150
Demokrit barcha narsalar oddiy ajralmas zarralar – atomlardan iborat, degan
g‘oyani ilgari surgan. Uning tasavvurida bu zarralar bir-biri bilan to‘qnashib, bir-
biriga yopishib
va bir-biri bilan birikib, biz ko‘radigan narsalarni hosil qilgan.
Narsalarning xossalari pirovard natijada ularni tashkil etuvchi atomlar shakli,
kattaligi, o‘zaro joylashuvi va harakatiga bog‘liq. Bu barcha narsalarni tavsiflash va
tushuntirishga asos qilib yagona umumiy sxemani – bilish obektining har qanday
obektni atomlar birikmasi sifatida aks ettiruvchi modelini olish imkonini beradi.
Shunday qilib, antik
faylasuflar nuqtai nazaridan, materiya – bu barcha narsalar
asosi. Odatda bular qadimgi donishmandlarning farazlari bo‘lgan va ularning
materializmi o‘ta
sodda xususiyat kasb etgan, chunki nazariy xulosalar borliqni
kuzatish natijasi, tabiatni eksperimental o‘rganish mavjud emasligi mahsuli bo‘lgan.
Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karning atomistik nazariyasida barcha
narsalarning substrati sifatidagi materiya atomlar yig‘indisi ko‘rinishida
namoyon
bo‘ladi. Ular shakli, katta-kichikligi, og‘irligiga ko‘ra har xil, lekin bo‘linmas va
yo‘q bo‘lmasdir. Obektlarning rang-barangligi atomlar konfiguratsiyasining turliligi
bilan izohlanadi.
Materiya falsafiy kategoriyasini ilk bor Platon ishlatgan. U
hyle atamasini
muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo
bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni
ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo‘lib, har qanday
geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan
makon bilan
tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan
xossalari (massa, energiya, ko‘lam) bilan bog‘langan va muayyan turlari (modda,
atomlar, korpuskulalar va sh.k.) bilan tenglashtirilgan.
Platonning «Timey» dialogi mazmunidan kelib
chiquvchi materiya haqidagi
talimot qadimgi yunon falsafasida alohida o‘rin tutadi. Birinchidan, Platon
«materiya» tushunchasini ifodalash uchun maxsus atama qo‘llamagan,
bu borada
tushunish ancha mushkul bo‘lgan «tur» ekani haqidagi ishoradan boshqa aniqroq
tushuntirishlar ham bermagan. Ikkinchidan, u har qanday tug‘ilishning «doya»si va
«enaga»si bo‘lish materiyaning doimiy vazifasidir, deb hisoblagan. Qaysidir manoda
bu asos, lekin shaklsiz asosdir. Hamma narsalarni o‘z ichiga olishi lozim bo‘lgan
asos o‘zi har qanday shakldan mahrum bo‘lishi lozim bo‘lganidek, uning vazifasi
abadiy yashaydigan barcha mavjud narsalarning shakl-shamoyilini o‘zida
aniq va
to‘liq mujassamlashtirishdan iborat bo‘lganligi uchun tabiatan har qanday shakldan
mahrum bo‘lmog‘i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: