O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Substansiya (lot. substantia – mohiyat, birinchi asos), narsalarning yagona 
asosga egaligi, ularning kelib chiqishi bilan belgilangan umumiy va uzviy xossalari 
esa – atributlar (lot. attributum –xos bo‘lgan, qo‘shib olingan) degan g‘oyaga 
asoslanadi. SHunday qilib, biron-bir obektning borlig‘i deganda substansial borliq, 
yani obektning substansiyadan vujudga kelishi bilan belgilangan borliq tushunilsa, 
bu obektni mavjud deb hisoblash orqali biz unda muayyan atributlarning 
mavjudligini taxmin qilamiz (holbuki «sof borliq»dan bunday borliqning tabiati 
haqida biron-bir taxmin kelib chiqmaydi).
Masalaga bunday yondashilganda borliq nima, degan savol substansiya nima, 
uning atributlari qanday, degan savolga aylanadi. Falsafa tarixida bu masala 
echimining turli variantlarini aks ettiruvchi ontologik konsepsiyalar taklif qilingan. 
Materialistik ontologiya borliqning asosi moddiy narsalar degan talimot 
bo‘lib, uni antik faylasuflar yaratgan. Fales butun borliqning birinchi asosi deb 
suvni, Anaksimen – havoni, Geraklit – olovni etirof etgan. Qadimgi talimotlar 
orasida Anaksimandr ontologiyasi alohida o‘rin egallaydi. Uning fikricha birinchi 
asos Cheksiz va sifat jihatidan nomuayyan bo‘lishi kerak, chunki unda narsalarning 
barcha konkret sifatlari (issiq va sovuq, namlik va quruqlik, achchiq va shirin va 
h.k.) aralash bo‘lishi lozim. Atomlar, efir, modda – bularning barchasi materiyani 
barcha narsalarning substansiyasi sifatida tushunishning turli variantlaridir.
Idealistik ontologiya substansial borliqni «narsalar dunyosi» zamirida 
yotuvchi «g‘oyalar dunyosi» sifatida tasavvur qilingan bu g‘oya Platon falsafasida 
rivojlantirilgan.  
Din 
ontologiyasida 
Xudoning 
substansial 
borlig‘i 
tasdiqlanadi. 
Ekzistensializm ontologiyasida substansiya g‘oyasi insonga bevosita berilgan 
borliq - ekzistensiya kategoriyasi bilan bog‘liq. Bunda umid, qo‘rquv, g‘amxo‘rlik, 
vijdon va shu kabilar borliqning atributlari («ekzistensiallari») hisoblanadi.
Dualistik xususiyatga ega bo‘lgan ontologik konsepsiyalarda ikki xil borliq 
va tegishli ravishda ikki substansiya farqlanadi (Dekart). Leybnits ontologiyasi ko‘p 
sonli substansial shakllar (monadalar)ning mavjudligini nazarda tutadi. 
Empirik yo‘nalish vakillari substansiya g‘oyasini tajribadan keltirib chiqarish 
mumkin emas, deb hisoblaydi. Berkli bizning sezgilarimiz ruhimizdan tashqarida 
«idrok etilmagan narsalar» mavjudligidan dalolat berishi mumkin emas, deb, 
moddiy substansiyani rad etgan. Yum Berklining ayni shu fikrini manaviy 
substansiyaga nisbatan ham tatbiq etgan. Uning fikricha, substansiyaning umumiy 
(moddiy substansiya ham, manaviy substansiya ham) g‘oyasi xayolot mahsulidan 
boshqa narsa emas. Biz ayrim narsalarni idrok etamiz, lekin hech qachon ularning 
o‘rtasidagi sababiy aloqani idrok etmaymiz. Substansiya shunday bir nomki, uning 
ostida biz o‘zaro bog‘lanmagan ro‘yolarni birlashtiramiz. D.Yum substansiyani 
umuman borliq tushunchasiga tatbiq etadi. Yum, “Bizning sezgilarimizdan 
tashqarida biron-bir narsa mavjud yoki mavjud emasligini so‘rash befoydadir. Biz 
tashqi dunyo mavjud, yani bizga bog‘liq bo‘lmagan va uzluksiz borliqqa ega 


145 
ekanligiga ishonishimiz mumkin, lekin u mavjud ekanligini isbotlay olmaymiz. 
Mavjud bo‘lgan narsa mavjud bo‘lmasligi ham mumkin... Butun mavjudlikning 
mavjud emasligi uning mavjudligi kabi aniq va ravshan g‘oyadir»
1
, deb yozadi. 
Ammo Berkli va Yum mohiyat etibori bilan shunday bir ontologik konsepsiyani 
rivojlantirganki, unda substansiya rolini uning «surrogati» - subektda tug‘ilgan 
sezgilar oqimi o‘ynaydi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling