531
maqsadida xilma-xil o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan
iborat ijtimoiy-tarixiy jarayonni ifodolovchi tushuncha.
120. Monizm
olamning
asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega
deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
121. Muhabbat va
nafrat
M. va N. ko‘pgina manaviy
axloqiy tushunchalar kabi
juftlik xususiyatiga ega. M. insoniy mohiyatning erkin
tarzda
namoyon
bo‘lishi,
zo‘ravonlik
yoki
zo‘rmaqzo‘rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U
meyorlar, ananalar, qonunlarga bo‘ysunmaydi, lekin yuksak
axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan masuliyat yuk laydi,
uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transsendental
olam b-n bog‘laydigan, uni yolg‘izlikdan
olib chiqadigan
buyuk manaviy kuch. M. ning obekti doimo go‘zallik,
manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M.
Egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir
obektni sevgan kishi boshqa obektlarni ham sevishi tabiiy.
Deylik, yorga bo‘lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga
M.ni
inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero,
«o‘zqo‘zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo‘lishi mumkin
emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga
aylantira olganida haqiqiy M. Egasi hisoblanadi. Mana shu
obekt b-n subekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk
, eng mukammal manaviy lazzatdir.
122. Muomala qilishni
bilish
avvalambor suhbatni olib bora olish qobiliyatidir. Bu erda
ham
umumqabul
qilingan
qoidalar
mavjud.
Suhbatdoshingizni gapini bo‘lmasdan uni eshitishni
o‘rganing. Zero suhbatdoshingizni hamdardlik, layoqatlilik,
yaxshi niyatliligingizni ko‘rsatib, diqqat va sabr-toqat bilan
eshita olishning o‘zi - bu istedod. Lekin bu istedod tug‘ma
emas – har bir inson uni o‘zida
hamda farzandlarida
mujassam
etib,
tarbiya
toptirishi
mumkin.
Suhbatdoshingizni tinglayotib iloji boricha uning ko‘ziga
qarashga harakat qiling. Suhbatdoshingizning gaplariga
tasdiq sifatida yo boshingizni silkitib yohud so‘zlar bilan
suhbatga bo‘lgan jonli qiziqishni ko‘rsatishga
harakat
qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: