519
16.
Axloqiy tarbiya
inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga
yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-
masuliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo,
Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi
xislatlarining singdirib borilish jarayonidir.
17.
Axloqsizlik
jamiyatda qabul qilingan
axloqiy meyorlardan chetga
chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik,
fohishabozlik,
o‘g‘rilik,
hasad,
g‘iybat,
tuhmat,
vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va
shular kabi barcha salbiy
xislatlarning namoyon bo‘lishi.
B
18.
Bag‘rikenglik
mehr-muruvvat, g‘amxo‘rlik, himoya, panoh, makon,
saxiy, eshigi hamma uchun ochiq, dargohi keng; kengfellik.
Bag‘rikenglik – o‘zgalarning dunyoqarashi, diniy e’tiqodi,
milliy va etnik xususiyatlari, anana-marosimlariga hurmat-
ehtiromda bo‘lish, muomala-munosabatda kamsitishlar,
tahqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslik,
insoniylikni hamma
narsadan ustun hisoblab, jamoada, ish joylarida,
mahalla-
kuyda bunga rioya etish. Xullas, turli dindagi, turli millat va
elatlarga mansub kishilarning bir mamlakat doirasida,
yagona davlat tarkibida bahamjihat, osoyishta yashashidir.
Bag‘rikenglik ayrim shaxslarga
yoki butun bir xalqqa xos
xususiyat bo‘lishi mumkin. Bag‘rikenglik – o‘zbek
xalqining eng olijanob fazilatidir.
19.
Barkamollik
kamolot, balog‘atga erishgan, bekamu ko‘st, etuk ,
mukammal, nuq-sonsiz, kamoli xirad –
aql komilligi,
kamoli marifat – ilmu marifatda mukammallik, kamol ahli –
ilmu hikmat egalari, olimlar. Barkamollik insonning aqliy
axloqiy va bilimdonlik
jihatidan etuk ligi, o‘zi tanlagan
kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib,
vatan
taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi,
ezgu g‘oya va niyatlar b-n bunyodkorlik va yaratuvchanlik
qobiliyatiga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: