163. Sifat
narsalarning ichki muayyanligi bo’lib, boshqa narsalardan
ajratib turadigan xossa, sifatining boshqa narsalar bilan
aloqadorligida tashqi namoyon bo’lishi.
164. Sinergetika
olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda narsa
va voqealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi,
ularning muayyan tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar
asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy
qarashlar majmuidir.
165. Sivilizasiya
din, madaniyat, iqtisod, siyosat va bioijtimoiy tuzilma kabi
o‘zaro aloqador bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichga
olgan murakkab, yaxlit ijtimoiy tizim.
166. Siyosiy tashkilot
davlat, siyosiy partiyalar, jamoa tashkilotlarini ifodalovchi
tushuncha
167. Skeptitsizm
olamni bilish mumkinligiga shubha bilan qaraydigan
ta’limot.
168. Sofistika
soxta donolik usuli
169. Sofistlar
maktabi yunon falsafasida katta o’ringa ega bo’lgan
yo’nalishlardan biridir.. Sofistlar
170. Sog‘lom turmush
tarzi
iborasining zaminida inson salomatligi qolaversa yoshlar
kelajagi yotadi va bu jamiyat taraqqiyotining yuk salishida
asosiy o‘rin egallaydi. Sog‘lom turmush tarzi inson hayot
faoliyatini har tomonlama rivojlantirishda, SHaxsning
ijtimoiy funksiyalarini to‘laqonli bajarishda, uzoq umr
ko‘rishda, oilaviy, maishiy, mexnat, va boshqa ijtimoiy
faoliyatlarini faol tarzda olib borishda muxum axamiyat
kasb etadi. Sog‘lom turmush tarzi haqidagi qarashlar
jamiyatdagi ijtimoiy munosabat va sharoitlarning o‘zgarishi,
inson organizmiga nisbatan ortib borayotgan ijtimoiy,
ekologik, psixologik, siyosiy, xarbiy taxditlarning ortib
borishi bilan dolzarb tus oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |