O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Mehnat-turmush estetikasining muhim omili


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Mehnat-turmush estetikasining muhim omili 
Mehnat moddiy va manaviy go‘zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning 
muhim vositasi hisoblanadi. Bu jarayon ijtimoiy-foydali mehnatning badiiylik bilan 
aloqasi tasirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat 
vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy 
yondashuv jamiyat manaviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. 
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi - ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa 
insonlarda mehnatga bo‘lgan yangicha estetik munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag‘batlantirish, odamlarda mulkka egalik 
xissiyotini tarbiyalash o‘z navbatida mehnatga bo‘lgan estetik munosabat orqali 
ro‘yobga chiqadi. 
Mehnat - insonning aqliy yoki jismoniy kuchi bilan amalga oshiriladigan 
estetik faoliyat. U manaviy va moddiy jihatdan odamzot hayotini farovonlashtirish, 
manaviy hamda moddiy qadriyatlarni yaratish vositasi. Mehnatda inson ayni paytda 
ham aqliy, ham jismoniy tomondan tarbiyalanib, manaviy yuksalib boradi. Biroq 
mehnat og‘ir majburiyatga aylangan joyda uning bu xususiyatlari yo‘qoladi. SHu 
sababli mehnat har jihatdan yuksak samara borishi uchun erkin bo‘lishi, mehnat 
jarayoni ijodiy va qiziqarli kechishi lozim. Agar mehnat erkin va ijodiy bo‘lsa 
ko‘plab yuksak asarlar, mukammal mahsulotlar yaratiladi. Va aksincha, mehnat 
asarlari xunuk bo‘lsa insonning mehnat qilish zavqi va baxtidan mosuvo ekanligi, 
bu esa ular yashayotgan jamiyatning manaviy qashshoqligini ko‘rsatadi. 
Mehnat - mehnat sharoiti, mehnat jarayoni va mehnat natijalaridan iborat. 
Mehnat sharoiti yoki muhiti ishchi mehnat qilayotgan korxona binosi, arxitekturasi, 
dizayni, yorug‘ligi, havo muhiti, shovqin, undagi mikroiqlim omillari harorat, nisbiy 
namlik, atmosfera bosimi, o‘zaro ishchan vaziyat, axloqiy-estetik muhitni ham 
qamrab oladi. Mehnat jarayoni esa insonning ishlab chiqarish vositalari, ularni 
boshqarishi, ishlab chiqarish vaziyatidan iborat. Mehnat natijalari yaratilajak, 
yaratilgan mahsulot-tovarlardir. Bu uchchalasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib mehnat muhiti 
ijobiyligi, mehnat jarayonini inson uchun mashaqqatli, sog‘ligiga ziyon etkazadigan, 
toliqtiradigan emas, aksincha zavqli va qulay bo‘lishiga, mehnat jarayonining 
ijobiyligi esa mahsulot-tovarlar sifati, estetikasi, qulayligi, uyg‘unligi bilan 
belgilanadi. 
Mehnat estetikasi deganda mehnat sharoiti, mehnat vositalari, mehnat 
natijalarida estetik qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi tushuniladi. Mehnatning 
estetik jihatlari shaxsning ijodiy faoliyat potensiali uning manaviy, aqliy, axloqiy-
estetik tomonlari bilan umumiyligi va mehnat natijalaridan beg‘araz lazzatlanishiga 
bog‘liqdir. Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi uchun avvalo obektiv 
omillar, ishlab chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta bu o‘rinda 
mehnatkashlarning madaniyati, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Mehnat ko‘rinishidan qatiy nazar texnika taraqqiyotiga bog‘liq. Ibtidoiy 
davrdan boshlab bugungi eng yangi ilg‘or texnologiya shakllanganigacha mehnat 
vositalari bir necha bor o‘zgardi, davrdan davrga takomillashib bordi. Bu albatta 


506 
mehnat estetikasiga ham ijobiy tasir ko‘rsatadi. Oddiygina kompyuter 
texnologiyasini oladigan bo‘lsak, u hisob-kitob bilan shug‘ullanuvchi kasb 
egalaridan tortib, yozuvchi-ijodkorlar mehnatini engillashtiribgina qolmay ular 
vaqtining tejalishi, vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratdi. Bugun fermer va 
dehqonlarimiz ham zamonaviy texnika orqali erga ishlov bermoqda. 
Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etgani bilan 
birga uning ruhiy-axloqiy masuliyatini kuchaytiradi, yani zamonaviy texnologiyani 
boshqarish, uni asrash insondan hushyorlik, axloqiy masuliyat talab etadi. Jismoniy 
mehnat texnika zimmasiga o‘tgani sari, uning ijodiy tabiati ortib boradi. 
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir inson o‘z mehnatidan 
moddiy va manaviy manfaatdor bo‘lsagina, bu mehnat estetik tarbiya omiliga 
aylanadi. Mehnat inson iqtidori, xayolotini yuzaga chiqaradi, funksional jihatlari 
bilan estetik madaniyat, estetik faoliyatning shakli, mazmuni, hajmi, natijalarini 
belgilaydi. Inson hayotining turli soha va yo‘nalishlaridagi estetik munosabatlar 
estetik madaniyatning o‘zini namoyon etadigan maydoni sanaladi. Bu avvalo, inson 
hayotiy faoliyatining asosiy nuqtasi bo‘lgan mehnatga taalluqlidir. 
Mehnat qurollari va kundalik turmush buyumlarining funksional- texnologik 
qiymati hamda estetik belgilari va loyihalanishiga qarab kundalik turmush bilan 
bog‘liq buyum-jihozlar va ikkilamchi yaratishga mo‘ljallangan mehnat qurollariga 
bo‘linadi. Ammo bugungi kunda insonning ijtimoiy faoliyati hisoblangan mehnat 
turlarini jismoniy va aqliyga ajratish har doim ham to‘g‘ri emas. CHunki mehnat 
jarayonida bugun ikkalasi uzviy bog‘lanib bormoqda. XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida ishlab chiqarishning mislsiz taraqqiyoti natijasida bu ikki faoliyat bir-
birini taqozo etib bormoqda 
Mehnat sharoitlari va vositalariga estetik mazmun baxsh etish insonni estetik 
kamol toptirish bilan birga, uning foydali amaliy vazifalarini ham kengroq doirada 
bajarishga safarbar qiladi. Natijada estetik mazmun mehnat unumdorligini, 
samaradorligini va sifatini oshirishning muhim omiliga aylanadi. Mehnat insonning 
hayotiy ehtiyoji, uning turmush estetikasini shakllantiruvchi vosita hamdir. Mehnat 
estetikasining shakllanishida ishlab chiqarish vositalarining zamonaviyligidan 
tashqari, mehnat kollektividagi o‘zaro axloqiy-estetik muhitning ham o‘rni bor. 
Negaki ahil jamoa, o‘zaro axloqiy-estetik munosabat ish jarayonining sifati va 
natijasi estetikasiga ijobiy tasir ko‘rsatadi. Har bir buyum o‘z davrining, shu davrda 
yashagan inson mehnatining mahsulidir. Bu buyumlar o‘z zamonasining texnikasi, 
materiali, odamlar didi bilan chambarchas bog‘liqdir. SHu jihatdan ham biz ushbu 
narsa va buyumlarga qarab u davr manaviy-moddiy madaniyati, xalq ehtiyoji, didi 
haqida malumot olamiz. 
Mehnat jarayonida estetik hissiyotning shakllanishi sifat jihatdan insoniyat 
olami bilan hayvonot dunyosi o‘rtasidagi tafovutlarni farqlashda muhim omil bo‘lib 
xizmat qilgan. Tabiiyki, insonning mehnat jarayoni o‘ta rang-barangdir. SHu bois 
uning estetik mohiyatini bir xilda belgilab bo‘lmaydi. Mehnat estetikasi inson 
manaviyatini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mehnat jarayoni 
insonning intilish, xatti-harakat, muayyan amallarni ado etish oqibatida yuz beradi. 
O‘z mehnati muvaffaqiyatidan manfaatdor inson amallarni mukammal bajarishga 


507 
intiladi. Mehnat jarayonida yuzaga keladigan estetik zavq uning teran, botiniy 
mohiyatini anglash, ijodkorlik, bunyodkorlik ruhi bilan bog‘langan bo‘ladi. Inson 
mehnat jarayonida o‘zini ijodkor his etadi, mehnatining yaratuvchanlik manosini 
anglab etadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobatning mavjudligi moddiy nemat ishlab 
chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar 
yaratish, istemolchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar 
etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. SHunday qilib, mehnat estetikasi insonga 
kuchli va ko‘p-qirrali tasir ko‘rsatib, uning faoliyatiga estetik mano-mazmun baxsh 
etadi, manaviy kamol topishiga ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvor, mukammallik 
qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati ham shuncha barqaror, manaviy 
tasirchanligi kuchli bo‘ladi. 
Mehnat estetikasi amaliyoti insonning yaratuvchanlik qobiliyatini yuzaga 
chiqaribgina qolmay, yaratilayotgan go‘zallik uning qo‘li bilan yaratilgani, uni 
ruhiy-estetik jihatdan rag‘batlantiradi, o‘ziga ishonch tuyg‘usini orttiradi, yangi 
ijodiy faolikka undaydi. Mehnat jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan soha ergonomika 
mehnatni engillashtiribgina qolmay, uning unumi, samarasini oshishiga ham yordam 
bera boshladi. Shuning bilan birgalikda insonga ulkan masuliyat ham yukladi. 
Negaki, yangi texnologiya inson tomonidan o‘zlashtirilishi va foydalanishi uchun 
qulay, uning jismoniy, manaviy-ruhiy xususiyatlarini ham etiborga olishni talab 
etadi. Bu esa o‘z o‘rnida insonning jismoniy va ruhiy-manaviy imkoniyatlarini 
o‘rganish va shunga muvofiq mehnat qurollari, mehnat sharoitini yaratishni o‘z 
oldiga maqsad qilgan yangi ilm-ergonomikaning shaklllanishiga sabab bo‘ldi. 
Ergonomika 1949 yilda Angliyada paydo bo‘lib mehnat qilayotgan odamning 
imkoniyatlari, ruhiyati, anatomiyasi, fiziologiyasiga asoslanib, mehnat sharoitiga 
qarab o‘rganadi. Bugungi kunda ergonomika fan sifatida shakllanib maxsus oliy 
o‘quv yurtlarida o‘qitilmoqda. SHuningdek, turli konstruktorlik byurolari, ishlab 
chiqarish jarayoni kompleks tashkil etilgan sohalarda keng qo‘llanilmoqda. 
Ergonomika narsalar olamini yaratish jarayonida eng muhim falsafiy-axloqiy jihat – 
buyumga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish masalasiga etibor qaratadi. 
Predmetlar olami bilan istemolchi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy 
holatni ergonomika - muhandislik psixologiyasi bartaraf qiladi. Ergonomika 
yordamida dizayn mahsulotlari inson tabiatiga moslashtirildi. Bunda dizayner, 
nafosatshunos, loyihachi-konstruktor, texnik-muhandis, ruhshunos birlashishi talab 
etiladi. 
Jonli mehnat jarayoni murakkabroq tuzilma - ishlab chiqarishning tarkibiy 
qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘zaro bir-birlari hamda 
ishlab chiqarish vositalariga nisbatan muayyan ijtimoiy munosabatda bo‘ladi. 
Tabiiyki, mahsulot tayyorlashda muayyan mehnat qurollari (mashina, dastgoh, 
aslaha va boshqalar), shuningdek, ularni maqsadga muvofiq joylashtirish va o‘zaro 
tasirini taminlashdek murakkab vazifani ado etishga to‘g‘ri keladi. Bularning 
barchasi muayyan suratda kechadigan, o‘z funksiyasi, strukturasi, tashkiliy 
ko‘rinishiga ega bo‘lgan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Bu tuzilma 
yuksak darajada yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va mukammalligi bilan estetik 


508 
ifodaviylik kasb etadi. YUksak darajada tashkillangan jarayon, uning muayyan 
suratda gavdalanish va kechish manzarasi kishilarga estetik tasir etadi, faoliyatga 
ijodiy munosabat uyg‘otuvchi emotsional ko‘tarinkilikni vujudga keltiradi. Texnika 
estetikasining amaliyoti dizayn va muhim tarkibiy qismi ergonomika hamkorlikda 
mehnat estetikasining vujudga kelishini taminlaydi. 
SHuningdek, mehnatning estetik mohiyati u kechadigan ijtimoiy shart-
sharoitlarga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. YAqin o‘tmishda kommunistik mafkura, 
ijtimoiy mulkchilik asoslariga bo‘ysundirilgan mehnat shaxsda ijodiy erkinlik, 
qobiliyat, shaxsiy manfaatdorlikni so‘ndirar, uni manaviy kambag‘allashtirishga olib 
kelar, eng muhimi, o‘z mehnati natijalaridan “begonalashtirar”, boqimandalik 
kayfiyatlari shakllanishiga olib kelar edi. Mustaqillik mehnatning shaxsdan 
begonalashuviga chek qo‘ydi va uning manaviy-ijodiy kuchlari to‘la va har 
tomonlama namoyon bo‘lishiga real shart-sharoitlar yaratdi. Bunday imkoniyatlar, 
ayniqsa, respublikamizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy erkinlik sharoitida shaxsning 
yaratuvchanlik qobiliyatlari rivojlanishiga, xususiy mulk daxlsizligining huquqiy 
kafolatlanishi, mulkchilik va tadbirkorlikning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi 
mehnat jarayonida insonning haqiqiy mohiyati namoyon bo‘lishiga yo‘l ochdi. 
Bozor munosabatlari sharoitida raqobat amal qilishi moddiy nemat ishlab 
chiqaruvchilardan har tomonlama keng ijodiy faoliyat ko‘rsatish, sifatli mahsulotlar 
yaratish, istemolchilarning badiiy-estetik didi va ehtiyojlariga mos tovarlar 
etishtirishni zaruriy ehtiyojga aylantirdi. Moddiy va manaviy ehtiyoj va manfaatlar 
uyg‘unligini taminlash va rivojlantirish shaxs, millat va jamiyat taraqqiyoti 
garovlaridan biridir. Mehnat jarayonlari va mahsulotlar tayyorlashga estetik meyor 
hamda talablarni oshirdi, bu narsa zamonaviy texnologiyalar, innovatsion 
loyihalarni ishlab chiqarishda qo‘llashga katta etibor qaratdi, xususan, dizaynerlik 
faoliyati, ishlab chiqarish va sanoat estetikasi eng jozibali hamda serdaromad sohaga 
aylandi. Albatta, har bir soha, yoki har bir mutaxassislikning o‘ziga xos 
xususiyatlarini etiborga olish va shu asosda ishlab chiqarish vositalarini loyihalash 
talab etiladi. Odam biron harakat va usullarni bajarishdagina charchamasdan, balki 
kishi etiborini chalg‘itadigan shovqin-suron, hid va nurdan ham charchaydi. 
SHovqin-suron ko‘zni toliqtiradi, rang esa kishi asabiga tasir ko‘rsatadi. Ana shu 
omillarni etiborga olmaslik, uskunalarning estetik ko‘rinishiga ham ziyon etkazadi. 
Uskunani ishlatishning osonligi, boshqarish va sozlashning soddaligi, uskuna 
shaklining mutanosibligi mehnat vaqtida kishi kuch-quvvatini tejaydi va oqibatda 
sanoat mahsuloti sifati yaxshilanadi. 
Texnika taraqqiyoti barcha turdagi kasb egalarining mehnat faoliyatini 
engillashtirmoqda. Traktorchidan tortib, sanatkorgacha bugun zamonaviy 
texnologiyalardan o‘z faoliyati jarayonida qo‘llab bormoqda. Ammo ular 
bajaradigan ish mazmuni turlicha bo‘lganidek texnologiyalar va ergonomika 
qonuniyatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Bu esa nafaqat zamonaviy texnologiyalarga 
bog‘liq balki ish jarayonida axloqiy-estetik muhitni yaratishni ham taqozo etadi.
Mamlakatimizning 
mustaqillikka 
erishuvi 
bilan 
korxonalar 
tamirlanib, 
modernizatsiya qilina boshlandi. Har bir zavod, fabrika yoki sexlarning ichki 
muhitidan tortib, ishchilarning ish kiyimi, ular uchun yaratilgan sharoit, mehnat 


509 
qurollari, dam olish, tibbiy xizmatlarga alohida etibor qaratila boshlandi. Zamonaviy 
texnologiyalarni 
joriy 
etish 
texnika 
taraqqiyoti 
esa 
inson 
mehnatini 
engillashtiribgina qolmay, zamonaviy texnologiyani o‘zlashtirish va qo‘llash 
masuliyatini ham yuklaydi. Ammo yuqori unum bilan ishlaydigan zamonaviy ishlab 
chiqarish uskunasining o‘zigina korxonaning texnik-estetik darajasini belgilab 
berolmaydi. Bino, uskunalarning joylashtirilishi, bino ichidagi yorug‘lik, undagi 
mo‘tadil temperatura, bezalishi ham muhim o‘rin tutadi. YAna shuni alohida 
takidlsh lozimki, korxonalarda axloqiy-estetik muhit uyg‘unligiga etibor kun sayin 
oshib bormoqda. 
Mehnatning estetik jihatdan to‘laqonli bo‘lishi avvalo obektiv omil - ishlab 
chiqarish jarayoniga ham bog‘liq. Albatta, bu o‘rinda mehnatkashlarning 
madaniyati, axloqi, estetik didi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Eng 
yuqori va ilg‘or texnologiya ham did, mahorat, madaniyatga ega emas. Uni inson 
boshqaradi va inson didi, mahorati, madaniyati mehnat mahsulida o‘z ifodasini 
topadi. Texnika taraqqiyoti ishchini og‘ir jismoniy mehnatdan xalos etsada, lekin 
ruhiy-axloqiy masuliyatini kuchaytiradi. O‘z o‘rnida texnika taraqqiyotining ijobiy 
va salbiy jihatlari mavjud. A-1-85+(1-159) “Talimda menejment va marketingning 
ijtimoiy-psixologik jihatlarini ishlab chiqish va milliy madaniyatni umuminsoniy 
madaniyat bilan uyg‘unlashtirishga oid uslubiy qo‘llanma tayyorlash” mavzusidagi 
grant doirasida bir qator oliy talim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan 
sotsiologik so‘rovnomaga ko‘ra "Zamonaviy texnika va texnologiyaning ijobiy 
jihatlari nimada? "degan savolga respondentlarning 57,48 foizi “ Mehnat jarayoni 
engillashadi”, 55,51 foizi “Vaqt tejaladi”, 46,30 foizi “Ish unumi oshadi”, 18,42 
foizi “Insonning dam olish imkoniyatlari kengayadi” degan javobni tanlashgan. 
So‘rovnomada yoshlar zamonaviy texnikaning mehnat faoliyatidagi 
ahamiyatini baholash bilan birga, uning salbiy jihatlarini ham takidlab o‘tishgan. 
Buni "Zamonaviy texnika va texnologiyaning salbiy tomonlari nimada?”-degan 
savolga tanlagan javoblari ham tasdiqlaydi. Respondentlarning 17,68 foizi ”Mehnat 
jarayoni murakkablashadi”, 35,69 foizi “Kishilar bir-birlariga befarq bo‘lib 
qolishadi”, 19,98 foizi “Milliy madaniyat tanazzulga yuz tutadi”, 31,33 foizi “Inson 
texnika quliga aylanadi”, 25,82 foizi “Ekologiyaga salbiy tasir ko‘rsatadi”, 3,87 
foizi “Bir madaniyatlilik shakllanadi” degan javobni tanlashgan. Demak, shundan 
ko‘rinib turibdiki, ijobiy jihatlari: inson og‘ir mehnatdan xalos bo‘ladi, mehnat 
unumdorligi, ish haqi hayot farovonligi oshadi, bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi, manaviy- 
jismoniy qobiliyatlarini taraqqiy etish imkoni paydo bo‘ladi. SHu bilan birga salbiy 
jihatlari: diqqat talab qiladigan murakkab texnikani boshqarish jarayonida insonda 
ruhiy zo‘riqishlar paydo qilishi, kasalliklar ko‘payishi, ruhiy va jismoniy jihatdan 
meyordan orta qolish, internet, mobil telefonda foydalanish oqibatida yangi 
kasalliklarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. SHuningdek, ilmiy-texnik 
taraqqiyot insonga yangi manaviy talablar qo‘ya boshlaydi. Jamiyatdagi asosiy 
ishlab chiqaruvchi texnika emas, chunki u inson tomonidan boshqariladi.
SHunday ekan bu talablar texnika emas insonga tegishli bo‘lib quyidagilardan 
iborat: 1) inson hayotiy suratlarining oshishi natijasida tartib, masuliyat kabi 
fazilatlar ortadi; 2) jamiyatning turli sohalarda intensivlashtirish oqibatida kishilar 


510 
o‘rtasidagi axloqiy mexanizmlarni boshqarish murakkablashadi, konflikt va qarama-
qarshiliklar kuchayadi; 3) ilmiy-texnik taraqqiyot xizmatchilar kasbiy, mutaxassislik 
tayyorgarligiga yuqori talablar qo‘yadi, yangi texnikalarni boshqarish, 
xizmatchilarning o‘z-o‘zini idora qilishi, irodaviy qobiliyatlarini kuchaytirish; 4) 
inson faoliyat sohalari murakkablashuvi natijasida ularning faoliyatida axloqiy 
javobgarlik ortib boradi; 5) xizmatchilarning ijodiy faoliyatini oshishi talab etiladi, 
ushbu faoliyatni takomillashtirish esa aqliy va ruhiy zo‘riqishlarni kuchaytiradi. Bu 
ijtimoiy munosabatlar jarayonida, mehnat jarayonida, manaviy hayotda, istemol 
sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot tasiri kuchayadi. 
SHunday qilib, mehnat insonga kuchli va ko‘p-qirrali tasir ko‘rsatib, uning 
faoliyatiga estetik mano-mazmun baxsh etadi, manaviy kamol topishiga 
ko‘maklashadi. Bunda ijod ustuvorligi qancha yuqori bo‘lsa, uning estetik mohiyati 
ham shuncha barqaror, manaviy tasirchanligi kuchli bo‘ladi. Hozirda mehnatning 
estetik mazmun-mohiyatiga munosabat o‘zgardi: davlatimizning siyosatida “Amaliy 
natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning bosh 
maqsadi” etib belgilandi. 

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling