149
Birinchi bosqich antik falsafa davrini qamrab oladi.
Falsafa tarixida
materiya haqidagi dastlabki tasavvurlar «stixiyali materializm»deb ataladi. Ushbu
materializm o‘z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat
hodisalarining Cheksiz
rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini
muayyan moddiy, o‘ziga xos narsadan izlaydi.
Antik qarashlarga ko‘ra materiya –
jismlar va narsalarning o‘zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan,
qadimgi yunon faylasufi Fales suv o‘simliklar, hayvonlar va odamlarga zarurligini
qayd etib, suvni barcha narsalarning asosi deb elon qilgan. Geraklit Quyosh,
yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olov hamma narsaning asosi deb
hisoblagan.
Qadimgi yunon faylasuflari orasida Anaksimandr o‘zining materiya haqidagi
fikr-mulohazalari bilan alohida ajralib turadi. Uning uchun materiya yoki birinchi
modda sezish mumkin bo‘lgan
konkret jism emas, balki ayrim nomuayyan
o‘zgaruvchi mohiyatga ega bo‘lgan apeyrondir.
Atomistlarda materiya
tabaqalashgan substrakt ko‘rinishini kasb etadi.
Materiyaning birinchi ilmiy konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi
atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: