109. Mentallik
muayyan ijtimoiy, tarixiy yoki etnik umumiyatga xos
bo‘lgan tafakkur va xulq stereotiplari.
110. Metafizika
XVII asrda shakllanib narsa va hodisalarni bir-biridan
ajratib harakatsiz, qotib qolgan holda tahlil etuvchi usul.
111. Metodologiya
bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi
ta’limot.
112. Millat
yagona xudud, doimiy iqtisodiy aloqalar, til, madaniyat,
xarakter (mentalitet) umumiyatigi ega bo‘lgan kishilar birli-
gining tarixiy shakli.
113. Millatparvarlik
bu vatanparvarlik tamoyilining yanada muayyanlashgan
shakli. Zero, millatni sevish keng manoda Vatanni sevish
degani. Vatansiz millatning bo‘lishi yoki rasmana erkin va
baxtli yashashi mumkin emas. Asl millatparvar - milliy
o‘zligini anglab etgan inson. U o‘z millati b-n faxrlanadi,
o‘z millati b-n butun jahonning faxrlanishini istaydi.
Millatparvarlik tamoyili asosida milliy g‘oya yotadi, u
millatni sevish amaliyotining - millatparvarlikning ilmiy-
nazariy asosi sifatida maydonga chiqadi.
114. Milliy g’oya
millatning
orzu
umidlari,
maqsadlarini
ifodalovchi
qarashlar, majmui
115. Milliy mafkura
xalqning, millatning e’tiqodi
116. Miqdor
narsalarning hajmi, o’lchovi, og’irligi, harakati va shu
kabilarni ifodalovchi tushuncha.
117. Moddiy ishlab
chiqarish
insonning o‘z hayoti uchun zarur sharoitlarni yaratish
maqsadida tabiatga faol tasir ko‘rasatish va uni o‘zgartirish
jarayoni.
118. Moddiy
qadriyatlar
tabiiy obektlar va predmetlarning, yani mehnat vositalari i
bevosita foydalaniladigan ashyolarning qadriyaviy
ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |