O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi Yangi


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Materiya haqidagi tasavvurlar rivojlanishining ikkinchi bosqichi Yangi 
davr (XVI-XVII asrlar) falsafasida materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan 
muayyan o‘zgarmas xossalar yig‘indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan 
ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday 
xossalar qatoriga ko‘lamlilik, shakl, og‘irlik va hokazolarni kiritgan. Bazan materiya 
tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko‘lamlilik yoki massa bilan 
ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ). 
YAngi davrning mexanistik materializmida materiya tarifi zamirida 
«material» tushunchasi emas, balki barcha moddiy narsalar uchun umumiy bo‘lgan 
asosiy va o‘zgarmas xossalar tushunchasi yotadi. Bu davr faylasuflari antik davrda 
amal qilgan metodologik qoidani yangi bosqichga ko‘tardilar. Ular materiyaga 
birinchi modda sifatida emas, balki birinchi belgi sifatida yondashdilar. Qadimgi 
faylasuflardan farqli o‘laroq, ular suv, olov yoki havoni butun borliqning birinchi 
asosi va birinchi sababi deb elon qilganlari yo‘q. Barcha fanlar tajriba asosida 
rivojlangan ushbu davrda hamma narsa zamirida ayrim mexanik xossalar: ko‘lamga 
egalik, o‘zidan hech narsani o‘tkazmaslik, og‘irlik, shakldorlik yotadi, degan qarash 
shakllandi.
Materiyani tavsiflashga nisbatan mazkur yondashuv XIX asr oxirigacha 
dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‘lmagan. Buning negizida materializmning 
shakli metafizik yoki mexanistik degan nom olgan, chunki u fizikaning nazariy 
malumotlariga asoslanibgina qolmasdan, balki ilmiy izlanishlarning dunyoqarashga 
doir metodologik asosi sifatida amal qilgan.
Xullas, materiyaning antik va mexanistik talqiniga xos bo‘lgan bir qancha 
umumiy jihatlarni qayd etish mumkin. Birinchidan – materiya birinchi modda yoki 
birinchi belgini topish yo‘li bilan aniqlanadi. 
1
Аристотель В 4-х т.Т.1. -М.: 1975. -С.68. 


153 
Ikkinchidan – materiyani aniqlash zamirida obektivlik mezoni, yani bizdan 
tashqarida va bizga bog‘liq bo‘lmagan holdagi mavjudlik qobiliyati yotadi.
Uchinchidan – materiya o‘zgarmas bo‘lib, o‘z navbatida, o‘zgaruvchi 
sifatidagi ayrim narsalarga qarshilik ko‘rsatadi. To‘rtinchidan – «materiya» 
tushunchasini tariflashda yakkalik va xususiylik haqidagi metodologik qoidaga amal 
qilinadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling