O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining to‘rtinchi konsepsiyasi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining to‘rtinchi konsepsiyasi 
XX asr falsafasiga xos. Bu erda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, 
balki falsafiy jihat birinchi o‘ringa qo‘yildi. Bu materiyaga narsalar va hodisalar 
butun rang-barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya 
sifatida yondashuvdir. Materiyaga obektiv borliq sifatida qarala boshlandi. XIX va 
XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslikda yuzaga kelgan vaziyatni tahlil 
qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik 
lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo‘lidan emas, balki unga 
tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi va yangi 
xulosalarni kiritish yo‘lidan borishni taklif qildilar. Materiyaning tuzilishi haqidagi 
har qanday fizik yondashuvlar xususiy jihatini hisobga oladi, bunda butun borliq 
emas, balki uning ayrim jihatlarinigina tahlil qilish nazarda tutiladi. 
Materiyaning falsafiy talqini butun predmetli borliqni qamrab oladi va 
umumiylik belgisiga ega. U butun obektiv borliqni to‘liq ifodalaydi. Umumiylik 
belgisiga suyanuvchi materiyaning falsafiy talqini amalda eskirishi mumkin emas
chunki u insonning tashqi dunyoni aks ettirishga qaratilgan qobiliyatini ifodalaydi. 
Materiyaning xossalari, tuzilishi va turlari haqidagi fizik yondashuvlar muqarrar 
ravishda eskiradi va o‘zgaradi. Bundan materiya emas, balki materiya haqidagi 
bilimlarimizning kechagi chegarasi yo‘q bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi.
Materiyaga 
oid 
turli 
konsepsiyalar 
shaklangan. 
Materiyaning 
substansional konsepsiyasi uni yaratib ham, yo‘q qilib ham bo‘lmasligini, uning 
mavjudligi va o‘zgarishining tashqi sabablari mavjud emasligini ko‘rsatadi. Ushbu 
tarif barcha narsalar materiyaning substansiyasi deb bilishga asoslanadi.
Materiyaning substrat konsepsiyasida ilk materializm namoyandalari 
materiyani substrat sifatida tushunishga asos solganlar: ular materiyani barcha 


156 
mavjud narsalarni yaratishga asos bo‘luvchi substrat (lot. substratum – asos, 
zamin), material, modda sifatida talqin qilganlar. Bu substrat boqiy, uni yaratib va 
vayron qilib bo‘lmaydi, deb taxmin qilingan. Ammo ularning hissiy idrok etiladigan 
ayrim moddalar (suv, Yer va boshqalar)ga umumiy substrat sifatida qarashga 
urinishlari juda sodda va ishonarsiz bo‘lgan. 
Materiyaning genetik-kontrast konsepsiyasi, uni faqat ongga qarshi qo‘yish 
yo‘li bilan tariflashga asoslanadi. Ushbu tarif Russoning bu sohadagi 
mushohadalari yoki G.V.Plexanovning: «Ruh»ga zid o‘laroq, sezgi organlarimizga 
tasir ko‘rsatish orqali bizda muayyan his-tuyg‘ular uyg‘otuvchi narsa «materiya» 
deb ataladi», degan tezisi asosida mavjud bo‘lishi mumkin.
Materiyaning atributiv konsepsiyasi uni biron-bir substrat bilan emas, balki 
atributlar majmui: makon, vaqt, harakat, sifat, miqdor bilan tenglashtiradi. 
Yuqorida materiyaning substrat konsepsiyalarida bilish obektining modeli muhim 
rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tildi. Bu jihatdan materiyaning falsafiy konsepsiyalari ilmiy 
nazariyalar bilan o‘xshash. Zero bu nazariyalarni ishlab chiqish doim ular 
o‘rganuvchi narsalar va jarayonlarning nazariy modellarini yaratish bilan bog‘liq. 
Ammo fanda model obektlarning muayyan turkumini bilish vositasi bo‘lib xizmat 
qilsa, ontologiyada har qanday obektlarni bilish vositasi bo‘lishga qodir bo‘lgan 
«umuman bilish obekti»ning modeli tuziladi. 
Materiyaning dialektik konsepsiyasi XIX-XX asrlar chegarasida shaklandi. 
Materiyani dialektik tushunish uni bilishga nisbatan falsafiy va ilmiy 
yondashuvlarning birikuvi natijasida vujudga keldi. Zero, bir qator yirik olimlar 
(Gelmgols, Darvin, Mendeleev, Plank, Eynshteyn, Bor va boshqalar)ning asarlarida 
materiyaning dialektik talqinini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyalar ilgari 
surildi.
Materiyaga substrat sifatida yondashishga asoslangan konsepsiyalarning 
barchasi bir umumiy kamchilikka ega: u mazkur konsepsiyalarning tarixiy 
cheklanganligini belgilaydi va ilmiy bilishning rivojlanishi natijalari bilan ularning 
nomuvofiqligini muqarrar qilib qo‘yadi.
Gap shundaki, ularda materiya uning bir (yoki bir nechta) turi – suv, atomlar 
va hokazolar bilan bog‘lanadi, materiyaning bu turi dunyoda mavjud bo‘lgan 
barcha narsalarning birlamchi, universal, mutlaq asosi deb elon qilinadi. Fan mazkur 
materiya turining mavjudligi bilan belgilangan hodisalarni o‘rganish bilan mashg‘ul 
ekan, ko‘rsatilgan kamchilik sezilmaydi va uning rivojlanishiga jiddiy moneliklar 
tug‘dirmaydi. Ammo materiyaning yangi turlari, shakllari va holatlarining kashf 
etilishi darhol bu turga narsalarning birdan-bir, umumiy va universal asosi sifatida 
qaraydigan substrat konsepsiyasining torligini namoyon etadi. Shunda uni yangi, 
kengroq konsepsiya bilan almashtirish zaruriyati tug‘iladi. Materiyaning har qanday 
substrat konsepsiyasi o‘z qo‘llanish chegarasiga ega va fanning rivojlanish 
jarayonida u ertami-kechmi aniqlanadi.


157 
Fan taraqqiyoti materiyaning substrat konsepsiyasi asossiz ekanligini 
namoyish etib, falsafaga dialektikadan saboq berdi. Bu saboq ilmiy bilishning 
rivojlanish mantig‘iga mos keluvchi ontologik konsepsiyani yaratish uchun izchil 
dialektik fikrlash zarurligini yana bir karra tasdiqladi. Substrat konsepsiyalari 
dialektik xususiyatga ega emas. Ular narsalarda qanday o‘zgarish yuz bermasin, 
ularning substrati o‘zgarishsiz qolishini nazarda tutadi.
Materiyani dialektik tushunish uning bitmas-tuganmasligi, yani materiya 
turlari, shakllari, holatlarining Cheksiz rang-barangligi mavjud ekanligi haqidagi 
g‘oyaga olib keladi.
XIX-XX asrlar chegarasida atomlarning parchalanishini o‘rganish 
materiyaning ilgari malum bo‘lmagan turi – elementar zarralar kashf etilishiga olib 
keldi. SHunday qilib, atomlar parchalanganda materiya yo‘q bo‘lmasligi, balki 
faqat bir shakldan boshqa shaklga o‘tishi aniqlandi.
Hozirgi zamon fizikasida ham moddiy obektlarning yangi turlari 
aniqlanmoqda. Fiziklar mikrodunyoni o‘rganish jarayonida fizik bo‘shliq, virtual 
zarralar, kvarklar kabi g‘ayrioddiy obektlarga duch kelmoqdalar. Megadunyo (ulkan 
kosmik miqyosdagi dunyo) sari harakatlanib, ular bu erda protoyulduzlar, kvazarlar, 
«qora» va «oq» tuynuklarni kashf etmoqdalar.
Fikrlashning dialektik metodi fanning rivojlanish tajribasiga tayanadi va shu 
bilan bir vaqtda bu tajriba uni yanada rivojlantirishga tatbiq etadi.
Shunday qilib, materiyaning dialektik talqini uni materiyaning biron-bir turi 
bilan bog‘lashdan xoli. U materiya, uning shakllari va holatlarining Cheksiz
darajada rang-barangligini nazarda tutadi va ularning barchasi o‘zgaruvchan va 
o‘tkinchi ekanligini qayd etadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling