O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim va
Download 5.53 Mb.
|
O\'BEKISTON TARIXI FANIDAN KURS ISHI UCHUN NA\'MUNA
1.2. Mavzuning tarixshunoslik tahlili
Movarounnahr va Xurosonda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z hukmronligini o‘rnatilishi, yangi davlatga asos solishi va bu davr bilan bog’liq siyosiy jarayonlarni o‘rganish hamda tahlil qilish doimiy ravishda tarixchi- sharqshunos mutaxassislarni qiziqtirib kelgan. Bugungi kungacha, mazmuniga ko‘ra, mavzuga yaqin bo‘lgan tadqiqotlarni uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq deb topildi: birinchi guruhni sovet davrida chop etilgan adabiyotlari; ikkinchi guruhni O‘zbekistonning istiqlol yillarida nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy tadqiqot ishlari hamda maqolalar; uchinchi guruhni mavzuga oid xorijiy tadqiqotlar tashkil etadi. Birinchi guruhga oid sovet davrida chop etilgan adabiyotlarda sinfiylik mafkurasining ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, tadqiq etilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishda bu adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda chop etilgan qatoriga quydagi mualliflar: V.V.Bartold, A.A.Semyonov va P.P.Ivanov, YE.E. Bertels, A.M.Belenitskiy, G.A.Pugachenkova, R.G.Muqminova, B.A.Ahmedov, H.Z.Ziyayev va boshqalar31 asarlarini kiritish mumkin. 31 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX вв.). – М.: Восточная литература, 1958.; Бартольд В.В. Узбекские ханства. Соч. Т. II. Часть 1. – М.: Восточная Литература, 1963.; Бартольд В.В. Шейбаниды. Соч. Т. II. Часть 2. – М.: Наука, 1694.; Бартольд. В.В. Туркестан в эпохи монгольского нашествия / Соч. в 9 томах. Т. I. – М.: Восточной литературы, 1963.; Бартольд. В.В. История культурной жизни Туркестана / Соч. в 9 томах. – Т. II. Ч.1.– М.: Восточной литературы, 1963.; Семенов А.А. К вопросу о происхождении и составе узбеков Шейбани-хана; Шейбани-хан и завоевание им империи тимуридов; Первые Шейбаниды и борьба за Мавераннахр // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. Вып. 1. – Сталинабад: АН ТаджССР, 1954. Семенов А.А. Очерк устроиства центрального административного управления Бухарского ханства позднейшего времени // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. – Вып. II. – Сталинабад, 1954.; Пугаченкова Г.А. К Истории костюма Средней Азии и Ирана XV-первой половины XVI вв. по данным миниатюр. // Труды Среднеазиатского государственного университета им. В.И.Ленина. Т.: Издательство САГУ, 1956.; Мукминова Р.Г. Очерки по истории ремесла в Самарканде и Бухаре XVI в. (Монография). – Т.: Издательство АН УзССР, 1976. – С. 234. Jumladan, P.P.Ivanov, V.V.Bartold, A.A.Semyonovlar32 XX asr birinchi yarmida Shayboniyxon davlatining tashkil topishidagi siyosiy jarayonlar, ijtimoiy- siyosiy, iqtisod va madaniy rivojlanishi sabablarini hamda uning oqibatlarini tahlil qilib, o‘z davri uchun yangi yondashuvlar yaratuvchilari bo‘lishgan hamda o‘z baholarini berishgan. Shuningdek, Y.E. Bertels va P.P.Ivanovlarning bu borada olib borgan izlanishlarida shayboniylar davri ijtimoiy-iqtisodiy jaryonlarini qamrab olgan33. Mavaraunnahrdagi Shayboniyxon davlati tarixi bo‘yicha maqolalar yozgan V.V.Bartold nazlida, Shayboniyxon qabilalarining asosini harbiylar tashkil etgan va ular kuchli jangovar madaniyatga ega bo‘lgan34. Lekin shu omilga qaramasdan, ko‘chmanchi shayboniy qabilalari madaniyati siyosiy va madaniy “qoloqlikka” sabab bo‘lmagan, aksincha, xonlikda madaniy rivoj kuzatiladi. V.V.Bartold fikricha, Movarounnahrga shayboniylar bilan kirib kelgan ko‘chmanchi qabilalar jangovar madaniyatining Buxoroga ta’siri Xorazmga qaraganda ancha sust bo‘lgan. Uning fikriga ko‘ra, shayboniylar davlatchiligida nafaqat harbiy “mafkura” ustunligini, balki diniy g’oyalar ta’sirini ham kuzatish mumkin. V.Bartold shayboniylar harbiy-siyosiy mahoratiga yuqori baho bergani holda, “harbiy-siyosiy mafkura”ning Buxoro va Xorazm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlaydi35. A.A.Semyonov Shayboniyxon tarixini nisbatan batafsil yoritgan yirik tarixchi olimlardan hisoblanadi. Uning fikricha, jangovar shayboniy qabilalari Movarounnahrda “feodallashib” siyosiy tarqoqlikka asos bo‘lgan. Bu jarayon esa, Мукминова Р.Г. Костюм народов Средней Азии по письменным источникам XVI в. // Костюм народов Средней Азии. – М: Изд-во: Наука, 1979.; Аҳмедов Б.А. Ўрта Осиёнинг XVI-XVIII аср тарихий-жуғрофий адабиёти (ёзма ёдгорликлар). – Т., 1985; Материалы по истории Средней и Центральной Азии X-XIX вв. – Т.: Фан, 1988; Зияев Ҳ.З. Ўрта Осиё ва Волга бўйлари (XVI-XIX аср). – Т., 1965. 32 Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии (XVI-середина XIX вв.). – М.: Восточная литература, 1958. 33 Из архива шейхов Джуйбари. Материалы по земельным и торговым отношениям Средней Азии XVI в. Под.ред, ЕЭ.Бертельса. – М.-Л., 1938. 34 Бартольд В.В. Узбекские ханства. Соч. Т. II. Часть 1. – М.: Восточная Литература, 1963. – 163-166 c., 268- 292; Бартольд В.В. Шейбаниды. Соч. Т. II. Часть 2. – М.: Наука, 1694. – 545-548 c. (ушбу мақола “Ислом Энциклопедияси” учун ёзилган); Бартольд. В.В. Туркестан в эпохи монгольского нашествия / Соч. в 9 томах. Т. I. – М.: Восточной литературы, 1963. – 759 c.; Бартольд. В.В. История культурной жизни Туркестана / Соч. в 9 томах. – Т. II. Ч.1.– М.: Восточной литературы, 1963. – 167-433 c. 35 Бартольд В.В. Узбекские ханства. Соч. Т. II. Часть 1. – 268-269 c. albatta, shayboniylar davlatining inqirozga yuz tutishiga sabab bo‘lgan36. Bu maqolalarda A.Semyonov nafaqat Shayboniylarning, balki barcha turkiy qabilalarining o‘zaro kurashi (XIII asrdan davom etib kelayotgan) XVI asr o‘rtalariga kelib tugaganini ta’kidlaydi. Shayboniyxon davlatining shakllanishi esa ushbu kurashning xotimasi ekanligini uqtiradi37. А.A.Semyonov fikricha, XVI asrdan boshlab esa, jangovar shayboniy qabilalarining o‘zaro kurashi Movarounnahr iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir o‘tkazdi. A.A.Semyonovning “O‘rta asr Buxoro unvon va mansablari hamda ular egalarining majburiyatlari haqida risolasi”38 nomli maqolasi davlat boshqaruvi masalasiga daxldor bo‘lib, Buxoro xonligining unvon va mansablariga, ularning funksiya-vakolatlariga to‘xtalgan. V.V.Bartold va A.A.Semyonovning Shayboniyxon davlatiga oid fikr va nazariy qarashlari bir-biriga o‘xshash hamda ular yagona tarixshunoslik an’anasini davom ettiradi. Sovet hokimiyati yillarida tarix fani kommunistik g’oya ta’siri ostida bo‘lib kelganligi sababli O‘zbek xalqining davlat boshqaruvi va ijtimoiy-iqtisodiy tizimi masalasida keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar olib borishga e’tibor va rag’bat ko‘rsatilmas edi. Shu sababli sovet hokimiyati davrida Shayboniyxon davri tarixiga bag’ishlangan yirik fundamental tadqiqotlar olib borilmadi, shayboniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy holati, boshqaruvi va qo‘shin faoliyati bilan bog’liq boshqa muhim jihatlarini o‘rganishga e’tibor qaratilmadi. Bu masala bo‘yicha jiddiy fundamental tadqiqotlar olib borilmagan, yirik monografik asarlar yaratilmagan bo‘lsa-da, mavzuga tegishli ma’lumotlar keltirilgan qator ilmiy maqolalar yozildi, ayrim dissertatsiya ishlarida bu mavzuning umumiy jihatlari yoritib o‘tildi. XX asrning o‘rtalarida o‘rganilayotgan mavzuning ayrim jihatlariga, jumladan, Shayboniyxonning boshqaruvi, harbiy tizimi va iqtisodiy tizimiga doir 36 Семенов А.А. К вопросу о происхождении и составе узбеков Шейбани-хана; Шейбани-хан и завоевание им империи тимуридов; Первые Шейбаниды и борьба за Мавераннахр // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. Вып. 1. – Сталинабад: АН ТаджССР, 1954. Семенов А.А. Очерк устроиства центрального административного управления Бухарского ханства позднейшего времени // Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. – Вып. II. – Сталинабад, 1954. 37 Материалы по истории таджиков и узбеков Средней Азии. Вып. 1. – Сталинабад: АН ТаджССР, 1954. – 148-149 c. 38 Семенов А.А. Бухарский трактат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их в средневековой Бухаре. // Советское востоковедение. Вып. 1. – М.: Издательство академии наук СССР, 1948. – 137-155 c. ba’zi ma’lumotlar keltirilgan maqolalar nashr etilgan. Mahalliy tarixchilardan G.A.Pugachenkova39, Р.G.Muqminova40 ва Z.I.Raximovalar41 tomonidan XX asrning 50-80-yillarida yozilgan ayrim maqolalarda ham o‘rganilayotgan mavzuga tegishli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Ikkinchi guruhni O‘zbekistonda mustaqillik yillarida chop etilgan adabiyotlar tashkil etib, o‘zbek davlatchiligi tarixida alohida ahamiyat kasb Shayboniyxon davri tarixi nisbatan kamroq tadqiq etildi. Shunday bo‘lsada, bu davr davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi ayrim tarixchi olimlar tomonidan imkon qadar o‘rganildi. Bu olimlar qatoriga: B.Ahmedov, G.Sultonova, A.Zamonov, A.Ziyo, G.Agzamova, A.Qandaharov, S.Inoyatov, O.Hayitova, Q.Rajabov, E.Ochilov, R.Muqminova, B.Eshov, Z.Muqimov, K.Tuxtabekov va boshqalar ilmiy izlanishlarini kiritish mumkin42. B.Ahmedovning o‘rta asr yozma manbalari asosida yozilgan “Tarixdan saboqlar” nomli kitobida43 ham Shayboniyxonning siyosiy maydonga kirib kelishi, faoliyati hamda yangi davlatga asos salishi, bu davrida davlatning ma’muriy tuzilishi, davlat amaldorlarining vakolatlariga, yangi shayboniylar sulolasi siyosiy boshqaruv tizimi Mavaraunnahrda o‘rnatilishi kabi masalalar o‘z aksini topgan ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tilgan. Mustaqillik yillarida chop qilingan Azamat Ziyoning o‘zbek davlatchiligi tarixiga bag’ishlab yozilgan monografiyasida shaybaniylar sulolasi asoschisi 39 Пугаченкова Г.А. К Истории костюма Средней Азии и Ирана XV-первой половины XVI вв. по данным миниатюр. // Труды Среднеазиатского государственного университета им. В.И.Ленина. Т.: Издательство САГУ, 1956. – 85-119 c. 40 Мукминова Р.Г. К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI в. По материалам "Вакф-наме". – Т: Издательство АН УзССР, 1966. – 354 c.; Мукминова Р.Г. Очерки по истории ремесла в Самарканде и Бухаре XVI в. (Монография). – Т.: Издательство АН УзССР, 1976. – 234 c. Мукминова Р.Г. Костюм народов Средней Азии по письменным источникам XVI в. // Костюм народов Средней Азии. – М: Изд-во: «Наука», 1979. – 28-36 c.; Мукминова Р.Г. Социальная дифференциация населения городов Узбекистана в XV-XVI вв. – Т.: Фан, 1985. – 137 c.; Мукминова Р.Г. Бухара столица ханства, город купцов и искусных мастеров // ОНУ. – Т., 1997. – № 9-11. – 52-57 c. 41 Рахимова З.И. Мавераннахрская (среднеазиатская) миниатюрная живопись XVI-XVII вв. как источник по истории костюма: Дис. …канд. ист. наук. – Т, 1984. 42 Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 322 б.; Муқимов З.Ю. Ўзбекистон давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент: Адолат, 2004. – 280 б.; Муқимов З. Шайбонийлар давлати ва ҳуқуқи. – Т.: Адолат, 2007. – 164 б.; Муқимов З. Қилич ва қалам соҳиблари. – Самарқанд: СамДУ нашриёти, 2008. – 86 б.; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Т.: Янги аср авлоди, 2012. – 510 б.; Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 208 б.; Замонов А., Тухтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 172 б. 43 Аҳмедов Б. Тарихдан сабоқлар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 322 б. Muhammad Shayboniyxonning siyosiy faoliyatga kirib kelishi va Movarounnahr va Xuroson hudadlarini egallashi hamda bu hududlarda yangi davlatga asos solish jarayonidagi siyosiy jarayonlarga ham alohida to‘xtalib o‘tgan44. Tadqiqotchi G.Sultonovaning nomzodlik dissertatsiyasida esa, XVI asr ikkinchi yarmida Buxoro xonligining Qozoq, Yorkent xonliklari bilan aloqalari haqida bo‘lsada, Lekin bu munosabatlarini yoritishda xonlikning asos solingan davri va Shayboniyxon davri tarixiga oid bir qator ma’lumotlarni uchratish mumkin45. So‘nggi yillarda shayboniylar davri bo‘yicha mutaxassis A.Zamonov ilmiy tadqiqotlarida46 Shayboniyxon va sulola vakillarining markazlashgan davlat uchun kurashi, ular o‘tkazgan islohotlar, davlat boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlar, harbiy soha va sud-huquq tizimi holati birlamchi manbalarga tayanilgan holda keltirilgan. Mazkur tadqiqotda ushbu mualliflarning ma’lumotlaridan unumli foydalanildi. Mavzuga oid ayrim masalalar S.Inoyatov, O.Hayitova, Q.Rajabov, E.Ochilov, R.Muqminova, G.Agzamova, A.Qandaharov singari olimlarning tadqiqotlarida ham qisman ko‘rib o‘tilgan. S.Inoyatov va O.Hayitovalar ham ilmiy 44 Зиё А. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Энг қадимги даврлардан Россия босқинига қадар. – Т: Шарқ, 2001. 45 Султонова Г.Н. XVI аср иккинчи ярмида Бухоро хонлигининг Қозоқ ва Ёркент хонликлари билан алоқалари: Тарих фан. номзоди. диссертацияси. – Т.: 2005. 46 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг қўшин тузилиши ва ҳарбий бошқаруви (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Баёз, 2018. – 208 б.; Замонов А., Тўхтабеков К. Бухоро хонлигида сиёсий ва ижтимоий-иқтисодий жараёнлар (шайбонийлар сулоласи даври). – Т.: Turon Iqbol, 2018. – 172 б.; Замонов А., Аминов Б.. А.Женкинсон. Россиядаги Москвадан Бақтриядаги Бухорогача 1558 йилга саёҳат. / Таржима, кириш, изоҳ ва кўрсаткичлар тайёрланиб, нашр этилган. – Тошкент: Bayoz. 2017.; Замонов А.Ўрта аср тарихий шахслари ҳаётининг айрим номаълум саҳифалари. Илмий-оммабоп асар. – Т.: Bayoz. 2019.; Замонов А.Т. Шайбонийлар давлатида ҳарбий иш: бошқаруви, тузилиши, анъаналари / Ўзбекистон тарихи. – Т.: 2014. – №1/3. – 12-16 б.; Ўша муаллиф. Бухоро хонлигининг ҳарбий тизими ва қўшин тузилиши (Шайбонийлар сулоласи даври) / Тошкент ислом университети илмий-таҳлилий ахборотномаси. – Т.: 2014. – № 1. – 31-35 б. Ўша муаллиф. Шайбонийлар давлатида сулолавий бошқарувнинг ўзига хос хусусиятлари / Ўзбекистон тарихи. – Т.: 2016. № 3-4. – 25-32 б.; Ўша муаллиф. Бухоро хонлиги ҳарбий тактикаси ва стратегиясига доир баъзи жиҳатлар (Шайбонийлар даври). / ЎзМУ хабарлари, – Т.: 2017. – №1/3. – 15-18 б.; Ўша муаллиф. Бобур ва шайбонийлар ўртасидаги дипломатик муносабатларга доир баъзи мулоҳазалар // Паёми донишкада/ Вестник института. Нашри махсус (Таджикский педагогический институт в.г. Панжикент). – 2019. – № 2. - 153-156 б.; Ўша муаллиф. Бухоро хонлигида шайбоний ҳукмдорларнинг амалга оширган пул ислоҳотлари / ЎзМУ хабарлари. – Т.: 2020. – №1/1. – 3-7 б.; Ўша муаллиф. Шайбонийлар давлати ҳарбий санъатининг маҳаллий манбаларда ёритилиши. // “Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадқиқоти методлари ва методологиясининг долзарб масалалари” мавзуидаги республика VI илмий-назарий конференцияси материаллари. – Т.: 2014. - 141-147 б.; Ўша муаллиф. О тактике ведения войн шейбанидскими правителями. “Актуальные научные исследования в современном мире”. Х Междунар. научн. конф., 23-24 февраля 2016 г. Сб. научных трудов – Переяслав-Хмельницкий, 2016. – Вып. 10. – С. 27- 32.; Ўша муаллиф. Шайбонийлар даври сарой маъмурий амалдорларининг ҳарбий соҳадаги фаолиятига доир // Ўзбек давлатчилик тизимида даргоҳ ва девонлар илмий-амалий конференция (2018 йил 18 май; Тошкент). 2019. - 107-118 б. ; Ўша муаллиф. Шайбонийлар сулоласи даврида Самарқанд бошқарувига доир баъзи мулоҳазалар / «Самарқанд ва зарафшон воҳаси тарихи замонавий тадқиқотларда».Самарқанд ўқишлари – I. - Тошкент-Самарқанд, «Akademnashr», 2020. – 85-93. tadqiqotlarida47 mavzuga tegishli ba’zi mulohazalarni keltirishadi. Unda asosan harbiy-siyosiy jarayonlar, diniy ulamolar, Karmana hukmronlik qilgan shayboniy sultonlar, ularning yer-mulki, qurdirgan maishiy va suv inshootlari manbalarga suyanilgan holda tahlil etilgan. Q.Rajabov va E.Ochilovlarning Ubaydulla sulton haqidagi ilmiy-ommabop risolasida48 ham Shayboniyxon davri harbiy siyosati haqida ba’zi mulohazalar mavjud. R.G.Mukminova va G.A.Agzamovaning tadqiqotlari49 Shayboniyxon davri davlatchiligi, davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari tarixini yoritib beruvchi materiallarga boy ishlardan biri sifatida, o‘rganilayotgan mavzuning mustaqillik davri tarixshunosligida alohida o‘rin tutadi. Mazkur tadqiqotlarda Shayboniyxon Movarounnahrga olib kelgan turli urug’larning Movarounnahr xalqi bilan qo‘shilib ketishi, hokimiyatning markazlashuvi, davlat boshqaruvi, soliq tizimi, tanga-pul monosabatlari manbalar asosida bayon etilgan. Tarixchi olim, professor O‘.Mavlonov va N.Nuriddinovalarning maqolasida Movarounnahrda harbiy san’atning shakllanishi va rivojlanib borishi masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, xususan, Buxoro xonligidagi harbiy ish – qo‘shinning tuzilishi, qurol-yarog’lari, jangchi qismlar va jang uslublari, Abdullaxonning harbiy islohotlari haqidagi umumiy ma’lumotlar va tahlillar o‘rin egallagan50. Uchinchi guruhga: Xorijiy tadqiqotlar tashkil etib, ularda Movarounnahr va Xurosonda Muhammad Shayboniyxon siyosiy faoliyati va u asos solgan shayboniylar sulolasi hamda davlati tarixini yoritishga oid bir qator ma’lumotlarni berib o‘tgan. Ularni H.Vamberi (Vengriya), Karter Van Findliy (AQSH), Mustafo Budak, Remzi Kilich (Turkiya), V.V.Poxlebkin (Rossiya), S.S.Xoseynishirazi (Tojikiston) va boshqa xorijlik tadqiqotchilar51 ilmiy ishlari tashkil etadi. 47 Иноятов С., Ҳайитова О. Кармана тарих кўзгусида. – Т.: Шарқ, 2006. 48 Ражабов Қ., Очилов Э. Убайдуллахон. – Т.: “ABU MATBUOT-KONSALT”, 2011. – 32 б. 49 Мукминова Р., Агзамова Г. Ўрта Осиё хонликларида ҳарбий иш. // Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан. Масъул муҳаррир: Д.Зияева. – Т.: Шарқ, 2012. – 106-125 б.; Мукминова Р., Агзамова Г. Бухоро хонлиги (амирлиги). // Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. Коллектив монография. – Т.: Шарқ, 2001. – 106 б. 50 Мавлонов Ў., Нуриддинова Н. Ўрта Осиё ҳарбий санъати тарихи // Жамият ва бошқарув. – Т.: 2002. – № 4. – 41 б. 51 Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990.; Carter Vaughn Findley. The Turks in world history. – Oхford: University press, 2005.; Budak M. Osmanli - Ozbek siyasi münasebetlerinin başlaması // Avrasya Etudleri. – Ankara, 1996.; Remzı Kılıç. Osmanlı - özbek sıyası Xususan, Herman Vamberi o‘zining tadqiqotlarida Binoiyning “Shayboniynoma”, Xondamirning “Habib us-siyar” asarlariga tayangan holda, Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrni egallash yo‘lidagi harbiy-siyosiy faoliyatiga oid keng qamrovli ma’lumotlar bergan. Shayboniyxon va Bobur o‘rtasidagi kurashlarni sharhlar ekan, uning fikriga ko‘ra, har ikki tomonning qo‘shinlari soni teng (o‘rtacha 40 ming) bo‘lsa-da, harbiy sohada Dashti Qipchoq lashkari tinch hayot kechirgan Movarounnahr askarlaridan jangovar va shafqatsizligi jihatidan ustun turgan. Shuningdek, Shayboniyxon temuriylarning nafas rostlashiga, birlashishiga yo‘l qo‘ymasdan, shiddat bilan tez-tez hujumga o‘tishi natijasida g’alabalarga erishganligini ta’kidlaydi. Vamberi Shayboniyxonning Movarounnahrni egallashida Bobur qo‘shinlari ustidan 1501 yili Saripul yaqinida va Xurosonni egallashida 1507 yili Sulton Husayn Bayqaro ustidan Marvichak jangida qo‘lga kiritilgan g’alaba hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligini ta’kidlaydi52. Mazkur tadqiqotlarda mualliflarning mahalliy tarixni chuqur o‘rganmasdan, ma’lum yo‘nalish bo‘yicha tadqiqot olib borganligi, muayyan chalkashliklarni ham keltirib chiqaradi. Bugungi kunda bu tadqiqotlar natijalarini qayta ko‘rib chiqib, tegishli tartibda qiyosiy tarixiy tahlil asosida mavzu tarixshunosligini boyitishga xizmat qildirish mumkin. XXI asr boshlarida ham Buxoro xonligi va umuman O‘rta Osiyo xalqlari harbiy san’ati tarixiga ham to‘xtalgan bir qator tadqiqotlar natijalari e’lon qilindi, dissertatsiyalar himoya qilindi. Amerikalik olim Karter Van Findliy o‘zining “Turklar – jahon tarixida” nomli monografiyasida Shayboniyxon davri tarixiga umumiy tavsif berib, uning davlat boshqaruvi va qo‘shin tuzilishi, harbiy liboslari hamda istilochilikdagi muvaffaqiyatlari haqida ba’zi fikrlarni keltiradi53. ılışkılerı (1530-1555). // Tarıh konunları. – №2. – Ankara, 2001. – B. 45-47; Remzi Kiliç. Yavuz Sultan Selim Devri (1512-1520) Osmanlı Özbek Münasebetleri. // Manas Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, S.1, 2001.; Хосейниширази С.С. Военно-политические отношения Мавераннахра и Ирана в XVI в.: Дисс. д-ра. ист. наук. – Душанбе: Таджикский государственный педагогический университет им. С.Айни, 2014. Похлебкин В.В. Татары и Русь. 360 лет отношений Руси с татарскими государствами в XIII-XVI вв. 1238- 1598 гг. (От битвы на р. Сить до покорения Сибири). Справочник. – М.: Международные отношения, 2000. 52 Вамбери Ҳ. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. – 78-91 б. 53 Carter Vaughn Findley. The Turks in world history. – Oхford: University press, 2005. – 104-105 p. Turkiyalik tarixchilar ham Shayboniyxon davridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, tovar-pul munosabatlari, savdo-sotiq tizimi tarixi bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Ular ichida Mustafo Budak va Remzi Kilichlarning mavzu tarixshunosligini boyitishga xizmat qiluvchi ishlarini aytib o‘tish mumkin54. Remzi Kilich o‘z tadqiqotida XVI asrning birinchi yarmida turk sultonlarining Buxoro bilan diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yganligi haqida ma’lumotlar beradi55. Shayboniyxonning harbiy tizim tarixi Rossiya, Tojikiston, Qozog’iston tarixchilarini ham qiziqtirmoqda. Bu mamlakatlarning so‘nggi o‘rta asrlar davri bilan shug’ullanib kelayotgan tarixchilari tomonidan bir nechta dissertatsiyalar himoya qilindi. Ular ichida tojikistonlik tarixchi S.S.Xoseynishirazining dissertatsiyasi56 alohida e’tiborga molik. Uning XVI asrda Movarounnahr va Eron o‘rtasidagi harbiy-siyosiy munosabatlarga bag’ishlangan nomzodlik dissertatsiyasida ham mavzuga oid ayrim ma’lumotlar keltiriladi. Xuroson uchun Shayboniyxon va Safaviylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar, shuningdek, Marv va Jom janglaridagi harbiy taktikalar, qo‘shinning boshqarilishi, joylashuvi, qurollanishi, sarkardalarning harbiy mahorati yoritilganligi tadqiqotning ahamiyatini birmuncha oshiradi. Rossiyalik tadqiqotchi V.V.Poxlebkinning monografiyasida ham mavzuga tegishli ayrim ma’lumotlar keltirilgan57. 54 Budak M. Osmanli - Ozbek siyasi münasebetlerinin başlaması // Avrasya Etudleri. – Ankara, 1996. – № 4. – 79-85 б. 55 Remzı Kılıç. Osmanlı - özbek sıyası ılışkılerı (1530-1555). // Tarıh konunları. – №2. – Ankara, 2001. – 45-47 б.; Remzi Kiliç. Yavuz Sultan Selim Devri (1512-1520) Osmanlı Özbek Münasebetleri. // Manas Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, S.1, 2001. – 91-96 б. 56 Хосейниширази С.С. Военно-политические отношения Мавераннахра и Ирана в XVI в.: Дисс. д-ра. ист. наук. – Душанбе: Таджикский государственный педагогический университет им. С.Айни, 2014. – 155 с. 57 Похлебкин В.В. Татары и Русь. 360 лет отношений Руси с татарскими государствами в XIII-XVI вв. 1238- 1598 гг. (От битвы на р. Сить до покорения Сибири). Справочник. – М.: Международные отношения, 2000. – 189 с. |
ma'muriyatiga murojaat qiling