning vafotidan so‘ng davlatdagi markaziy hokimiyat anchagina zaiflashdi. Beklar (amirlar) va sultonlarning ko‘pchiligi Shayboniyxondan keyingi bir nechta xonlarga nomigagina bo‘ysundilar. Shayboniyxon vafotidan so‘ng uning jiyani Sulton Mahmudning o‘g’li Kuchkunchixon (1510-1530 yy.) taxtga o‘tirdi. Aynan Kuchkunchixon davrida sultonlarning mustaqilligi kuchaya borib, ular orasida Buxoro mulki hukmdori Ubaydulla Sultonning obruyi ancha baland edi. Kuchkunchixondan keyingi hukmdor Abu Sa’id (1530-1533 yy.)ning qiska hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar
o‘rtasidagi nizolar yanada kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqdi va Turkiston yerlari parchalana boshladi.

88 Муҳаммад Ҳайдар мирзо. Тарихи Рашидий. / В.Раҳмон ва Я.Эгамов таржимаси. – Т.: Шарқ, 2010. – 313 б.
89 Восифий, Зайниддин Маҳмуд. Бадоеъ ул-воқоеъ. – Т.: 1979. – 30 б.
90 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (XVI аср): Тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD)... дисс. – Т.: 2018. – 53 б

O‘zaro urushlarga birmuncha barham berishga erishgan Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo‘lgan bo‘lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o‘zbek davlatining oliy hukmdori etib saylanadi. Ubaydullaxon paytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chiradi. O‘sha paytda Samarqand hukmdori bo‘lgan Kuchkunchixonning o‘g’li Abdulla Sulton ham Ubaydullaxon hokimiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.


Movarounnahr Shayboniylar qo‘liga to‘la o‘tgach, qadimgi odatga ko‘ra, barcha sultonlar viloyat hokimliklarini taqsimlashni yoshi ulug’ bo‘lgan Jonibek sultonga (Abdullaxon II ning bobosi) ishonib topshirishdi. Samarqand Kuchkunjixonga, Toshkent viloyati Suyunchxo‘jaxonga, Buxoro, Qarshi, Qorako‘l esa Ubaydullaxonga berildi. Kuchkunjixon va Suyunchxo‘jaxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatining asoschisi Abulhayrxonning o‘g’illari, ularning onalari esa Ulug’bekning qizi bo‘lgan. Jonibek Sulton butun Miyonkol va Samarqand Sug’dini o‘z qarmog’iga oladi. Lekin Movarounnahr o‘zining ota meros mulki bo‘lgan Bobur ham, uning ittifoqchisi Eron shohi Ismoil Safaviy ham bu yerda Shayboniy sultonlarining hukmron bo‘lib qolishlariga tinch qarab turolmas edi91.
Eron shohining bosqinchilik, Turkiston ishlariga aralashish va shia mazhabining ta’sirini yoyish harakati zarbaga uchraydi. Bobur va Shoh Ismoil ittifoqi barham topadi. Shu tariqa Movarounnahrdagi hokimiyat masalasi yangi turk-o‘zbek sulolasi - Shayboniylar foydasiga hal bo‘ladi. Ikki daryo oraligidagi qadimiy xalkdarga dini, tili, urf-odatlari, hayot tarzi bilan yaqin bo‘lgan, ko‘pchiligi chorvachilik, qisman dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan dasht o‘zbeklarining urug’ va qabilalari Movarounnahrga kirib keladi va qadimiy turk-chig’atoy aqolisiga qo‘shilib, ularga o‘z nomlarini beradi. Shundan keyin X asrdayoq shakllangan turk-chigatoy tilida so‘zlashuvchi xalq o‘zbeklar deb atala boshlanadi.
Shayboniy hukmdorlarining o‘z suyurg’ol mulklari mavjud bo‘lib, mulk egalari chingiziy yoki o‘zbek urug’-aymoqlari udumiga ko‘ra, yagona shaxsga bo‘ysunishi shart edi. Mazkur shaxs oila, xonadon boshlig’i, nasl-nasab zanjirining

91 Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Т.: Адолат, 2003. – 176 б.

boshida turgan yoshi ulug’, obro‘li, jasur va tajribali kishi bo‘lishi nazarda tutilgan. Harbiy, ma’muriy va davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar ham rasm bo‘lgan. Davlat boshqaruvida oilaviy tamoyil yetakchilik qildi. Movarounnahrning viloyatlari va tumanlari shayboniylar nasl-nasabiga mansub xonadon a’zolariga bo‘lib berildi. Temuriylar naslidan bo‘lgan hukmdorlar o‘z pozitsiyalarini yangi sulola vakillariga meros qoldirdi. Shayboniylar sulolasining Movarounnahrdagi oilaviy boshqaruvi, ular qo‘li ostidagi alohida mulklarda ma’muriy-idora ishlari, oila-nikoh va qarindoshlik munosabatlari, umuman mazkur xonadonning shajaraviy jihatlari alohida tadqiqotni talab etadi.


O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida shayboniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat kasb etadi va bu nasl-nasab vakillarining hayoti, tarixi, ular bilan bog’liq turli voqea va jarayonlar ilmiy tadqiqot ishlarida maxsus ravishda, ba’zan esa qisman o‘rganilgan hamda mazkur ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ilmiy muomalaga kiritilgan . Ammo tor doiradagi ayrim masalalar tarixiy jihatdan tadqiq etilmagan, shu jumladan shayboniylarning sulolaviy tarixi va uning o‘ziga xos tomonlari genealogik nuqtai nazardan yoritilmagan va bu tadqiq etilishi lozim bo‘lgan masalalardan biridir92.
Shayboniyxon Dashti Qipchoqda o‘z davlatiga asos solganda islomiy qadriyatlarini ustun qo‘ydi va musulmon hukmdorlariga xos ravishda o‘z mamlakatini boshqardi. Shayboniyxon o‘z qo‘li ostidagi yerlarda tartib o‘rnatdi.
Muhammad Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr hamda Xurosonning katta qismida markazlashgan davlat tashkil etilishidan boshlab, to xonlik tarixining
so‘nggi davrlariga qadar davlat boshqaruvida, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotda mamlakat oliy amaldorlarining o‘rni yuqori bo‘lgan. Shu sababli ham shayboniylar davlati tarixida xonlik mansabi va uning egallanish tartiblarimarkaziy boshqaruvda muhim ahamiyat kasb etgan.
Xonlarning taxtga o‘tqazilishi Chingizxon (1206-1227) va Amir Temur davlatlari boshqaruvi an’analariga asoslangan. Shunday bo‘lsa-da, Muhammad Shayboniyxon tomonidan dashtliklarga xos bo‘lgan ayrim o‘zgarishlar kiritilgan.

92 Эшов Б.Ж. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. – 510 б.

Shayboniy sultonlar temuriylardan farqli o‘laroq, egallab olingan yerlarni boshqarishni faqat o‘z sulolasi vakillarigagina topshirgan. Davlat tepasida qabila va urug’larning boshliqlari tomonidan saylab qo‘yilgan xon turgan. Lekin davlatni boshqarishda uning huquqlari qisman cheklangan edi. Urush va sulh masalalaridan tortib, to shahzodalarning tarbiyachi (otaliq, atka)larini tayinlashgacha bo‘lgan har qanday tadbir qabila va urug’ boshliqlarining, ruhoniylarning, sultonlar va o‘g’lonlar (Chingizxon naslidan bo‘lgan sarkardalar, harbiylar)ning maslahatisiz amalga oshmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki, xon huzurida chaqirilib turiladigan bunday kengashlar shayboniylar davlati boshqaruvida katta rol o‘ynagan. Davlat boshqaruvi qoidalarida esa shariat qonun-qoidalariga, qadimiy to‘ra va yasoq qonunlariga qat’iy rioya qilingan93.


Shayboniylarda mamlakat taxtining egallanish an’analari tartibini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lishimiz mumkin:1. Davlat tashkil topishidan (1500- 1512), to XVI asrning 40-yillarigacha bo‘lgan davr; 2. XVI asrning 40-yillaridan, to sulola barham topishigacha bo‘lgan davr (1601 yil)94.
Shayboniyxon qo‘lga kiritgan yerlarni boshqarish tartibiga kelsak, u sof o‘rta asr ishlab chiqarishiga asoslangan uslubda bo‘lib, qo‘lga kiritilgan viloyat yoki shaharlarni alohida xizmat ko‘rsatgan qon-qarindoshlari, qo‘shin (udel) boshliqlariga hissa qilib bo‘lib bergan. Biron gunoh ish qilganlarida ularni shu mulkdan mahrum etishlari oqibatida ko‘plab nizolar kelib chiqar edi. Bu xuddi Yevropada, Frank qabilalarida amal kilgan benefetsiyaga o‘xshab ketardi. Udel boshliklari ko‘pincha mustaqillikka intilishlari natijasida siyosiy tarqoqlikning kuchayishi feodal o‘zaro urushlarining zo‘rayishiga olib kelar edi. Shayboniyxon halok bo‘lganidan keyin o‘zbek xonlari va sultonlari o‘rtasida siyosiy hokimiyat uchun kurash uzoq vaqt davom etadi95.
Aslida, dasht o‘zbeklarining odatiga ko‘ra, yoshi katta va e’tiborli sulton yoki xon - xonlar xoni unvonini olib, boshqalar unga bo‘ysunishi lozim edi. 1556

93 Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Turon Iqbol, 2018. – 62 б
94 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (XVI аср): Тарих фанлари
бўйича фалсафа доктори (PhD)... дисс. – Т.: 2018. – 62-63 б
95 Муқимов З. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Т.: Адолат, 2003. – 179 б.


yilda Abulhayrxon avlodining yoshi ulug’ vakili Pirmuhammad xonlar xoni qilib saylanadi. Shu davrda yosh Abdullaxon (1556-1558) hokimiyat maydoniga chiqadi. 1557 yilda u Buxoroni zabt etib, davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chiradi. 1561 yilda esa otasi Iskandarxonni Miyonkoldan chaqirib olib, o‘zbek xonlarining xoni deb e’lon qiladi. Shundan keyin Buxoro o‘zbek xonlari davlatining poytaxtiga aylanadi. Davlat esa Buxoro xonligi deb ataladi96.

borardi. An’anaga ko‘ra katta hayotiy tajribaga ega va obro‘li amirlar otaliq unvonini olib, ular voyaga yetmagan shahzodalarni tarbiyalashardi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib, ularga sultonlar boshchilik qilar edi.


Shayboniylar davri davlatchiligi davlat boshqaruviga xulosa qilib aytish mumkinki, bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligiga qaramasdan, o‘rta asrlar tarixining boshqa davrlarida bo‘lgani kabi, bu davrda ham o‘zaro urushlar doimiy bo‘lib turdi. Bu davrga kelib davlat boshqaruvida yana ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi an’analar ustunlik qila boshladi. Shunga qaramasdan bu davr O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ahamiyat ilm-fan va madaniyat, shaharsozlik hamda me’morchilik ravnaqi bilan izohlanadi.



96 Ахмедов Б. А. История Балха (XVI в. - первая половина XVIII в). – Т.: Фан, 1982.


XULOSA
Movarounnahr va Xuroson Muhammad Shayboniyxonning siyisiy
hokimiyatining o’rnatilishi mavzusida to‘plangan tarixiy yozma asarlar, adabiyotlar va ilmiy tadqiqot ishlari tahlili natijasida olingan ma’lumotlar yuzasidan quydagi xulosalarga kelindi:
Vatanimiz tarixining XVI asr davri, xususan Shayboniyxon davri Movarounnahr va Xurosonning davlatchiligi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar mavzusiga doir turli tarixiy manbalar va ularning sharhiga qo‘ra, mahalliy manbalar o‘z maqsadiga ko‘ra ko‘proq hukmron sulolalar, ularning nasl- nasabi, tarjimai holi, siyosiy faoliyati, diniy, ma’naviy jihatlariga ko‘proq e’tibor qaratiigan. Shuningdek bu manbalar yangi sulola asoschisi bo‘lgan Shayboniyxon harbiy yurishlarini bayon qilib, voqealarni ilm va adabiyotning turli usullaridan kelib chiqib yozilganligi bilan ajralib turadi.
O‘rganilayotgan davr va mavzuga oid mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan asarlarining yana bir ijobiy jihati Shayboniyxon davri Movarounnahr va Xurosonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar oid keng qamrovli muhim ma’lumotlarni olish mumkin. Bu manbalarning ahamiyatli jihati shundaki, asar mualliflari tarixiy voqealarni yoritishda o‘zlari guvohi bo‘lgan yoki bevosita hodisa ishtirokchilaridan olgan ma’lumotlar asosida yozilganidadir.
Shayboniyxon davriga oid yilnomalar ko‘rinishidagi manbalarda shayboniyxonning qahramonliklari, jasorati madh etilib, ular sharafiga maqtovlar, ayrim muayyan voqea va hodisalar to‘liq berilmagan bo‘lsa-da, bu davlat davlat boshqaruvi bilan bog’lik ma’lumotlarni ko‘plab olish mumkinligini alohida ta’kidlash joiz. Shayboniyxon davri davlatchiligi masalasining o‘rganilishi darajasi yuzasidan turli davrlarda ushbu masalaning ayrim jihatlari qator maqola, dissertatsiya va risolalarda qisman, umumiy tarzda yoritilgan bo‘lib, u alohida tadqiqot obyektiga aylangan xolda kam o‘rganilgan. Shuningdek, ushbu masalaga alohida to‘xtalgan ko‘pgina tadqiqotlarda ham muammoning yoritilishiga O‘zbekiston davlatchiligi tarixi nuqtai nazaridan kelib chiqib olib borilmagan.

XV asrning o‘rtalariga kelib Sharqiy Dashti Qipchoq hududlarida Jo‘jixonning beshinchi o‘g’li Shaybon urug’idan bo‘lgan Abulxayrxon ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga asos soldi. Movarounnahrdagi o‘zaro kurashlardan foydalangan Abulxayrxon Sirdaryoning o‘rta oqimidagi bir qancha shaharlarni, Xorazmning bir qismini bosib olishga erishdi. Abulxayrxonning katta o‘g’li Shohbudog’ vafot etgach, undan qolgan sakkiz yoshli Muhammad va besh yoshli Mahmud uyg’ur Boyshayx ko‘kaldosh tarbiyasiga beriladi. Shohbudog’ning katta o‘g’li Muhammad Shohbaxt keyinchalik shayboniylar davltiga asos soladi.


XVI asr boshida Shayboniylar davlatining asoschisi Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon bo‘lib, u iste’dodli shoir va zamonasining o‘qimishli, bilimdon kishilaridan biri edi. U hokimiyatni qo‘lga olmasdan oldin, Buxoroda bir necha muddat yashab, bu yerdagi madrasada ta’lim oladi, diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rganadi.
Muhammad Shayboniyxon va u asos solgan sulolasi xukmronligi davrda tashkil topgan Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijobiy siljishlar yuz berdi. So‘nggi temuriy hukmdorlar davrida kichik-kichik mustaqil boshqariladigan viloyatlarga bo‘linib ketgan Movarounnahr yana yagona davlatga birlashtirildi. Ilm-fanda, madaniyatda temuriylar davri an’analari davom ettirildi va yanada boyitildi. Shaharsozlik, me’morchilik, hunarmandchilikda katta yutuqlar qo‘lga kiritildi, tashqi va ichki savdo yuksak rivojlandi. Bularning barchasi Shayboniylar hukmronligi o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega davlatlardan biri ekanligini ko‘rsatib turibdi.
Umuman olganda, Shayboniyxon davrida Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy tarixni tahlil qilish bizga xonlikdagi o‘zgaruvchan siyosiy vaziyatning mohiyatini anglash, ma’muriy-harbiy amaldorlarning davlat boshqaruvida tutgan o‘rni masalalarini yaxlit mavzu doirasida o‘rganish imkonini berdi. Kelgusida bu mavzu doirasidagi tadqiqotlarni davom ettirish shayboniylar sulolasining o‘zbek davlatchiligi tarixida, mintaqa tarixida tutgan o‘rnini yanada kengroq o‘rganish imkonini beradi.




Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling