O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Объектнинг атом модели
 
Объект атомлар бирикмаси 


151 
Platonning materiya –haqidagi mashhur talimoti o‘zining borliqqa asoslangan 
mustahkam negizini yo‘qotgan. Uningcha, materiya –tushunchasi aql (demiurg) – 
birlamchi, sof materiya (etilish joyi va «doya») - ikkilamchi sof materiya (moddiy 
narsalar) uchligida oraliq o‘rin egallaydi
1
. Platon doimo mavjud bo‘lgan va hech 
qachon shakllanmaydigan narsalarni va doimo shakllanuvchi va hech qachon 
mavjud bo‘lmaydigan narsalarni farqlashga chaqiradi. Uning fikricha, narsalarning 
ular ichida tug‘iluvchi va o‘lganidan keyin unga qaytuvchi mohiyatini «u» yoki 
«bu» so‘z bilan ifodalash, shu tariqa ularga barqarorlik hamda muayyanlik baxsh 
etish mumkin
2

Platon fikriga ko‘ra, borliqning moddiy narsalar dunyosi sifatida shakllanish 
mexanizmi shundan iboratki, g‘oyaning juda aniq tariflangan birinchi andozasi 
moddiy borliqdan o‘rin oladi va materiyaga g‘oyalar etiladigan joy, ularning 
«doya»si va vazifasi bo‘lish majburiyatini yuklaydi. Dunyodagi barcha 
jarayonlarning maqsadga muvofiqligi haqidagi tasavvur g‘oya va narsalarning 
o‘zaro bog‘lovchi aloqasi bilan asoslanadi. G‘oya narsalarning Cheksiz hissiy 
ko‘rinishlarining asosiy manosini belgilovchi asos sifatida va har qanday yakka 
narsa uchun qonun sifatida tushuniladi.
Platonning muhim, lekin ayni paytda ikkinchi darajali rol o‘ynovchi materiya 
haqidagi talimoti Aristotelning shu mavzudagi fikr-mulohazalariga bevosita turtki 
bo‘lgan. Aristotelda «hyule» tushunchasi «morfe» yoki «eydos» («morphe» yoki 
«eydos») tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Garchi Aristotelning ontologik 
konsepsiyasida materiya va shaklning dualizmi aniq-ravshan sezilib tursa-da, u hech 
qachon «hyule»ni mustaqil borliq sifatida tavsiflamagan. Uning fikricha, amalda 
materiya faqat shakl bilan birikkan ko‘rinishda mavjud bo‘ladi. Materiya «hyule» va 
«morfe» (shakl) bilan uyg‘unlikda har qanday yuzaga kelish va o‘zgarishning zarur 
universal negizi hisoblanadi.
Aristotelning materiya haqidagi tasavvuri o‘rta asr falsafasiga ancha 
o‘zgargan ko‘rinishda o‘tdi. O‘rta asr teologlari Aristotelning ilmiy merosidan 
foydalanib, uning «morfe» (shakl) haqidagi g‘oyasini o‘zlashtirdilar. Ushbu g‘oya 
boshqa qarashlardan ustun qo‘yildi, u manaviy asos sifatida qarala boshlandi. 
Mazkur talqin materiyasiz sof shakllar, chunonchi: xudolar, ruhlar, farishtalar, 
odamlarning o‘lmas ruhlari mavjudligini elon qilish imkonini berdi. Materiya 
doimiy, u dunyo yaralgunga qadar ham mavjud bo‘lgan, degan g‘oyani ilgari 
suruvchi «dahriylar» haqida malumotlar «cherkov rahnamolari» o‘rtasidagi 
munozaralar orqali bizgacha etib kelgan bo‘lsa-da, dunyoning moddiyligini 
o‘rganish bilan bog‘liq muammolar bu davrda ham to‘la-to‘kis barham topmadi. 
Materiyaning tabiati haqidagi masalada ular bir to‘xtamga kelmagan bo‘lsalar-da, 
uni echish fanning rivojlanishida muhim rol o‘ynashiga, zero bilish qaysi yo‘ldan 
rivojlanishi lozimligini belgilashiga ularning ishonchi komil bo‘lgan. Ular avval 
barcha narsalarning asosi sanalgan materiyaning nimaligini aniqlash va shundan 
1
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С. 204 
2
Платон // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001. – С. 204 


152 
keyingina bunga asoslangan holda ayrim narsalarning kelib chiqishi va xossalarini 
tushuntirish lozim, deb hisoblaganlar. Jumladan, bu xususda Aristotel shunday deb 
yozgan: «Avvalo birinchi asos va sababni bilish kerak, zero ular orqali va ularga 
muvofiq qolgan barcha narsalar anglab etiladi...»
1

Uyg‘onish davri faylasuflari izchil materialistlar bo‘lmasalar-da, o‘rta 
asrlarning quruq muhokamaga asoslangan, spekulyativ tafakkurini yakdillik bilan 
inkor etdilar. Mustaqil faol asos sifatidagi shakl g‘oyasi chetga surib qo‘yildi, 
materiya nafaqat potensial, balki amalda ham mavjud bo‘lgan narsa sifatida 
tushunila boshlandi. Shunisi ajablanarliki, alximiya sohasidagi eksperimentlar 
amaliyoti tasirida shakl-materiya mahsuli, degan yondashuv yuzaga keldi. 
Uyg‘onish davrining Bernardino Telezio, Fransiska Patritsiya, Jordano Bruno kabi 
faylasuflari ijodida «materiya» tushunchasi yangicha mazmun kasb etdi. 
Materiyaning yaralishi g‘oyasi inkor etildi, materiya boqiy deb elon qilindi, harakat 
tabiiy kuchlar tasiri natijasi sifatida tushunila boshlandi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling